Danuri aloqa markazi
1577-1366
Oilaviy maslahat uchun telefon raqami
1577-4206
한국생활안내 정보더하기 사이트로 이동
  • Home
  • Koreya Respublikasi haqida
  • Ob-havo

Ob-havo

Bahor, yoz, kuz, qish kabi 4 fasl mavjud bo’lib, iqlimi o’rtacha.

01Bahor

Mart oyidan may oyigacha Koreyada ertalab va tungi paytda salqin, tushdan so‘ng esa iliq havo bo’ladi. Gullar va daraxtlar chiroyli gullaydi. Odatda mart oyi oxiriga qadar qishki kiyimlar kiyiladi. Aprel oyida esa yengilroq kiyinsa ham bo’ladi. May oyida yozdagidek issiq kunlar ham ko’p.

  • 봄
    < Bahor >

02Yoz

Iyun~avgust oylari. Havo harorati 25 darajadan 35 darajagacha issiq bo’ladi. Iyun oyi oxiridan boshlab iyul oyi oxirlarigacha yo’g'ir mavsumi hisoblanadi. Yomg’ir mavsumi deganda har kuni yomg’ir yog’ishi nazarda tutilmaydi. Avgust va Sentyabr oylari orasida kuchli yomg’ir bilan kuchli shamolni olib keladigan to’fon bir necha marta ko’tariladi.

  • 여름
    < Yoz >

03Kuz

Sentyabrdan noyabrga qadar, o’rtacha harorat 10~25°C ni tashkil etadi. Kunning aksariyat vaqtida havo ochiq va quruq bo’ladi. Noyabr oylari esa qish kunlaridek sovuq bo’ladi. Oldindan qishki kiyimlarni tayyorlab, isitish moslamalarining holatini tekshirib qo’ygan yaxshi. Barglar to’kilishi juda ham chiroyli manzarani vujudga keltiradi.

  • 가을
    < Kuz >

04Qish

Dekabr~fevral oylari. Havo harorati -10 dan 10 darajagacha bo’lib, juda sovuq bo’ladi. 3 kun sovuq, 4 kun sal sovuqroq bo’ladigan kunlar bir-biriga ulanib ketadi. Qor yog’ib sovuq shamol esadigan kunlar ko’p. Issiq kiyimlar va isitish moslamalari albatta kerak. Fevral oyi oxiriga kelib kunlar isiy boshlaydi.

  • 겨울
    < Qish >
Bu ish “KOGL (Korea Open Government License) 4 -toifa: Manba ko'rsatkichi+Tijorat maqsadlarida foydalanish+O'zgarishlarni taqiqlash” shartiga muvofiq ishlatilishi mumkin.