01Milliy bayramlar
Koreyada milliy bayramlar va fasllarga ko’ra o’tkaziladigan tadbir(3 udumli marosim)lar mavjud. Koreyada oy va quyosh kalendaridan foydalanishadi. Milliy bayramlar va mavsumiy bayramlar odatda oy kalendariga qarab belgilanadi.
- < Ta'zim >
- < Tokguk (guruch xamirli sho'rva) >
- < Songpyon (guruchli pirog) >
Yangi yil-Sollal ( oy kalendariga ko’ra 1-yanvar)
- Mazmuni : oy kalendariga ko’ra yangi yil boshlanadigan birinchi kun
- Taom : tokkuk(guruchli xamir solingan sho’rva), mandu(manti)
- Nishonlanishi : yangi kiyim kiyish (solbim), ta’zim (yoshi katta kishilarga ta’zim qilish), qabrni ziyorat qilish(ajdodlar qabriga borish), ‘yut’ o’yini
- Yangi yildan bir kun oldin, yangi yil kuni, yangi yil kunidan bir kun keyin (oy kalendari bo’yicha dekabr oyining oxiri, 1, 2-yanvar kunlari) ommaviy dam olish kunlari deb e’lon qilingan.
Hosil bayrami-Chusok (oy kalendari bo’yicha 15-avgust)
- Mazmuni : yil davomida yig’ib olingan hosil uchun minnatdorchilik bildirish kuni
- Taomlar : donli mahsulotlar (kuzda chiqadigan yangi donlar) va songpyon(guruch unidan tayyorlangan chuchvara)
- Nishonlanishi : ajdodlarni yodga olish marosimini o’tkazib qabrni ziyorat qilishadi va oyni tomosha qilish, ‘kang kang sulle’nomli milliy raqs
- Hosil bayrami (Chusok)dan bir kun oldin, hosil bayrami kuni, hosil bayramidan bir kun keyingi (oy kalendariga ko’ra 14-, 15- va 16-avgust) kunlari ommaviy dam olish kunlari hisoblanadi.
02Ommaviy dam olish kunlari
- 1-yanvar :
- Quyosh kalendariga ko’ra yangi yilning birinchi kuni
- Samilchol (quyosh kalendari, 1-mart) :
- Yapon mustamlakasi davridagi mustaqillik uchun kurash 1919 yil 1- martda boshlanib butun mamlakat bo’ylab keng tarqalgan sanani nishonlaydigan kun
- Sokkatanshinil (oy kalendari, 8-aprel) :
- Budda tug’ilgan kun
- Orini-nal (quyosh kalendari 5-may) :
- bolalarni qadrlab, ularni baxtli bo’lishini rag’batlantirish uchun belgilangan kun
- Hyonchungil (quyosh kalendari 6-iyun) :
- Koreya urushida halok bo’lganlar va vatan uchun jonini fido qilganlarni xotirlash kun
- Mustaqillik kuni (quyosh kalendari, 15-avgust) :
- 1945 yil 15-avgust, yapon mustamlakasidan ozod bo’lib, mustaqillikka erishilgan kun
- < Hyonchungil bayramida qabristonda hurmat bajo keltirish >
- Kechonjol (quyosh kalendari, 3-oktyabr) :
- Han millati ajdodi Tangun mamlakatga asos solgan sana Kechonjol ‘Osmon ochilgan kun’ degan ma’noni bildiradi.
- Hangil kuni (quyosh kalendari, 9-oktyabr) :
- Qirol Sejong koreys alfavitini e’lon qilgan, koreys yozuvi ustida tadqiqot olib borib keng tarqalishi uchun belgilangan kun
- Songtanjol (quyosh kalendari, 25-dekabr) :
- Iso Masih tug’ilgan kun
- Yakshanba
- Vaqtinchalik ommaviy dam olish kuni :
- saylov kunlari, dam olish va bayram kunlari o’zaro to’g’ri keladigan holatlarda hukumat tomonida vaqtinchalik ommaviy dam olish kunlari e’lon qilinadi.
- < Sejongning bronza haykali >
Bu ish “KOGL (Korea Open Government License) 4 -toifa: Manba ko'rsatkichi+Tijorat maqsadlarida foydalanish+O'zgarishlarni taqiqlash” shartiga muvofiq ishlatilishi mumkin.