01Pasport amal qilish muddati va viza muddatini tekshirish
Chet elliklar Koreya Respublikasi hududiga kirish chog’larida amaldagi pasport hujjati va Adliya vaziri tomonidan berilgan vizani o’zlari bilan olib kelishlari lozim. Faqatgina Koreya Respublikasi bilan vizasiz kirish shartnomasini tuzgan davlat fuqarolari bo’lsa yoki vizasiz ham mamlakat hududiga kirish ruxsatini olganlargina belgilangan vizaga ega bo’lmasalar ham kirish huquqiga egadirlar. Pasport hamda vizaning amal qilish muddatini doimo oldindan ko’rib aniqlab qo’yish kerak. Shundagina viza muddatini uzaytirish kabi ishlarda muammo bo’lmaydi.
Pasport
Pasport egasining fuqaroligi kabi shaxsiy ma’lumotlari keltirilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida doimo yonida olib yurish talab etiladi.
Koreya Respublikasiga kirish vizasi mazmuni:
- Viza turi : viza orqali Koreyaga kelishdan maqsad aniqlab olinadi (Xalqaro nikoh quruvchilar uchun viza turi : F-6)
- Immigratsiya tekshiruvi qaydnomasida ko’rsatilgan sana Koreyaga kirish sanasini bildiradi Koreyaga kirgandan keyingi kundan boshlab Koreyada yashash uchun berilgan viza muddat hisoblab boriladi.
- Viza muddati viza turi va boshqalarga qarab har xil bo’lib, muddat tugamasidan oldin (davlatga kirgandan boshlab 90 kun ichida) ro’yxatga qo’yish va viza uzaytirish uchun ariza topshirishi lozim. (viza turi, arizachining uni uzaytirish sababi kabilarga ko’ra, viza muddati uzaytirilishi yoki uzaytirilmasligi bo’yicha farq qiladi) Viza amal qilish muddatining tagida yashash muddatning tugash sanasi emas, vizaning amal qilish muddati ko’rsatilgan bo’ladi.
- Viza muddati viza turi va boshqalarga qarab har xil bo’lib, muddat tugamasidan oldin (davlatga kirgandan boshlab 90 kun ichida) ro’yxatga qo’yish va viza uzaytirish uchun ariza topshirishi lozim. (viza turi, arizachining uni uzaytirish sababi kabilarga ko’ra, viza muddati uzaytirilishi yoki uzaytirilmasligi bo’yicha farq qiladi)
- Istiqomat qilish muddatining pastgi qismida keltirilgan muddat vizaning amal qilish muddatini anglatadi.
Chet ellik ID kartasini tushunish
- < Chet ellik ID kartasi old tomoni >
- < Doimiy yashash ID kartasi old tomoni >
- < Chet ellik koreys rezident ID kartasi old tomoni >
Old tomoni
- (o'zbekcha) Chet ellik ID kartasi (inglizcha) RESIDENCE CARD
- (o'zbekcha) Doimiy yashash ID kartasi (inglizcha) PERMANENT RESIDENT CARD
- (o'zbekcha) Chet ellik koreys rezident ID kartasi (inglizcha) OVERSEAS KOREAN RESIDENT CARD
- Chet ellik qayd raqami : ○○○○○○-○○○○○○○ shaklida ko’rsatiladi
- Jinsi : Erkaklar M, ayollar F bilan ifodalanadi
- Ism-sharifi : Pasportda ko’rsatilgan ingliz tilidagi ism-familiya yoziladi
- Davlat/viloyat nomi : Davlat nomi ham ingliz tilida yoziladi
- Viza turi : Immigratsiya bo’yicha qonunning 12-moddasiga binoan ko’rsatilgan viza turi qayd qilinadi (Nikoh immigrantlari uchun (F-6)) *Istiqomat qilish statusi bo’yicha kod qavsga olinadi
- Olingan joyi : Koreys va ingliz tilida ifoda etiladi
- < Chet ellik ID kartasi orqa tomoni >
- < Doimiy yashash ID kartasi orqa tomoni >
- < Chet ellik koreys rezident ID kartasi orqa tomoni >
Orqa tomoni
Tashrif muddati
- Ruxsat etilgan sana : Istiqomat qilish uchun ruxsatnoma olish maqsadida ariza berilganligi haqida ruxsat berilgan sana
- Tugash sanasi : Mamlakat hududida yashash muddatining tugash sanasi
- Doimiy yashash vizasi (F-5)ga ‘amal qilish muddati’ deya yozilib, uning muddati taqdim etilgan sanadan boshlab 10 yil
- Tekshirish:Ruxsat bergan idora ko’rsatilsada ‘immigratsiya masalalari • xorijliklar byurosi(idorasi)’ tushirib qoldiriladi va ‘Seul’ yoki ‘Pusan’ kabilar yoziladi.
(1)Qisqa muddatga tashrif buyurish (B,C turidagi vizalar- uzog’i bilan 90 kunlik)
Vizada ko’rsatilgan tashrif muddati mamlakat hududiga kirgandan boshlab yashashi mumkin bo’lgan muddatni anglatadi.
(2)Uzoq muddatga tashrif buyurish hamda doimiy yashash huquqiga ega shaxslar:Chet ellik ID kartasi, doimiy yashash ID kartasi, resident ID kartasini olgan kishilar
Ruxsat etilgan/yaroqli bo‘lish muddati (sanalari) va amal qilish muddati chet elliklarni ro‘yxatga olish kartasining orqa tomonida yozilgan va qonuniy ravishda uzoqroq qolish uchun amal qilish muddatini amal qilish muddati tugagunga qadar uzaytirish uchun amaldagi vizaga murojaat qilishingiz kerak. (Doimiy rezident karta amal qilish muddati ichida qayta rasmiylashtirilishi kerak)
02Chet elliklarni ro’yxatga olish
(1)Chet elliklarni ro’yxatga olish hamda vaqti
Koreya Respublikasiga kelib, 90 kundan ortiq yashagan, Koreyada davomiy yashaydigan chet elliklar 90 kun ichida tegishli tartibda ro'yxatdan o'tishi lozim.
- Koreyada yashash davomida, viza olganlar yoki viza turini o’zgartirishga ruxsat olinsa viza olish va viza turini o’zgartirish bilan bir vaqtda chet ellik sifatida ro’yxatdan o’tishlari mumkin.
(2)Kerakli hujjatlar
Umumiy hujjatlar
- Pasport (+ originali, nusxasi)
- Umimiy ariza (immigratsiya masalalari • xorijliklar byurosi(idorasi)da 34-ilova formasi mavjud)
- 1 ta fotosurat (3.5cm x 4.5cm hajmda)
- So’nggi 6 oy ichida tushirilgan oq fonli tabiiy rangli yuz aks etgan fotosurat)
- ID karta uchun davlat boji: 30,000 von (naqd pulda)
- Yashash joyini tasdiqlovchi hujjat
Viza turiga qarab topshiriladigan hujjatlar (viza turiga qarab hujjatlar ham har xil bo’lganligi sababli, oldinda chet elliklarga ma’lumot berish xizmati markazining ☎1345 raqami orqali aniqlab olish lozim)
(3)Nikoh immigranti
Yuqoridagi hujjatlarga qo'shimcha ravishda, koreys turmush o'rtog'ining quyidagi hujjatlari talab qilinadi :
- Nikohni tasdiqlovchi hujjat (batafsil)
- rezidentni ro'yxatdan o'tkazish nusxasi
- (Agar bolalar bo'lsa) Bolalarning oilaviy munosabatlari to'g'risidagi guvohnoma
- Ariza berilgan kundan boshlab uch oy ichida beriladi
- Yashash joyi to'g'risidagi guvohnoma
- Ro'yxatga olish uchun to'lov 30,000 von (naqd) + 30,000 von qolish muddatini uzaytirish uchun to'lov
- Tuberkulyoz testini talab qiladigan chetdan kelganlar sertifikat olish uchun silga test topshirishlari shart (2020 yil aprel holatiga ko’ra)
- Ikki yillik qolish muddati muhojirlarni erta moslashish dasturini tugatgan chet elliklarga beriladi.
(4)Chet elliklarni ro’yxatga olishga ariza va ID kartani berish tartibi
Chet elliklarni ro’yxatga olishga ariza berish va ID karta olishni yashash joyi hududiga qarashli (immigratsiya masalalari • xorijliklar byurosi(idorasi)da amalga oshirish mumkin
Chet ellik ID kartasini olish tartibi
Ushbu kartochkani olish vaqti chet elliklarni ro’yxatga olgan kundan boshlab 3 hafta atrofida vaqtni olib, bevosita immigratsiya masalalari • xorijliklar byurosi(idorasi)ga kelib yoki yetkazib berish xizmati(oldindan to’lanadi) orqali kelmasdan uydan turib olish mumkin.
(5)Chet ellik ID kartasi nazorat qilish
Chet ellik ID kartasi chet el fuqarolari shaxsini tasdiqlovchi hujjat sifatida doimo yonlarida olib yurishlari talab etiladi. Ushbu qoida buzilgan taqdirda 1,000,000vongacha bo’lgan miqdordagi jarima solinishiga sabab bo’ladi.
Chet elliklarning ro'yxatga olish kartasini qayta rasmiylashtirish :
Quyidagi hollarda chet el fuqarolari chet elliklarning ro'yxatga olish kartasini qayta rasmiylashtirish uchun tegishli immigratsiya idorasiga yoki chet elliklar idorasiga (yoki filialiga) murojaat qilishlari kerak.
- Chet ellik ID kartasini yo’qotib qo’ysa
- Chet ellik ID kartasi ishlatib bo’lmaydigan darajada eskirib ketgan bo’lsa
- Kerakli ma’lumotlar yetishmasligi kuzatilsa
- Ism-sharifi, jinsi, tug’ilgan sanasi, millati o’zgartirilsa
Kerakli hujjatlar
- Pasport
- Umumiy ariza
- Rangli surat (3.5cm x 4.5cm) 1 dona
- ID karta uchun davlat boji : 30,000 von
- Chet ellik ID kartasini qaytarish : Quyidagi vaziyatlar sodir bo’lganda kartochkani topshirish lozim
Kerakli hujjatlar Qaytarish kerak bo’lgan vaziyatlar | Qaytarish vaqti | Kerakli hujjatlar |
Mamlakatdan butunlay chiqib ketishda | Mamlakat hududidan chiqib ketayotib aeroportda | Yo’q |
Koreya fuqaroligini olishda | Fuqarolik ro’yxatidan o’tilgandan keyingi 30 kun ichida | Chet ellik ID kartasi nusxasi, fuqarolikni tasdiqlovchi hujjatni olishga ariza berganlikni tasdiqlovchi hujjat (shuningdek, fuqarolikni tasdiqlash hujjati nusxasi), oddiy guvohnomalar |
Vafot etganda | Vafot etgan kundan boshlab 30 kun ichida(turmush o’rtog’i, ota-ona, aka-uka kabilar) | Chet ellik ID kartasi asli, vafot etganligi haqidagi guvohnoma yoki o’lik tekshirilganligi haqidagi guvohnoma kabi vafot etganlikni tasdiqlovchi hujjatlar |
03Viza muddatini uzaytirish
(1)Taalluqli shaxslar hamda vaqti
Ruxsat etilgan muddatini uzaytirib, Koreya Respublikasi hududida yashashda davom etmoqchi bo’lgan shaxslar viza muddatining tugashidan 4 oy oldindan boshlab tugash muddati sanasigacha bo’lgan vaqt ichida ariza topshirishlari lozim. Viza muddati tugab bo’lgandan keyin ariza topshirilsa jarimaga tortiladi.
(2)Viza muddatini uzaytirish tartibi
Ariza topshirish
(Ariza beruvchi)
Qabul qilish
(Immigratsiya xodimi)
Ko’rib chiqish
(zarur bo’lsa holat o’rganib chiqiladi)
Ruxsat berish
(qaror)
Ruxsat haqida
tizimga kiritish
Pasport kabilar bilan berish (Chet ellik)
(3)Kerakli hujjatlar
- Umumiy ariza
- Pasport hamda Chet ellik ID kartasi (agarda chet elliklarni ro’yxatga olishdan o’tgan bo’lsa)
- Yashash manzili haqidagi hujjatlar
- Viza turiga mos kerakli hujjatlar
- Davlat boji : 60,000 von (Nikoh immigrant(F-6)lari uchun 30,000von
Turmush qurgan muhojirlar uchun zarur hujjatlar
- Koreyalik turmush o'rtog'i bilan nikoh to'g'risidagi guvohnoma (batafsil)
- Koreyalik turmush o'rtog'ining rezidentlik ro'yxatga olish nusxasi
- (Agar bolalar bo'lsa) Bolalar oilaviy munosabatlar sertifikati
- Yashash joyi to'g'risidagi guvohnoma (agar koreyalik turmush o'rtog'i va uning chet ellik sherigining manzillari bir -biridan farq qilsa) Immigratsiya idorasi boshlig'i ariza berish va baholash jarayonida zarur deb topilsa, qo'shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.
- Hujjatlar turar joy malakasiga qarab farq qiladi. Buni tekshirish uchun Immigratsiya aloqa markaziga (1345) murojaat qiling.
04Viza turini o’zgartirish
(1)Tegishli shaxslar va vaqti
Koreya Respublikasida yashayotgan chet elliklar ayni vaqtda ega bo’lgan viza turiga mos bo’lgan faoliyatlarini to’xtatib, boshqa viza turiga mos bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanmoqchi bo’lsalar, bundan oldi belgilangan immigratsiya masalalari • xorijliklar byurosi(idorasi)dan biriga borib ruxsat olishlari shart.
- Qisqa muddatli tashrif , guruh bo’lib turisti tashrif (C-3-2) vizasini o’zgartirish mumkin emas.
- Til markazida ta’lim olish (D-4)ni tugatib, Oliy o’quv yurtiga o’qishga kirmoqchi bo’lgan (D-2) hollarda
- Koreyada boshqa viza turi (90 kundan kam bo’lgan qisqa muddatli viza egalari, noqonuniy viza egalari va boshqalardan tashqari) ga ega shaxslar koreys fuqarosi bilan turmush qurib, immigrantlar bilan turmush qurish vizasi (F-6) bilan almashtirmoqchi bo’lgan hollarda
(2)Kerakli hujjatlar
- Umumiy ariza, standart o’lchamdagi 1 ta rasm
- Pasport hamda chet ellik ID kartasi(agarda chet elliklarni ro’yxatga olishdan o’tgan bo’lsa)
- Viza turiga mos kerakli hujjatlar
- Viza turini o’zgartirish uchun davlat boji:100,000 von (ID karta uchun to’lanadigan boj 30,000 vondan tashqari)
- Doimiy yashash(F-5) vizasini o’zgartirish uchun 200,000 von (ID karta uchun to’lanadigan boj 30,000 vondan tashqari)
05Vizadan tashqari faoliyat
(1)Taalluqli kishilar va vaqti
91 kundan ortiq ko’p muddatli yashash huquqini olgan shaxslar (90 kundan kam qisqa tashrif huquqiga ega shaxslar bunga kirmaydi) amaldagi viza turiga mos faoliyatga qo’shimcha holda boshqa viza turiga mos faoliyat bilan shug’ullanmoqchi bo’lsalar, albatta bundan oldin qo’shimcha faoliyat bilan shug’ullanish uchun ruxsatnoma olishlari shart.
- Chet elda o’qish vizasi (D-2) va til kursi (D-4-1, D-4-7) vizasiga ega universitet chet ellik talabalar menejeri tomonidan tasdiqlangan kishilar (alohida talab va murojaatlaringiz bo’sa ☎1345 ga tel murojaat qiling.)
- Til kursida o’qiyotganlarga Koreyaga kelgandan 6 oy o’tgandan keyin ruxsat beriladi.
- Diniy viza turi (D-6) bilan faoliyat olib boruvchi diniy targ’ibotchilar belgilangan faoliyatlariga qo’shimcha tarzda ma’ruza soatlarini olib bormoqchi (E-1) bo’lgan hollarda Koreya fuqarosi bilan turmush qurgan immigrant (F-6)lar uchun ishlash taqiqlanmaganligi sababli, bemalol ishlashlari mumkin bo’lib, boshqa viza turlarini qo’shimcha sifatida olishlari shart emas. Biroq, kichik turdagi ish faoliyati bo’lsa ham, davlat qonunlariga ko’ra belgilangan sertifikat yoki shu kabi malaka haqidagi hujjatlar kerak bo’lsa, albatta uni olish lozim.
(2)Kerakli hujjatlar
- Ariza
- Pasport hamda chet ellik ID kartasi(agarda chet elliklarni ro’yxatga olishdan o’tgan bo’lsa)
- Viza turiga mos kerakli hujjatlar
- Davlat boji : 120,000 von (Faqat chet elda o’qish (D-2) va til markazida o’qish (D-4) vizalari uchun to’lov yo’q)
06 Davlatga qayta kirish uchun ruxsat
(1)Holatlar
- Koreya Respublikasida 91 kundan ortiq yashash uchun ruxsat olgan shaxs sifatida chet elliklarni ro’yxatga olishdan o’tganlar
- Koreya Respublikasi hukumati bilan shartnomaga ko’ra xorijiy diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar elchixonasi xodimlari hamda ularning oila a’zolari, xorijiy ro’yxatdan o’tgan erkin partiyalar va shu jumladan diplomatik yoki konsullik kabi imtiyozlarga ega shaxslar va ularning oila a’zolari
(2)Muddati
- Bir martalik qayta kirish uchun belgilangan muddat eng ko’pi bilan : 1 yil
- Ikki martalik qayta kirish uchun belgilangan muddat eng ko’pi bilan : 2 yil
(3)Davlatga qayta kirishga ruxsatdan ozod etilganlar va istisnolar
- A-1~A-3 viza egalari hamda barcha viza turi egalari mamlakatdan chiqib ketgan kundan boshlab 1 yil ichida qayta kirmoqchi bo’lsa, qayta kirishga ruxsat etiladi (Viza muddati 1 yildan kam qolgan bo’lsa 1 yildan kam muddatda qayta kirishi mumkin)
- F-5 (doimiy yashash vizasi)ga ega shaxs sifatida, mamlakatdan chiqib ketgan kundan boshlab 2 yil ichida qayta kirmoqchi kirishga bo’lsa ruxsat beriladi
(4)Kerakli hujjatlar
- Ariza
- Pasport hamda chet ellik ID kartasi (Chet ellikni ro’yxatga olishdan o’tgan bo’lsa)
- Davlat boji : bir martalik uchun : 30.000 von, ikki martalik uchun 50.000 von
(5)Davlatga qayta kirishga ruxsat muddatni uzaytirish
Qayta kirishga ruxsatnomani olib, mamlakatdan chiqib ketgan chet el fuqarolari ruxsat berilgan muddat yoki ozod etilgan muddat ichida biror sabab bilan qayta kira olmasalar, o’sha muddat ichida atrofdagi Koreya elchixonalari shuningdek konsullik idoralariga borib, qayta kirishga ruxsat etilgan muddatni uzaytirish uchun ariza topshirishlari lozim. Agarda qayta kirishga ruxsat etilgan muddat ichida kira olmasalar, viza bekor qilinadi.
07Chet elliklarning xabar qilish majburiyatlariPoint!
Ro’yxatdan o’tgan chet el fuqarosida quyidagi vaziyatlar yuzaga kelganda o’sha kundan boshlab 15 kun ichida yashash joyi hududiga qarashli immigratsiya masalalari • xorijliklar byurosi(idorasi)ga borib xabar berishlari lozim bo’lib. Bu qoida buzilsa jarimalarga tortiladi va yashash(viza) tarziga noqulayliklarni yuzaga keltirishi mumkinligini eslatib o’tamiz.
(1) Xabar berish sabablari
Ro’yxatdan o’tgan chet el fuqarosida quyidagi vaziyatlar yuzaga kelganda o’sha kundan boshlab 15 kun ichida yashash joyi hududiga qarashli immigratsiya masalalari
· xorijliklar byurosi(idorasi)ga borib o’zgartirish haqida xabar qilishi lozim.
- Ism-familiya, jins, tug’ilgan sana, hamda millati o’zgargan hollarda
- Pasport raqami, topshirilgan sanasi, amal qilish muddati o’zgargan hollarda
- D-1, D-2, D-4~D-9 egalik qlivchi shaxslar qarashli muassasa, tashkilotning o’zgarishi (nomi o’zgarishi ham)
- D-10 egalik qlivchi shaxslar seminari haqida tasdiqlatish hamda seminar tashkilotining o’zgarishi (nomining o’zgarishi ham)
- H-2 egalik qlivchi shaxslar shaxsiy tashkilot, muassasa, korxonalarda ishlayotgan bo’lsa, bu faoliyat haqidagi xabar
- H-2 egalik qlivchi shaxslar shaxsiy tashkilot, muassasa, korxonalarda ishlayotgan bo’lsa, bu faoliyat haqidagi xabar hamda ularning o’zgargani (nomi o’zgartirilgani ham)
- Yashash joyi o’zgargan holatda
(2)Kerakli xujjatlar
- Xabardor qilish varaqasi
- Pasport va chet fuqarolari uchun taqdim etilgan ID karta
- O'zgargan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (yashash manzili o'zgargan holatda manzilni tasdiqlovchi hujjat)
Yodda tuting!
Karantin nima? (Hayvon, o’simliklar karantini)
Mamlakat bo’ylab barcha aeroport va portlarda xorijdan chorva epidemiyasi va o'simlik zararkunandalarining mamlakatga kirib kelishi oldini olish uchun karantin nazorati o’tkaziladi.
Mamlakatga kirib kelayotganda olib kirish ta’qiqlangan qishloq xo'jalik va chorva mahsulotlari bo’la turib, bu haqda deklaratsiyada ko’rsatmasangiz jarimaga tortilish yoki davlatga kirish bo’yicha taqiqqa uchrash kabi jazo choralari qo’llanilishi mumkin.
- Siz olib kirayotgan tovarlar orasida qishloq xo'jaligi va chorva mahsulotlari bo’lsa albatta yo’lovchi deklaratsiyada uni belgilab, aeroprt yoki portdagi karantin boshqarmasiga xabar bering.
Karantin tartibi
- Koreyaga yetib kelish (aeroport, port, pochta)
- Immigratsiya tekshiruvi
- Bojxona deklaratsiyasini (karantin deklaratsiyasi) to’ldirish
- Hayvonlar, o'simliklar, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, chorvachilik mahsulotlarini karantindan o’tkazish : karantindan o’tgan hollardagina olib kiriladi.
- Bojxona tekshiruvi
- Kirish
Hayvon va chorva mahsulotlari karantini
- Qo’lda olib kirish taqiqlangan chorvachilik mahsulotlari (Qo’lda olib kirilgan tegishli mahsulotlar haqida ma’lumot berilmagan holatda 10million vongacha bo’lgan miqdorda jarimaga tortilishga sabab bo’lib, chet elliklar uchun davlatga kirishga taqiq qo’yilishi, istiqomat qilishning cheklanishi kabi choralar ko’rilishi mumkin.)
- 1Go'sht va qayta ishlangan go'sht mahsulotlari: mol go'shti, cho'chqa go'shti, tovuq, o'rdak, kolbasa, jambon, maydalangan, qaynatilgan go'sht va boshqalar.
- 2Sut mahsulotlari: sut, pishloq, sariyog' va boshqalar
- 3Tuxum va tuxum mahsulotlari: tovuq tuxumi, qush tuxumi, tuxum oqi, tuxum kukuni va boshqalar
- 4Uy hayvonlari uchun ozuqa, gazak va ozuqaviy qo'shimcha va boshqalar
Yo’lovchi olib kira olmaydigan misollar
- < Kolbasa mahsulotlari >
- < Vetchina >
- < Quritilgan mol go’shti >
- < Paylar >
- < Hasip >
- < Soyada
qaynatilgan go’sht > - < Tovuq oyog’i >
- < Quritilgan baliq >
- < Chuchvara >
O’simliklar va chorva mahsulotlari karantini
- Qo’lda olib kirish ta’qiqlangan mahsulotlar
- 1Mango, banan, olma, nok, apelsin, laym, avokado, xom soya, bodring, pomidor kabi barra meva va sabzavotlar
- 2Shirin kartoshka, kartoshka, batat kabi yer osti sabzavotlari va chaqilmagan yong'oq
- 3Tuproq, tuproq yopishgan o'simliklar, tirik hashoratlar, yovvoyi o't urug'lari kabilar
- < Mango >
- < Laym >
- < Olma, mandarin >
- < Apelsin >
- < Banan >
- < Xom soya, pomidor, qalampir >
- < Shirin kartoshka, kartoshka >
- < Tuproq yopishgan o’simlik >
- < Tirik hashoratlar >
O'simliklar va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tashish va pochta pochtasi / kuryer orqali olib kelish bo'yicha ehtiyot choralari
Urug'lar (urug'lar), ko'chatlar (shu jumladan payvand/kesish) va piyozchalar kabi yetishtirish yoki ko'paytirish uchun o'simliklar eksport qiluvchi mamlakat tomonidan berilgan fitosanitariya (o'simliklar karantini) sertifikatini taqdim etilishi shart. Agar sizda fitosanitariya (o‘simliklar karantini) sertifikati bo‘lmasa, uni olib kirish taqiqlanadi (2019-yil sentabrdan kuchga kirgan).
- Karantin haqida batafsil ma'lumot uchun qishloq va o'rmon xo'jaligi, chorvachilik karantini bosh ofisiga murojaat qiling (www.qia.go.kr) (054-912-1000 yoki 032-740-2661,2077)