Danuri aloqa markazi
1577-1366
Oilaviy maslahat uchun telefon raqami
1577-4206
한국생활안내 정보더하기 사이트로 이동

Doimiy yashash (F-5) huquqini olish

  • Home
  • Yashash va fuqarolikni qabul qilish
  • Doimiy yashash (F-5) huquqini olish

Doimiy yashash (F-5) huquqini olish

Quyidagi holatlarda, viza turiga qarab kerakli hujjatlar tayyorlanadi va yashash joyi atrofidagi immigratsiya masalalari - xorijliklar byurosi(idorasi)ga doimiy yashash vizasi (F-5) ni olish uchun ariza topshiriladi

01Holatlari

  1. 1Koreya fuqarolik kodeksiga ko’ra voyaga yetgan shaxs bo’lib, *1-2 ilovada ko’rsatilgan 10. xorijiy xodim(D-7)dan 20. maxsus faoliyat(E-7)gacha bo’lgan vizasi yoki *1-2 ilovada ko’rsatilgan 24. rezident(F-2) vizasi bilan 5 yildan ortiq Koreyada yashagan shaxs
  2. 2Koreys fuqarosi yoki doimiy yashash vizasi(F-5)ga ega shaxslarning Koreyada 2 yildan ortiq yashab kelayotgan turmush o’rtog’i yoki voyaga yetmagan farzandi va Koreyada tug’ilganligi sababli qonunning 23-moddasiga ko’ra viza olishga ariza bergan shaxs bo’lib, tug’ilgan vaqtida uning otasi yoki onasi doimiy yashash(F-5) vizasi bilan Koreyada yashayotganlar orasidan Adliya vaziri tan olgan shaxslar
  3. 3“Chet el investitsiyasini jalb qilish” qonuniga ko’ra 500,000 AQSH dollari miqdorda investitsiya kiritib 5dan ortiq koreys fuqarosini ish bilan ta’minlagan shaxs
  4. 4*1-2 ilovada ko’rsatilgan 26. xorijdagi koreyslar(F-4) vizasi bilan Koreyada 2 yildan ortiq yashab kelayotgan va Koreyada to’xtovsiz yashashga zarurati bor deb Adliya vaziri tomonidan tan olingan shaxslar
  5. 5Immigratsiya nazorati va xorijdagi koreyslarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi qonunning 2-moddasi 2-bandida belgilangan chet el fuqaroligiga ega, ammo Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga muvofiq fuqarolikni olish talablarini bajaradigan shaxs (Xuddi shu qonunning 5-moddasining 1-2-kichik bandidagi talablar bundan mustasno)
  6. 6Eski “Immigratsiya nazorati bo’yicha qonunni amalga oshirish qoidalari” (17579-son Prezident qaroriga asosan qayta ko’rib chiqilib 2002 yil 18 apreldan ommaga e’lon qilinishi va kuchga kirishidan oldingi tahriri nazarda tutilmoqda) ning *1-27 ilovada ko’rsatilgan rezident (F-2) vizasi (avvalgi viza talablariga javob bergan shaxslarni ham o’zi ichiga oladi) ga ega bo’lgan shaxs va Koreyada to’xtovsiz yashashga zarurati bor deb Adliya vaziri tomonidan tan olingan shaxslar
  7. 7Quyidagi holatlardan biriga mos keladigan va Adliya vaziri tomonidan tan olingan shaxs
    1. A.Mamlakatdan tashqarida ma’lum bir sohada doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va doimiy yashash vizasi (F-5) ga ariza bergan payti mahalliy kompaniyaga ishga olingan shaxs
    2. B.Koreyada magistraturani bitirib doktorlik darajasini olgan shaxs
  8. 8Adliya vaziri tomonidan belgilangan sohada kamida bakalavr diplomiga ega yoki Adliya vaziri belgilagan texnik soha sertifikatiga ega va Koreyada 3 yildan ortiq yashagan, rezident vizasi(F-5)ga ariza topshirgan payti mahalliy kompaniyada ishlab Adliya vaziri belgilagan summadan yuqori ish haqi olayotgan shaxs
  9. 9Ilm-fan, menejment, ta'lim, madaniyat, jismoniy tarbiya kabi maxsus sohalarda iqtidorga ega shaxslardan Adliya vaziri tomonidan tan olingan shaxs
  10. 10Koreyada maxsus xizmat ko’rsatgan deb Adliya vaziri tan olgan shaxs
  11. 1160 yoshdan oshgan va Adliya vaziri belgilagan miqdordan yuqori xorijdan nafaqa oladigan shaxslar
  12. 121-2-ilovaning 29-bandi. Vaqtinchalik ish (H-2) maqomiga ega boʻlgan bandlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi va xizmat muddati, bandlik sohasi, sanoat sohasining xususiyatlari, ishchi kuchi yetishmasligi va ishga joylashish boʻyicha milliy afzalliklarni hisobga olgan holda Adliya vaziri tomonidan eʼtirof etilgan shaxs sifatida.
  13. 13*1-2 ilovada ko’rsatilgan 24. rezident(F-2) vizasiga mos keladigan va Koreyada 3 yildan ortiq yashaganlar orasidan Koreyada to’xtovsiz yashashga zarurati bor deb Adliya vaziri tomonidan tan olingan shaxslar
  14. 14*1-2 ilovada ko’rsatilgan 24. rezident(F-2) talablariga mos kelib vizani olgandan keyin 5 yildan ortiq investitsiyani saqlab turgan shaxslardan Koreyada to’xtovsiz yashashga zarurati bor deb Adliya vaziri tomonidan tan olingan shaxslar va ularning turmush o’rtog’i hamda voyaga yetmagan farzandlari (Faqat Adliya vaziri belgilagan talablarga mos keladigan farzandlari)
  15. 15*1-2 ilovada ko’rsatilgan 11. korporativ investitsiya (D-8) vizasi bilan Koreyada 3 yildan ortiq yashab kelayotganlar orasidan 300 million vondan ortiq investitsiya jalb qilib 2dan ortiq koreys fuqarosini ish bilan ta’minlash kabi Adliya vaziri belgilagan talablarga mos keladigan shaxs
  16. 165 yildan ortiq investitsiyani saqlab turish sharti bilan Adliya vaziri belgilagan miqdordan ortiq investitsiya kiritgan va Adliya vaziri belgilagan talablarga mos keluvchi shaxs
  17. 17*1-2 ilovada ko’rsatilgan 11. korporativ investitsiya (D-8) vizasi bilan “Chet el investitsiyasini jalb qilish qonunini amalga oshirish qoidalari”ning 25-moddasi 1-4 bandiga ko’ra ilmiy izlanish muassasalari uchun zarur mutaxassis bo’lib Koreyada 3 yildan ortiq yashagan, Adliya vaziri tomonidan tan olingan shaxs
  18. 18*1-2 ilovada ko’rsatilgan 24. rezident(F-2) vizasi bilan Koreyada 2 yildan ortiq yashab kelayotgan shaxs
    • 1-2 ilova : “Immigratsiya nazorati bo’yicha qonunni amalga oshirish qoidalari”
  19. 19 Koreya Respublikasida 2 yildan ortiq bo‘lgan, yashash joyi maqomiga ega bo‘lgan shaxs 24. Yashash joyi (F-2) jadvali (k) 1-2-ilova.

02Doimiy yashash vizasi uchun ariza topshirishda kerakli hujjatlar

Adliya vazirligi Hi Korea (www.hikorea.go.kr) – Information Plaza – Rezidentlik maqomi bo‘yicha axborot qo‘llanmasi – Rezidentlik maqomi bo‘yicha axborot qo‘llanmasi – Doimiy yashash (F-5) tasdiqlanishi kerak
Yangi manzilga tegishli hujjatlar
Davlat boji : 200.000von (Chet ellik ID kartasi uchun to’lanadigan 30.000 vondan tashqari)
  • Hozirgi kunda nikoh munosabatini davom ettirmayotgan vaziyat fuqarolikni qabul qilish talabiga javob beruvchi koreys fuqarosining turmush o’rtog’i bo’lgan vaziyatlarning kerakli hujjatlari va ruxsat olish shartlari farq qilib, bu haqida chet elliklarga yordam markazi (☎1345) orqali bilib olish mumkin.

03Doimiy yashash huquqini bekor qilish (“Immigratsiya nazorati bo’yicha qonun”ning 89-moddasi 2-bandi)

Doimiy yashash huquqini olgan bo’lsada, quyidagi vaziyatlarda bu huquq bekor qilinishi mumkin:

  • Yo’lg’on yoki boshqa nohaq yo’l bilan doimiy yashash huquqi olingan holatda
  • Jinoyat kodeksi, Jinsiy zo’ravonlik jinoyatini jazolash kabilar haqidagi maxsus qonun kabilarda belgilangan jinoyatga qo’l urib 2 yildan ortiq qamoq(majburiy mehnatli yoki mehnatsiz) jazosiga hukm qilingan holatda
  • Oxirgi 5 yil ichida mazkur qonun yoki boshqa qonunlarni buzib qamoq(majburiy mehnatli yoki mehnatsiz) jazosini olib, umumiy jazo muddati 3 yildan oshgan holatda
  • Koreyaga ma’lum miqdordan ortiq kiritilgan investitsiyani saqlab turish sharti bilan Prezident farmoni orqali doimiy yashash huquqini olgan shaxslar mazkur shartni buzgan holatda
  • Milliy xavfsizlik, diplomatik aloqalar va davlat iqtisodiyoti kabi sohalarda Koreyaning milliy manfaatlariga qarshi harakat qilingan holatda
Doimiy yashash uchun ruxsatnoma olishning foydali tomonlari
  • O’zining davlatidagi fuqarolikdan voz kechish shart emas.
  • Doimiy yashash uchun ruxsatnoma olgandan 3yil o’tib ro’yxatdan o’tgan hududida saylovlarda qatnasha oladi.
  • Davlatdan chiqib ketganidan boshlab 2yil ichida qayta kirish uchun ruxsatnoma olinishi kerak emas.
  • Faoliyat doirasi yoki yashash muddati bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q.
Bu ish “KOGL (Korea Open Government License) 4 -toifa: Manba ko'rsatkichi+Tijorat maqsadlarida foydalanish+O'zgarishlarni taqiqlash” shartiga muvofiq ishlatilishi mumkin.