Danuri aloqa markazi
1577-1366
Oilaviy maslahat uchun telefon raqami
1577-4206
한국생활안내 정보더하기 사이트로 이동

Xalq nafaqasi

  • Home
  • Ijtimoiy kompensatsiya tizimi
  • Xalq nafaqasi

Xalq nafaqasi

Yoshi o’tib, ishga yaroqsiz bo’lib qolish va kutilmagan halokat tufayli nogiron bo’lib qolish yoki olamdan o’tish kabi vaziyatlarni oldindan o’ylab majburiy ravishda sug’urta pulini to’lab, qariganda, nogiron bo’lib qolganda, olamdan o’tganda shu odamning o’ziga yoki oila a’zolariga nafaqa puli ajratilib hayot barqarorligini ta’minlash uchun davlat tomonidan amalga oshiriladigan jamiyatni muhofaza qilish tizimidir.

01Kimlar bu xizmatdan foydalana oladi

Koreyada yashovchi chet el fuqarolaridan mahalliy koreyaliklar kabi davlat pensiya dasturiga a‘zo bo‘lishlari talab etiladi. Agar 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan xorij fuqarosi biror kompaniyada u davlat pensiya dasturining ishchi a’zosi bo’ladi; boshqa vaziyatlarda xorij fuqarosi pensiya dasturining mahalliy a’zo hisoblanadi. Biroq agar chet el fuqaro bo’lgan shaxs mamlakatining qonunlari Koreya fuqarolariga u yerda davlat pensiya dasturiga yozilishga ruxsat bermasa, xorijlik fuqaro ham Koreyada davlat pensiya dasturiga yozila olmaydi. Agar Koreya va o’sha xorijiy fuqaroning mamlakati o’rtasida ijtimoiy ta`minot bo’yicha biror kelishuv mavjud bo’lsa, o’sha kelishuv qoidalari asosida ish ko’riladi.

  • Agar siz 18 yoshga to'lmagan bo'lsangiz ham, ish joyida ishlash mobaynida a’zo bo’lishni istasangiz, ish joyingiz orqali a’zo bo’lishingiz mumkin.
Milliy pensiya tizimidan chetlatilgan davlatlar (23 ta davlat)

Gruziya, Nigeriya, Janubiy Afrika, Nepal, Sharqiy Timor, Malayziya, Maldiv orollari, Myanma, Bangladesh, Vetnam, Belarus, Bruney, Saudiya Arabistoni, Svazilend, Singapur, Armaniston, Efiopiya, Eron, Misr, Kambodja, Tonga, Pokiston, Fidji

02Sug’urta pulini o’zi to’lashi

  • Korxonada ishlaydigan ishchi ish daromadiga asoslanib ishchining o’zi va ish korxona boshlig’i oylik daromadning 4.5% i miqdoridagi pulini ikkalasi alohida to’laydi.
  • Hududiy sug’urtaga a’zo bo’lganlar (xususiy biznes egasi kabi) o’zining e’lon qilgan (haqiqiy) oylik daromadining 9% ini har oy to’liq to’laydi.

03Yordam puli imtiyozlari

Agar xorijlik rezidentlar pensiya nafaqasi (keksalik, nogironlik yoki boquvchisini yo’qotganligi uchun nafaqa) olish uchun belgilangan shartlarga javob bersa, ular tegishli pensiya nafaqalarini olishi mumkin

Qarilik nafaqa puli

10 yildan ortiq a’zo bo’lgan va belgilangan qarilik yoshiga yetganida qarilik nafaqasini olishi mumkin.

Tug’ilgan yiliga qarab belgilangan qarilik nafaqa pulini yoshga ko’ra to’lash
Tug’ilgan yiliga qarab belgilangan qarilik nafaqa pulini yoshga ko’ra to’lash
Turi ~52-yilda tug’ilgan 53~56-yilda tug’ilgan 57~60-yilda tug’ilgan 61~64-yilda tug’ilgan 65~68-yilda tug’ilgan 69~ -yilda tug’ilgan
Yoshi 60 yosh 61 yosh 62 yosh 63 yosh 64 yosh 65 yosh
Nogironlik nafaqa puli

Ma’lum miqdorda nafaqa sug’urta pulini to’lash talablariga javob bergan shaxs a’zo bo’lish davri (18 yoshdan qarilik nafaqa puli olish yoshigacha) davomida ro’y bergan og’ir kasallik yoki jarohat butunlay tuzalib ketgandan keyin ham (amalga oshirilayotgan paytda eng birinchi kunidan boshlab 1 yil 6 oy o’tgandan keyin) nogiron bo’lib qolgan bo’lsa nogironlik darajasiga qarab 1~3-guruh nogironligi nafaqasi oladi, 4-guruh nogironligi uchun esa vaqtinchalik kompensatsiya puli beriladi.

Olamdan o’tgandan keyingi nafaqa puli

Ma’lum miqdorda nafaqa sug’urta pulini to’lash talablariga javob bergan shaxs yoki nafaqa (qarilik, 1-2-guruh nogironlik)olayotgan vaqtida nafaqa oluvchi olamdan o’tsa birga yashayotgan oilasiga har oyda nafaqa puli beriladi.

Pulni qaytarib berish

Chet elliklar uchun qoida bo’yicha pul qaytarib berilmaydi. Lekin quyidagi vaziyatlarda ya’ni o’z vataniga qaytsa, olamdan o’tsa, 60 yoshga yetsa shu paytgacha to’lab kelgan sug’urta pulining ma’lum foizini qo’shib bir marta qaytarib beriladi.

  1. 1Xorijlik rezidentning mamlakati to’laydigan summa davlat pensiya dasturi tomonidan Koreya fuqarolariga qaytariladigan summaga teng bo’lsa.
  2. 2Koreya davlati va tegishli chet el fuqarosining o’z davlati o’rtasida imzolangan Ijtimoiy ta`minot bo’yicha kelishuvda qaytariladigan summaning to’lanishiga oid bandlar bo’lganda
  3. 3Koreya davlatida E-8 viza (mehnat ta’limi vizasi), E-9 viza (mutaxassis bo’lmagan ishchi ishga olinishi vizasi), H-2 viza (tashrif buyurib ishlash vizasi) ga ega bo’lgan chet ellik ishchisi bo’lsa
Xalq nafaqasi qaytarib beriladigan davlatlar (46 ta davlat)

Tayland, Filippin, Malayziya, Indoneziya, Shri-Lanka, Qozog‘iston, Gong-Kong, Beliz, Grenada, Sent-Vinsent va Grenadina orollari, Zimbabve, Kamerun, Gana, Vanuatu, Bermud, Sudan, El-Salvador, Iordaniya, Keniya, Trinidad va Tobago, Butan, Kolumbiya, Uganda va Tunis (ikki tomonlamalik tamoyili bo‘yicha bir martada to‘lab beriladigan to‘lovga haqli 24 mamlakat)

Gemaniya, AQSH, Kanada, Vengriya, Fransiya, Avstraliya, Chexoslovakiya, Belgiya, Polsha, Slovakiya, Bolgariya, Ruminiya, Avstriya, Hindiston, Turkiya, Shveysariya, Braziliya, Peru, Shveysariya, Turkiya, Hindiston, Lyuksemburg, Sloveniya, Xorvatiya va Urugvay (Ijtimoiy xavfsizlik shartnomasiga asosan 22 mamalakat bir yo`la toʻlanadigan toʻlovlarga haqli)

  • E-8, E-9, H-2 vizali shaxslar uchun esa qaysi davlat ekanligidan qat’iy nazar nafaqa puli qaytarilib beriladi. Batafsil ma’lumot uchun Xalq Nafaqasi Tashkilotining joylardagi filialiga tashrif buyurib ma’lumot olishingiz yoki davlat kodisiz ☎1355 raqamiga qo'ng’iroq qilib ma’lumot olishingiz mumkin. Manba : Xalq Nafaqasi Tashkiloti sayti (www.nps.or.kr)
Bu ish “KOGL (Korea Open Government License) 4 -toifa: Manba ko'rsatkichi+Tijorat maqsadlarida foydalanish+O'zgarishlarni taqiqlash” shartiga muvofiq ishlatilishi mumkin.