Danuri aloqa markazi
1577-1366
Oilaviy maslahat uchun telefon raqami
1577-4206
한국생활안내 정보더하기 사이트로 이동

Mahalliy xizmatlardan foydalanish

  • Home
  • Koreya madaniyati va hayoti
  • Mahalliy xizmatlardan foydalanish

Mahalliy xizmatlardan foydalanish

01Go’zallik saloni

Sochni kimyoviy jingalak qilish, soch kesish, sochni bo’yash, manikyur, pedikyur va makiyaj kabi xizmatlarni ko’rsatadi. Narxi xizmat turiga qarab har xil, lekin sochni oddiy kesish bo’ladigan bo’lsa 10.000 vondan 30.000 vongacha, sochni kimyoviy jingalak qilish esa 20.000 vondan 100.000 vongacha yoki bundanda qimmatroq bo’lishi mumkin.

02Hammom turlari

Koreyadagi jamoat hammomlari “Mogyoktang(Hammom)”, “Sauna”, “Jjimjilbang(Parli hammom)” kabilarga bo’linadi.

  • Mogyoktang(Hammom) : Hammom va dushdan iborat bo’lib, narxi 6.000 vondan 10.000 vongacha bo’ladi.
  • Sauna : Hammom va dush, dam olish xonasi kabilar iborat bo’lib, narxi hamma joyda har xil.
  • Jjimjilbang(Parli hammom) : Hammom va dush, dam olish xonasi, uxlash xonasi kabilardan iborat. Hammom va dushdan tashqari barcha shart-sharoitlardan ayollar va erkaklar umumiy foydalanishi mumkin. Narxi hamma joyda har xil.
  • Sauna va jjimjilbang kirish uchun to’lov, dam olish xonasi, uxlash xonasi, sport jihozlari kabilarni o’z ichiga oladi. Ovqat va go’zallik saloni xizmati, massaj kabi xizmatlar esa qo’shimcha to’lovni talab qiladi. Bundan tashqari kir chiqarish(tanani ishqalash orqali kir chiqarish) pullik xizmatidan ham foydalansa bo’ladi.
  • Hammomdagi katta hajmdagi vannaning suv harorati 43~45˚C bo’lib, jjimjilbangning ichki xona harorati esa 40~70˚C dir. Bepul foydalanish mumkin bo’lgan quritish saunasi harorati 70~100˚C, issiq saunadagi harorat 70~130˚C dir. Munosib vaqt davomida o’z tanasiga mos ravishda foydalanilsa tanada yig’ilgan keraksiz suyuqlikni tashqariga chiqishiga yordam beradi va tanadagi stresni yo’qotib, mushaklardagi og’riqlarni ham yengillashtiradi.
Yodda tuting!
Koreyaning hammom madaniyati

Koreyada hammom madaniyati o’ziga xos rivojlangan. Ko’pchilik odamlar 1-2haftada bir marta jamoat hammomiga borib, issiq suvli hammomga kirib, tanasidagi kirlarni chiqaradi. Hammomga tushish vaqtida barcha kiyimlar yechilib, yalang’och kiriladi.Koreyada odamlar biron bir kishi bilan birgalikda hammomga borsa bu odamning mana shu kishi bilan qanchalar yaqin ekanligidan dalolatdir.Chunki agar u odam bilan uncha yaqin bo’lmasa yalang’och holda birga hammomga tushish oson emas.Lekin bunaqa hammom madaniyati mavjud bo’lmagan davlat odamlari uchun bu narsa g’alati tuyilishi va moslashish qiyin bo’lishi mumkin. Ba’zan hammomga borgan chet elliklar ich kiyimini yechmagan holda vannaga kirib, koreys odamlarini lol qoldirish holatlari ham uchrab turadi.Yalang’och holda ko’pchilik odam birgalikda hammomga tushishi g’alati bo’lsa ham Koreyada jamoat hammomlaridan foydalanishni xohlagan chet elliklar koreys hammomi qoidalariga rioya etishi lozim.

Hammomga borish mumkin bo’lmagan holatlar

Sog’lig’ida umuman muammo bo’lmagan kishi ham issiq joyda ancha vaqt o’tirsa sog’lig’i yomonlashishi mumkin. Ayniqsa homilador ayol yoki yurak xastaligi bor bo’lgan odam issiq hammomga kirsa sog’lig’i juda og’irlashishi mumkin, shuning uchun kirmasligi kerak. Hammomda odatda ter ko’p ajraladi, shuning uchun har 30 daqiqada bir stakan suv ichib tananing suyuqlik miqdorini saqlab turish kerak.Ichimlik suvi odatda bepul bo’lib, gazli va shirin ichimliklarni sotib olsa ham bo’ladi. Kechasi ko’p spirtli ichimlik ichgandan so’ng kechasi jjimjilbang yoki saunada uxlab qolib, ertalab ishxonasiga ketadigan odamlar ham ba’zan uchrab turadi. Lekin spirtli ichimlik iste’mol qilganda tanadagi suyuqlik miqdori kamayib ketadi va bunday sharoitda jjimjilbangga borsa issiq harorat tufayli ter oqishi natijasida ham tanadan suyuqlik ko’p ajralgani uchun bu sog’liq uchun juda zararli. Bundan tashqari teri kasalliklari yoki infektsiya kasalliklari mavjud bo’lgan odam aslo jamoat hammomlariga borishi mumkin emas.

Hammomda cho’milish tartibi
  1. 1Issiq suvli vannaga kirishdan oldin yengil ravishda dush qabul qilinib, soch yuviladi.
  2. 2Issiq suv bilan to’ldirilgan katta hajmdagi vanna ichida 5-10 daqiqa o’tirib ter chiqariladi.
  3. 3Vannadan chiqib qo’l yoki sochiq yordamida tana ishqalanib, kir chiqariladi.
  4. 4Har kim o’z xohishiga qarab sovuq suvli vannaga yoki issiq xonaga kiriladi.
  5. 5Oxirida yana bir bora dush qabul qilinadi.
Hammomda rioya qilish kerak bo’lgan amallar

Ichki kiyimni yechmasdan issiq suvli vannaga kirish yoki shu vanna ichida tanasini kirini chiqarish mumkin emas. Issiq suv va sovun bor ekan deb hammomda kir yuvish mumkin emas.

03 Davolash muassasalari

Davolash muassasasi bemorni davolash uchun mo'ljallangan joy bo'lib kasallikning oldini olib reabiltatsiya xizmatlarini ko'rsatadi. Kasallikni davolash turiga qarab oddiy kasalxona, barcha kasalliklarga mo'ljallangan kasalxona, koreys an'anaviy xalq tabobatiga asoslangan kasalxonalar mavjud. Kasallik holati va davolash turiga qarab xarajatlar belgilanadi.

  • Davolash muassasalari haqidagi to'liq ma'lumotni " 7-bo'lim Sog'liq va davolash", 3. Davolash muassasalari bo'limidan olishingiz mumkin.

04Dorixona

Farmatsevt tomonidan davolash maqsadida dori-darmon tayyorlanib sog'liqni tiklash va saqlashda kerak bo'ladigan dorilar sotiladigan joy dorixona sanaladi. Davlat tomonidan tan olingan farmatsevt, koreys tabobati famatsevtigina dorixonani ochish huquqiga ega bo'lib, qattiq nazorat ostiga olingan. Farmatsevt dorilarni tayyorlab berishdan tashqari dori ichish va olish yo'l-yo'riqlarini ham o'rgatadi. Kasalxonadan kerakli dorilar ro'yxatini olgandan so'ng dorixonadan dori sotib olish mumkin.

05Do'konlar

Turli xil oziq-ovqat mahsulotlari va turmush uchun kerakli mahsulotlar turiga qarab sotiladi. Kattaligiga qarab kichik va katta do'konlar mavjud. Ajoyib muhit yaratilib, xaridorlarga ko'rsatiladigan xizmat va mahsulot sifati yaxshi bo'lganligi uchun foydalanuvchilar ko'p. Vaqtga ko'ra arzonlashtirilgan mahsulotni sotib olish imkoniyati bo'lgani uchun iqtisodiy xaridning ham imkoni bor.

06Kinoteatr

Kinoni namoyish etadigan madaniy joy hisoblanib o'lchami turli xil. So'nggi paytlarda kinoteatrlarning xususiyatlari turli xil bo'lib 3D, 4D formatdagi kinolar namoyish etiladigan qulayliklar bo'lib, mijozning qulayligi uchun xizmat ko'rsatadi. Ertalabdan kechgacha tomoshabinlar tashrif buyurishi uchun qulay vaqtda faoliyat ko'rsatadi.

07Istirohat bog'lari

Aholi qulay foydalanishi uchun tashkil etilgan bog' hisoblanadi. Hududga ko'ra o'lchamning farqi bo'lib, bolalar uchun o'yingohlar, kattalar uchun esa sport maydonchalari tashkil qilingan. Atrofda istiqomat qiladigan aholining sog'lig'i va turmush tarziga yordam berib kelyapti.

Bu ish “KOGL (Korea Open Government License) 4 -toifa: Manba ko'rsatkichi+Tijorat maqsadlarida foydalanish+O'zgarishlarni taqiqlash” shartiga muvofiq ishlatilishi mumkin.