01Chaqaloq uchun tayyorgarlik
Homiladorlikka tayyorgarlik ko’rayotgan er-xotinlar uchun zarur tekshiruvlar
- Homilador ayol va homila salomatligi uchun homiladorlikdan avval tekshiruv va emlashlar kerak bo’ladi.
Homiladorlikka tayyorgarlik ko’rayotgan er-xotinlar uchun zarur tekshiruvlar Bo’lim | Tekshiruv zaruriyati | Oldini olish |
Qizamiq | Erta homiladorlik infektsiyasida mumkin bo'lgan homila malformatsiyalari | Immunitet bo'lmasa, kamida bitta dozada qizamiq (MMR : ) emlash - Emlashdan 3 oy o’tgach homilador bo’lish tavsiya etiladi.
|
virusli gepatit | Agar homilador ayol gepatit B bilan kasallangan bo'lsa, tug'ilishda neonatal infektsiyaning yuqori xavfi mavjud | - Immuniteti bo’lmasa, homiladorlikdan avval B virusli gepatitga qarshi (0, 1, 6 oy oralig’i bilan jami 3 marta) emlanadi.
- Agar homilador ayolda B virusli gepatit bo’lsa, tug’ruqdan so’ng bolasi (chaqaloq) emlanishi zarur.
- 2. Bolalar salomatligi → B virusli gepatit perinatal infektsiyani oldini olishga qarang
|
- MMR: Qizamiq, svinka, qizilcha bilan birga emlanadi.
- Agar siz o'tmishda emlangan bo'lsangizda, lekin qizilchaga qarshi tekshiruvi ijobiy chiqmagan bo'lsa, yana 1 marta emlash lozim va emlashlarning umumiy soni 3 martadan oshmasligi lozim.
Tug’ma Zika sindromi
- Tug’ruqdan avval homilador ayol Zika virusiga chalinib homila infeksiya tarqalishi orqali mikrosfali kabi o’tkir nevrologik kamchiliklarni keltirib chiqaradi.
- Janubiy-Sharqiy Osiy kabi Zika virusi paydo bo’lgan mamlakatlardan kelgan kishilar (erkak va ayol barchasi) jinsiy yaqinlikdan tiyilib turadi yoki prezervativdan foydalanib 6 oy davomida homiladorlikdan saqlanib turadi.
02Homilador ayol o’tishi kerak bo’lgan tibbiy ko’rik
Homilador ayolning sog’likni nazorat qilish uchun o’tkaziladigan oddiy tibbiy ko’rik quyidagilardan iborat. Bundan tashqari homilador ayol yoki homilaning sog’lig’iga qarab bundan bir pog’ona yuqori bo’lgan batafsil ko’rikdan o’tsa ham bo’ladi.
Homilador ayol o’tishi kerak bo’lgan oddiy tibbiy ko’rik turi va mazmuni
Homilador ayol o’tishi kerak bo’lgan oddiy tibbiy ko’rik turi va mazmuni Qon tahlili | Qon tahlili | Homilador ayolning sog’lig’ini tekshirib, homilani sog’lom katta qilishda muammolar yo’qligini aniqlash uchun qon tahlili(gemoglobin, trombotsid, eritrotsid kabilar) va OITS, qizilcha kabi kasalliklar tekshiriladi. |
Qon guruhi tahlili | ABO qon guruhlari va rezus faktor kabilar tekshiriladi. Rezusi manfiy bo’lgan homilador ayollarga homila 28 haftalik bo’lganida rezus immunoglobulin ukoli solinadi. |
Zaxm kasalligi tahlili | Homila nobud bo’lishining asosiy sababi bo'lib, homila zaxm kasalligiga qarshi tekshiriladi. |
Gepatit kasalligi tahlili | Infeksiya tushmaganligi tekshiriladi. Ayniqsa Gepatit B kasalligi homiladorlik paytida kuchayish xavfi bor bo’lib, yo’ldosh orqali bola tug’ilish vaqtida va bolani emizish vaqtida chaqaloq infeksiyalanish mumkin. |
Siydikni tekshirish | Qand va oqsil miqdorini tekshirish orqali qon bosim kasalligi yoki qandli diabet kasalligi kabilar tekshirilib, siydik yo’li infeksiyalari ham tekshiriladi. |
Ultratovushli apparat tekshiruvi(УЗИ) | Bachadonni ichki ko’rinishini ko’rish orqali homilaning o’sish va rivojlanish darajasi, homilaning joylashgan joyi va ko’rinishi, nogiron emasligi kabilar tekshiriladi. |
03Sog’lom farzandni dunyoga keltirish uchun e’tibor qaratish kerak bo’lgan amallar
- Sog’lom onadan sog’lom bola tug’iladi.
Homiladorlikka tayyorlanayotgan bo’lsa eng avvalo ona sog’lom bo’lishi kerak.Agarda kasalligi mavjud bo’lgan ayol homilador bo’lmoqchi bo’lsa albatta shifokor bilan birgalikda maslahatlashib davolanishi kerak. - Dorilarni huda-behuda ichish mumkin emas.
Homiladorlik paytida iloji boricha dori ichishdan saqlanish lozim.Dori homiladagi chaqaloqqa juda yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin.Ayniqsa homiladorlikning ilk davrida chaqaloqning qo’li, oyog’i, yuragi, markaziy nerv sistemasi kabilar rivojlanadigan davr hisoblanadi.Shuning uchun juda ehtiyotkor bo’lish lozim. Qandli diabet yoki yuqori qon bosimi kabi surunkali kasalliklar yoki infeksiya tushishi orqali yuz beradigan uzoq vaqt davom etadigan isitma kabi shunchaki o’z holicha qo’yib qo’yilsa homilador ayol va homilaga jiddiy zarar yetkazadigan kasallik holatlar bo’ladigan bo’lsa shifokor bilan maslahatlashib, albatta dori-darmon iste’mol qilishi va muolajalarni qabul qilishi shart. - Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari mutlaqo man etiladi.
Spirtli ichimliklar homilada nogironlikni keltirib chiqaradigan eng xavfli moddalardan bittasi bo’lib, homila spirtli sindromini keltirib chiqarishi mumkin.Homiladorlik paytda aslo spirtli ichimlik ichmaslik kerak. Tamaki esa homila rivojlanishiga to’siqlik qiladi va chaqaloq kam vaznli bo’lib tug’ilishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun homilador bo’lishdan avval tamaki chekishni to’xtatgan ma’qul. - Yetarli kaloriya va oqsil, mineral, vitaminlarni ko’proq iste’mol qilish kerak.
O’z vaqtida ovqatlanishni kanda qilmasdan o’z vaqtida ovqatlansa qo’shimcha foydali moddalarni iste’mol qilishga hojat yo’q. Ozuqaviy moddalarni yetarli iste’mol qilsa onada homiladorlikning ilk davrida 4 oy davomida oyiga 1kg, homiladorlikning ikkinchi davrida 6 oy davomida oyiga 2kg dan umumiy 13kg lar vazn oshadi. Lekin, temir moddasini homiladorlikning 5-oyidan boshlab qo’shimcha ravishda iste’mol qilish shart. Temir moddasini och qoringa yeyilsa organizmga so’rilishini tezlashtiradi. Homilador bo’lishi kutilayotgan ayol asab yetishmasligi kasalligini oldini olish uchun har kuni ma’lum miqdorda foliy kislotasini iste’mol qilishi zarur. - Homiladorlik paytida fiziologik ravishda ichak sistemalari ish-faoliyati sustlashadi va axlat qattiqlashadi , bachadon kattarishi natijasida ichaklar siqiladi va buning natijasida ich qotishi yuzaga keladi. Yangi uzilgan mevalar va ko’katlarni iste’mol qilish orqali axlatning hajmini ko’paytirish kerak hamda suv ko’p ichib, muntazam sport bilan shug’ullanilsa ich qotishini oldini olsa bo’ladi.
- Zo’riqadigan ishdan tiyilish kerak.
Homilador bo’ldim deb sport bilan shug’ullanishni to’xtatib qo’yish kerak emas.Har kuni muntazam ravishda yengil sport bilan shug’ullanish yaxshi. Lekin yangi sport turini boshlash yoki sport bilan juda zo’riqib shug’ullanish mumkin emas. Og’ir mehnat va tepalikka chiqish kabi xavfli hatti-harakatlardan saqlanish lozim. - Grippga qarshi vaksina bilan homila necha haftalik bo’lishidan qat’i nazar emlanishi tavsiya etiladi.
- Homilador ayol gripp bilan kasallangan bo'lsa, pnevmoniya(zotiljam) kabi komplikatsion asoratlar paydo bo’lish xavfi oddiy kishilarga qaraganda yuqoriligi tufayli uning oldini olib emlash tavsiya etiladi.
- Homiladorlik davrida shishlar katta vena qon tomiri va tos suyagi ichidagi vena tomiri siqilganidan kelib chiqadi. Oyoqlari tepaga ko’tarsa foydasi tegadi lekin yuqori qon bosimi bo’lsa ham bu kasallik kuzatilishi mumkin, shuning uchun homiladorlikning oxirgi davrida shish paydo bo’lsa qon bosimini o’lchab ko’rish lozim.
- Homiladorlik paytida qinda suyuqlik ajralishi kuchayadi.
Bu holat ayol gormoni ta’siri natijasida bachadon bezidan suyuqlik ajralishi tufayli yuz beradi, lekin bu kasallik emas. - Muntazam ravishda shifokor ko’rigidan o’tib turish lozim.
Shifokorning ko’rsatmasiga binoan muntazam ravishda ko’rikdan o’tib turiladi. Homiladorlik paytida shifoxonadan foydalanib tug’ruqdan oldingi nazorat orqali ona va boladagi xavfli kasalliklar alomatlarini oldindan bilib, kasallikning oldini olsa bo’ladi.
Yodda tuting!
Koreyada homiladagi bolani tarbiyalash
Koreyada homilador onaning ma’naviy va jismoniy holati homiladagi bolaga emotsional, ruhiy va jismoniy tomondan ta’sir qiladi deb ishonib kelingan. Sog’lom farzandni dunyoga keltirish uchun homilador ona hamma tomonlama juda ehtiyotkor bo’lishi kerak.Yomon o’y-fikr, qo’pol hatti-harakat qilmasdan, xotirjamlik bilan gapirish va harakat qilish kabi an’ana mavjud bo’lib, buni homiladagi bolani tarbiyalash deyiladi. Ya’ni ovqatlanganda va biron hatti-harakat qilgandagina ehtiyot bo’lib qolmasdan, o’y-xayol qilayotganda ham juda ehtiyotkor bo’lish zarur. Shuning uchun koreys oilasida oila a’zolari homilador kelinning qornidagi bola tarbiyasi haqida maslahat berishsa, shaxsiy hayotimga aralashyapti deb kelin ranjishi yoki bu tufayli stresga tushishi mumkin.Lekin bu narsa koreys madaniyatida shunaqa bo’lgani uchun xafa bo’lmasan oila a’zolari bilan gaplashib bir-birini tushunishga harakat qilinsa ortiqcha ko’ngilsizliklarning oldini olsa bo’ladi. Turmush o’rtog’i ham homiladorlik davrida ko’proq e’tibor berib yordamlashsa baxtlik homiladorlik davrini surib va farzandlarini ham sog’lom dunyoga keltiradilar.
04Homilador ayollar uchun tibbiy punkt xizmati
Homilador ayollar (shu jumladan nikoh orqali immigrantlar) davlat sog‘liqni saqlash markazida tibbiy yordam olishlari mumkin.
Ayniqsa, yuqori xavf ostida bo‘lgan homilador ayollar har qanday davlat sog‘liqni saqlash markazlarida yoki sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy yordamga muhtojdirlar.
- : Juda xavfli holatdagi homilador ayollar
Yoshi kichkina yoki yoshi katta bo’lgan homilador ayollar (20 yoshdan kichik yoki 35 yoshdan katta ayollar), vaqtidan oldin tuqqan, tug‘ish bilan bog‘liq qon ketish holatlarini boshdan kechirgan yoki jiddiy preeklampsiya kuzatilgan yoki ilgari vaqtidan erta bola tuqqan yoki tug‘ma nuqsonli bola tuqqan homilador ayollar juda xavfli holatdagi homilador ayollar hisoblandi va bu holatdagi homilador ayollarga alohida nazorat va qarov bo‘lishi shart..
(1)Prenatal tekshiruv
Homilador ayol tibbiy punktida homiladorlik dastlabki alomatlarini tekshirish, siydik tahlili (qandli diabet, oqsil tekshiruvi), qon tahlili (gemoglobin, trombotsid, eritrotsid, leykotsid, sifilis sivorotka, gepatit, qon guruhlari tahlili kabi tekshiruv xizmatlaridan foydalansa bo’ladi. Homilador ayol farzand ko’rishdan oldingi bepul tekshiruvdan o’tish uchun tibbiy punktida ro’yxatdan o’tishgina qilishgina kifoya. (Tibbiy punktlariga qarab tekshiruv turlari har xil bo’lishi mumkin)
(2)Farzand ko’rish uchun tayyorgarlik sinfi va ta’lim o’tkazish
- Ko’krak suti bilan emizish sinfi, homilador ayollar uchun jismoniy tarbiya sinfi, onani tug’ruqqa tayyorlash sinfi, tug’ilgan farzandni massaj qilish sinfi kabi o’quv sinflari tashkil etilgan.
- Homiladorlik, homiladagi bolani tarbiyalash, farzand ko’rish kabilarga doir kitob va disk, video kabilarni ijaraga berib turadigan joylar ham bor.
- Mahallalarning o’zining boshqaradigan bunaqa markazlari mavjud bo’lib, hududga qarab o’tiladigan sinf turlari har xil.
(3)Temir moddali pulul bilan ta’minlash
Homiladorlikning 16 haftasidan ko'proq vaqt davomida davlat tibbiyot markazlarida ro'yxatdan o'tgan homilador ayollar 5 oy davomida temir preparatlarini olish huquqiga ega bo'ladilar.
(4)Bepul foliy kislotali dori berish
Davlat tibbiyot markazlarida ro'yxatdan o'tgan homilador ayollar yoki homilador bo'lishga tayyorgarlik ko'rayotgan ayollar homiladorlikdan oldingi va keyingi 3 oy davomida foliy kislotasi qo'shimchalarini olish huquqiga ega bo'ladilar.
(5)Yuqori xavfli holatdagi homilador ayollar tibbiy xarajatlari uchun yordam
Ushbu loyiha homiladorlik bilan bog’liq 19 turdagi yuqori xavfli kasalliklar tashxisi qo’yilgan va statsionar sharoitda tibbiy muolaja olgan homilador ayollarga tibbiyot sug‘urtasi qoplamaydigan tibbiy xarajatlar uchun 3 million vongacha yordam puli beriladigan loyihadir.
- Ko‘mak olish huquqiga ega: 19 ta katta xavfli homiladorlik kasalliklaridan* biri tashxisi qo‘yilgan va kasalxonaga yotqizilgan homilador ayollar
- Muddatidan oldin tug‘ruq, tug‘ruq bilan bog‘liq qon ketishi, og’ir homiladorlik toksemiyasi, membranalarning erta teshilishi, yo'ldoshning erta ajralishi, yo'ldoshning oldinda joylashishi, kechiktirib bo’lmaydigan homila tushishi, amniotik suyuqlikning oshib ketishi, amniotik suyuqlik kamayib ketishi, tug’ruqdan oldin qon ketishi, bachadon bo’yni kuchsizligi, yuqori qon bosim, ko'p homilalik, qandli diabet, metabolik kasalliklar bilan giperemezis gravidarum, buyrak kasalligi, yurak yetishmovchiligi, bachadonda o'sishning cheklanishi, bachadon va bachadon qismlari kasalliklari.
- Yordam puli tarkibi: Yuqori xavfli homilador ayolning statsionar davolanish xarajatlarining sug’urta qilingan to’liq qismi va sug’urta qilinmagan xarajatlarining 90% miqdori to’lab beriladi(Kasalxonaga yotqizish to'lovi va bemorlar uchun maxsus taomlar bundan mustasno) (yordam pulining maksimal miqdori 3 million vondan oshmaydi).
- Ariza berish jarayoni: Homilador ayolning ro‘yxatdan o‘tgan manzili yurisdiktsiyasidagi davlat sog‘liqni saqlash markazi yoki elektron sog‘liqni saqlash markazining sog‘liqni saqlash portali yoki Aimajung (prenatal/tug‘ruqdan keyingi) ilovasi orqali tug‘ilgan kundan boshlab olti oy ichida zarur hujjatlar tayyorlanishi bilan onlayn tarzda murojaat qiling.
- Kerakli hujjatlar: Anketaning 1 nusxasi, tibbiy ma’lumotnomaning 1 nusxasi (kasallik nomi va kasallikning kodini o‘z ichiga olgan holda), qabul qilish/uyga javob berish to‘g‘risidagi guvohnoma, tibbiy xarajatlar to‘g‘risidagi kvitansiya, 1 nusxa tibbiy xarajatlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotnoma, 1 nusxa rezident ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi 1 nusxa, subsidiya depozit hisobvarag‘ining 1 nusxasi ( qo‘llab-quvvatlash huquqiga ega bo‘lgan shaxsning ismi), arizachining shaxsiy guvohnomasi va boshqalar.
(6)Qo’shimcha ozuqa dasturi
Ozuqaviy moddalar bo’yicha kamchiligi mavjud bo’lgan homilador ayol va chaqaloqlar uchun ozuqaviy moddalar bo’yicha ta’lim va maslahat berib, qo’shimcha ozuqaviy moddalar to’plamini taqdim etib ularning ozuqaviy moddalar bo’yicha muammosini hal qilib, o’zi mustaqil ravishda ovqatlanish tartibiga amal qiladigan odatni tarbiyalab, sog’lig’ining yaxshilanishiga yordam berishga mo’jlallangan dastur.
Qo’shimcha ozuqa dasturi Turi | Yordam haqida |
Yordam oladigan shaxs | - Yordam oladigan shaxs :
- Chaqaloq(6 yoshgacha boʻlgan tugʻilgandan 72 oylik boʻlgunga qadar), homilador ayol, ko’krak suti bilan emizayotgan ayol
- Turar joyi :
- Ushbu xizmatni ko’rsatadigan tibbiy punktlarida ro’yxatga olingan joyda yashaydigan shaxs
- Xalqaro nikohdagilar bo’lsa, er-xotindan kamida 1tasi Koreya fuqarosi bo’lishi kerak.
- Oilaviy daromad darajasi:
- oila a’zolari soniga ko’ra kun kechirish uchun mo’ljallangan minimal xarajatlarining 80% dan kam
- Ozuqaviy moddalarning yetishmaslik holatlari :
- Kamqonlik, kam vaznlilik, rivojlanishning sustlashishi, yaxshi ovqatlanmaslik kabi muammolarga ega bo’lgan odam.
|
Yordam ko’rsatish mazmuni | Qo'shimcha oziq-ovqat paketlarini taqdim etish : Guruch, kartoshka, tuxum, sabzi, sut, qora loviya, dengiz o'tlari, dengiz o'tlari, konservalangan tovuq to'shi, mandarin va boshqalar hayot sikli xususiyatlariga ko'ra 6 ta oziq-ovqat paketiga bo'linadi va tegishli oziq-ovqat mahsulotlari bepul beriladi (Oyiga 1 yoki 2 marta uyga yetkazib berish). Ozuqaviy moddalar bo’yicha ta’lim o’tkaziladi va maslahatlar beriladi. - Bemorning ozuqaviy moddalar yetishmaslik sabablarini hisobga olgan holda, shaxsiy maslahat yoki guruh ta’limi, xonadonga tashrif buyurib dars o’tish, onlayn dars kabilar birgalikda olib boriladi.
- Eng kamida bir oyda bir marta o’tkaziladi.
|
Ariza berish usuli | - Qabul qilish joyi:
- Yashash joyingizdagi sog‘liqni saqlash markaziga tashrif buyuring yoki onlayn ariza bering (subsidiya 24) (Agar haqiqiy yashash joyingiz rezidentlik ro‘yxatidagidan boshqacha bo‘lsa yoki bobo-buvi yoki boshqa tegishli shaxs murojaat qilsa, shaxsan ariza berish talab qilinadi)
Kerakli hujjatlar - Oila a’zolarining sonini aniqlash uchun kerakli hujjat : Shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma(ID kartochkasi) nusxasi, oilaviy tarkib haqida ma’lumotnoma.
- Oilaviy daromadning miqdorini aniqlash uchun kerakli hujjat : Tibbiy sug’urtaning to’langanligi haqida patta, tibbiy sug’urta varag’i, kam ta’minlanganlik haqida hujjat(faqat ayrim kishilarga tegishli)
- Va boshqa hujjatlar : Homiladorlik, farzand ko’rganlik haqida onaning yon daftarchasi, shifokor diagnoz varaqchasi, tibbiy ko’rsatma qog’ozi(farzand ko’rishdan oldin), tug’ilganlik haqida guvohnoma(farzand ko’rgandan keyin) kabi hujjatlardan 1tadan ortig’ini topshirish kerak.
|
Danuri Helpline (☎1577-1366) yoki yaqin joyda joylashgan multi-madaniyatli oilalarni qo’llab-quvvatlash markazi yoki tibbiy punkti, chet ellik ishchilarni qo’llab-quvvatlash markazi kabi qo’lla-quvvatlash markazlariga murojaat qilsangiz bepul og’zaki tarjima va yozma tarjima xizmatlaridan foydalansangiz bo’ladi.
(7)Homilador ayollar uchun grippga qarshi davlat tomonidan emlashni qo'llab-quvvatlash loyihasi
Ushbu loyiha homilador ayollarga grippga qarshi emlash orqali homilador ayollar va homila infektsiyasining oldini olish uchun mo'ljallangan.
- Kimlar uchun: Homilador ayollar (homila necha haftalik bo’lishidan qat'i nazar emlash mumkin)
- Homiladorlikni tasdiqlovchi hujjatlar (homiladorlik daftarchasi kabilar) taqdim etilgan holatlarda.
- Yordam mazmuni: 1 marta grippga qarshi vaksina
- Emlash muassasasi: mahalliy jamoat tibbiyot markazlari va belgilangan tibbiy muassasalar
- Yashash manzilidan qat'i nazar mahalliy jamoat tibbiyot markazlari va belgilangan tibbiy muassasalarda emlanish mumkin. Belgilangan tibbiy muassasalarni internetda emlash bo'yicha yordamchi sayt (https://nip.cdc.go.kr) → bolamning emlash ma’lumotlarini nazorat qilish → tibbiy muassasani qidirish bo’limi orqali tekshirish mumkin. (Mobil dasturda ham tekshirish mumkin)
05Farzand ko’rish
Farzand ko’rishda ginekologiya bo’limidan foydalanish kerak.Farzand ko’rishdan oldin tibbiy punktlarida nazoratdan o’tgan bo’lsa ham farzand ko’rish paytida shifoxonadan foydalanish zarur. Tug’ishdan oldin avvaldan yaxshilab tayyorlanish kerak, shundagina farzand ko’rish paytida sarosimaga tushib qolmaysiz. Farzand ko’rish usullari har xil bo’lib, eng asosiylari ikkita : tabiiy ravishda farzandni dunyoga keltirish va sun’iy tug’dirish usuli.
(1)Tabiiy ravishda farzandni dunyoga keltirish
- Dori yoki texnik apparatning yordamisiz, tabiiy ravishda to’lg’oq tutib, qin (tug’ish kanali) orqali farzandni dunyoga keltirish. Tabiiy tug’ishni osonlashtirish uchun qinning pastki qismi kesiladi.
- Uzoq vaqt davomida harakat qilinsa ham bola tug’ilmasa dardni kuchaytiradigan dori beriladi. Ilk farzand ko’rish paytida 10 soatdan ortiq vaqt ketadi. Ikkinchi farzandni tug’ish paytida esa 5 soatlar vaqt ketadi.
- Tabiiy tug’ish usulida bola tug’ish paytida og’riq juda kuchli bo’lsa ham farzandni dunyoga keltirgandan so’ng og’riq tezda yo’ladi. Shuningdek kasalxonada ham 2-3 kungina yotib uyga qaytsa bo’ladi. Bu degani kasalxona xarajatlari ham kam ketadi degani.
(2)Sun'iy tug'dirish
- Farzandni tabiiy tug’ishning iloji bo’lmagan holatda sun’iy tug’dirish usuli qo’llaniladi. Katta yoshda tug’ish, tos suyagi tor bo’lishi yoki homiladagi chaqaloq chappa yotish holatlari kabi tug’ish paytida jiddiy xavf paydo bo’lishi mumkin bo’lgan holatlarda ushbu usuldan foydalaniladi.
- Sun’iy tug’dirish usuli operatsiya yo’li bilan amalga oshiriladigan usul bo’lib, har xil qo’shimcha kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ya’ni operatsiya orqali tug’ishdan boshqa iloj yo’q bo’lgan holatlardangina ushbu usuldan foydalanib, bunga muhtojlik yo’q bo’lgan hollarda tabiiy tug’ish usulidan foydalanish afzalroq.
- Sun’iy tug’dirish usuli bilan farzand ko’rganda bir haftalar davomida kasalxonada yotish kerak va buning uchun xarajat ham ko’p ketadi.
Bu yordam Koreyaning barcha tibbiy punktlarida mavjud bo’lib (faqatgina Inchon Ongjingun, Kyongbuk Ullingdoda mavjud emas), yashash joyiga yaqin bo’lgan tibbiy punktiga borish kerak yoki telefon orqali maslahat olsa ham bo’ladi.
06Ilk uchrashuv kuponi bilan taʼminlash
Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun 2 million KRWga teng ilk uchrashuv kuponi chaqaloq parvarishi mobaynida yuzaga keladigan moliyaviy qiyinchiliklarni yengillashtirish maqsadida taqdim etiladi.
- Muvofiqlik :
- 2022-yil 1-yanvardan keyin tugʻilgan va tugʻilganligi haqida roʻyxatdan oʻtkazish orqali rezidentlik raqamiga ega boʻlgan chaqaloqlar;
- Koreya fuqaroligiga ega boʻlish* (jumladan, bir necha millatga mansub odamlar va qochqinlar toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq qochqin maqomiga** ega bo'lganlar);
- Agar yangi tugʻilgan chaqaloqlar koreys fuqaroligiga ega bo'lsa, hatto ota-onasining ikkalasi ham chet el fuqarosi bo'lsa ham, talablarga javob beradi deb hisoblanadi.
- Agar ular qochqin maqomini tan olish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, bundan mustasno
- Chet elda tugʻilgan chaqaloqlar uchun rezidentning roʻyxatga olish raqami ularning Koreyada boʻlish holati tekshirilgandan soʻng beriladi (Rezident roʻyxatga olish idorasi qoʻllanmasi 2020-yil).
- Koreya Respublikasida istiqomat qiluvchi chet elliklar bilan muomala qilish toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq "maxsus tayinlangan hissadorlar";
- Tugʻilganlikni roʻyxatga olishdan oldin ijtimoiy taʼminot kompyuterining boshqaruv raqamini olgan chaqaloqlar va agar ular "Bolalarni himoya qilish to'g'risida"gi qonunning 52-moddasi 1-qismiga muvofiq bolalarni tarbiyalash muassasasida yoki 52-moddaga muvofiq kommunal uy-joylarda himoya chorasi ostida boʻlsalar 52 (1) qonuniga muvofiiq.
- Qo'llab-quvvatlash miqdori :
- qoidaga muvofiq har yangi tugʻilgan chaqaloqqa 2 million KRW miqdorda togʻri keladigan mablagʻga ega Citizen Happiness Card (fuqaro baxt kartasi) (ball) beriladi, ammo baʼzi kutilmagan hollarda istisno (naqd pul koʻrinishida) ham yuzaga kelishi mumkin;
- Murojaat qilish usuli :
- (tashrif buyurish) Eup, Myeon yoki Dongdagi maʼmuriy ijtimoiy yordam markazlari, (onlayn) Government 24, (Hukumat-24) Bokjiro bosh sahifasi;
- Amal qilish muddati :
- chaqaloq tugʻilgan kundan boshlab bir yil (fuqaro roʻyxatga olingan sana;
- Muddatda sarflanmagan berilgan ballar amal qilish muddati tugagandan soʻng avtomatik ravishda tugaydi va keyingi davrga oʻtmaydi;
- (masalan) 2022-yil 27-aprelda tug‘ilgan chaqaloq boʻlsa, vaucherdan 2023-yil 26-aprelgacha foydalanish mumkin va uning amal qilish muddati 2023-yil 27-aprel soat 00:00 dan boshlab avtomatik ravishda tugaydi.
- Didim Seed Bankbook orqali naqd pul olgan mehribonlik uyining bolalari bundan mustasno;
- To‘lov 2022-yil 1-apreldan boshlanganligi uchun, istisno tariqasida, 2022-yilning yanvaridan martigacha bo‘lgan davrda tug‘ilganlar uchun undan 2022-yil 1-apreldan 2023-yil 31-martgacha foydalanish mumkin.
- Foydalanish oraligʻi :
- barcha ehtiyojlarda (shu jumladan onlayn xaridlar) foydalanish mumkin, biroq soliq olinmaydigan doʻkonlar, qimor va koʻngilochar industriyalar bundan mustasno*
- Yuqoridagi korxonalardan tashqari turli joylarda foydalanish mumkin, chunki vaucher yangi tugʻilgan chaqaloqlari boʻlgan oilalarning iqtisodiy yukini kamaytirish uchun moʻljallangan
- (Istisno boʻlgan xarajatlar) Koʻngilochar korxonalar (umumiy mayxonalar, raqs va ichimlik zallari, pivo shoxobchalari, boshqa spirtli ichimliklar doʻkonlari), qimor biznesi (kazino, lotereya, oʻyin xonalari), sanitariya inshootlari (massaj, yuz massaji, sauna), hordiq chiqarish korxonalari (video xonalari, qoʻshiq xonalari va boshqalar), boshqa (kattalar uchun mahsulotlar, sovgʻa sertifikatlari), boj olinmaydigan doʻkonlar, elektron sovgʻa kartalari va boshqalar
- Koreya standartlashtirilgan ishlab chiqarish kodeksining uchta tasnifiga muvofiq davlat agentligining boʻsh kartalaridan foydalanish.