Danuri aloqa markazi : 1577-1366
가족상담전화 : 1644-6621
21-qavat, 173 Toegye-ro, Jung-gu, Seul (Chungmuro 3-ga). Namsan maydoni binosi)
Copyright ⓒ KOREA INSTITUTE FOR HEALTHY FAMILY. All Rights Reserved
Poliklinika hududlardagi aholining sog’lig’ini yaxshilab, kasallikni oldini olish va nazorat qilish uchun qurilgan jamoat sog’lig’ini saqlash muassasasidir. Poliklinikaning vazifasi sog’liqni saqlash, infeksion kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish, davolash, tajriba o’tkazish va tekshirish, oziq ovqat sanitariyasi, dori vositalari haqida ko’rsatma berish va nazorat qilish, oddiy ma’muriyat kabilar mavjud bo’lib, bular ichida davolanishda surunkali kasalliklarni davolash va tibbiy ko’rik o’tkazish, fizioterapik davolash, tishni davolash, koreys milliy tibbiyoti bilan davolash kabi tibbiy xizmatlarni ko’rsatadi. Lekin poliklinikalarni hududlardagi mahalla boshliqlari boshqargani uchun har bir poliknikada davolash hajmi, turi, xarajatlari kabilar bir-biridan biroz farq qilishi mumkinligi uchun poliklinikaga borishdan avval uyingizdan yaqin joyda joylashgan poliklnikadan to’liq ma’lumot olish kerak.
Turi | Mazmuni |
---|---|
Davolash doirasi | Asosan birlamchi davolash, yuqori qon bosimi, qandli diabet kabi surunkali kasalliklarni davolash, tibbiy ko’rik va fizioterapik davolash. |
Koreys milliy tabobati bilan davolash | Konsultatsiya va Koreys milliy tabobati bilan davolash |
Stomatologiya | Og’iz ichini ko’rikdan o’tkazish va konsultatsiya, kasallikka qarshi emlash, tishni oldirish kabilar |
Davolanish haqi | Hududiy aholi sog’lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunning 25-moddasiga binoan mahalliy tibbiyot markazi to‘laydigan to‘lovlar va tibbiy xarajatlar mahalliy hokimlik tomonidan chiqarilgan buyruq asosida belgilanadi. |
Hamshira, fizioterapevt, diyetolog kabi poliklinikada faoliyat ko’rsatuvchi mutaxassislar sog’liqni nazorat qilish xizmatidan foydalanishga qiynalgan ijtimoiy-madaniy-iqtisodiy jihatdan zaif qatlam va 65 yoshdan yuqori yolg’iz yashaydigan keksalar, 75 yoshdan yuqori keksa er-xotinlar kabi oilalarga bevosita tashrif buyurib, surunkali kasalliklarni nazorat qilish kabi sog’liq bilan bog’liq xizmatlarni taqdim etadigan dasturdir.
Ruhiy salomatlik va farovonlikni yaxshilash markazi ruhiy kasalliklarning oldini olib, ruhiy kasalligi bor bemorni topib, maslahat berib, reabilitatsiya xizmatini tavsiya etadi va kasalliklar holatlarini nazorat qilib, ruhiy salomatlik haqidagi ta’lim, keng ko’lamli axborot kabilarni tavsiya etadigan jamoat poliklinikasidir. Depressiya, bezovtalik, giyohvandlikka mukkasidan ketish kabi og’ir holatlarda yaqin joyda joylashgan ruhiy salomatlik va farovonlikni yaxshilash markazida konsultatsiya va ko’rsatma olsa bo’ladi.