Danuri aloqa markazi
1577-1366
Oilaviy maslahat uchun telefon raqami
1577-4206
한국생활안내 정보더하기 사이트로 이동

Kiyinish madaniyati

  • Home
  • Koreya madaniyati va hayoti
  • Kiyinish madaniyati

Kiyinish madaniyati

01Kundalik kiyinish

Koreyaliklar odatda g’arbcha uslubdagi kiyimlar kiyishadi, bahor va kuzda uzun yengli kiyimlar, issiq yozda esa yengi kalta kiyimlar kiyadilar. Qishda esa palto yoki sviter kabi ustki kiyimlarni kiyishadi. Ishxonada yoki muhim oilaviy yig’inlarda koreyaliklar kostyum-shim kiyadilar.

02An’anaviy koreys libosi: “Hanbok”

An’anaviy koreyscha libos “Hanbok” deb ataladi. Ushbu libosda nafis chiziqlar va egri chiziqlar yaxshi uyg‘unlashgan, bu esa hanbokni chiroyli va elegant bo‘lishini ta’minlaydi. Hanbokning turlari juda ko‘p bo‘lib, ular rasmiy yoki norasmiy kiyinish, shuningdek, jins, yosh va mavsumga qarab har xil turlarga bo‘linadi. Asosan, Erkaklar hanboki, asosan, ishton va pidjakdan iborat bo‘lsa, ayollar hanboki yubka va koftadan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari, nimcha, magodja deb ataladigan uzun jaket, rido va hokazolar ham kiyish mumkin.

(1)Erkaklar hanbogini qanday kiyish kerak

Hanbok chogori (koreyacha an’anaviy pidjak) va ishtonini kiying. Ishtonini kiyganda uning kamarini o‘ngdan chapga tomon bog‘lash lozim. Ishton chekkalari daenim bilan bog‘lanadi. Chogorini kiygach, ridolarni mahkamlanadi va chogori ustidan nimcha va magodja kiyiladi. Ko‘chaga chiqqanda yoki boshni egib oldinga egilgan holda hurmat bajo keltirganda durumagi (an’anaviy koreys ustki kiyimi) kiying.

  • 남자 한복

(2)Ayollar hanbogini qanday kiyish kerak

Hanbok ishtoni, koreyacha paypoq va ichki yubkasini kiying va ularning ustidan ustki yubkasini kiying. Ustki yubkani chap tomonga qo’yish lozim. Sokchogori va ustki pidjakni (chogori) kiygach, u orqa tomonga tushib qolmasligi uchun chogorini oldinga torting. Ko‘krak tomondagi chogori tasmalari bir xil uzunlikda qilib bog‘lanadi.

  • 여자 한복
Bu ish “KOGL (Korea Open Government License) 4 -toifa: Manba ko'rsatkichi+Tijorat maqsadlarida foydalanish+O'zgarishlarni taqiqlash” shartiga muvofiq ishlatilishi mumkin.