Danuri aloqa markazi
1577-1366
Oilaviy maslahat uchun telefon raqami
1577-4206
한국생활안내 정보더하기 사이트로 이동

Favqulodli vaziyatda yordam puli

  • Home
  • Ijtimoiy kompensatsiya tizimi
  • Favqulodli vaziyatda yordam puli

Favqulodli vaziyatda yordam puli

Agar Koreya fuqarolari kutilmagan krizis tufayli kun kechirishda muammolarga uchrasalar, kundalik xarajatlar uchun vaqtinchalik yordam olishlari mumkin.
Qonunga koʻra xorijiy millatdagilar ham bu sistema ostida yordam olishlari mumkin.

01Favqulodda ijtimoiy taʼminot nafaqasi soʻrashga haqli chet ellik istiqomat qiluvchilarning malakalari

  1. 1Koreya fuqarosi bilan turmush qurgan chet el fuqarosi
  2. 2Koreya fuqarosi bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan yoki turmush o‘rtog‘i vafot etgan va koreys millatining bevosita avlodiga g‘amxo‘rlik qilayotgan shaxs.
  3. 3『Qochoqlar qonuni』 ning 2-moddasining 3- bandiga binoan qochoq sifatida tan olingan shaxs
  4. 4Bexos yong’in, jinoyat, favqulodda holat tufayli zarar ko’rgan shaxs
  5. 5Bundan tashqari “Sog’liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi”ning vaziri bu shaxsga shoshilinch yordam kerak deb tasdiqlagan quyidagi shaxslar:
    • Bexos falokat tufayli zarar ko’rgan shaxs
    • 『Qochoqlar qonuni』 ning 2-moddasining 3- bandiga binoan gumanitar qochoqlar
    • Adliya vaziri tomonidan tan olingan maxsus hissa qo‘shgan shaxs

02Yordam oluvchilar

Favqulodda ijtimoiy himoya yordami kutilmagan krizis tufayli tirikchilik qilishda qiynalayotganlarni qoʻllab quvvatlashni maqsad qiladi. U quyidagi 9 ta sababdan bittasi tufayli krizisda boʻlgan yoki daromad, mulkka aloqador vaziyatlarga uchragan xoʻjaliklarga eʻtibor qaratadi.

(1)Favqulodda vaziyat holatlari

  1. 1Oila daromadining asosiy qismini ishlab topuvchi shaxsning o‘limi, oilani tashlab ketishi, yo‘qolib qolishi, hibsga olinishi sababli o‘z daromadidan mahrum bo‘lishi.
  2. 2Jiddiy kasallik yoki jarohat
  3. 3Oila boquvchisining oilaga qaramay qo‘yishi, tashlab ketishi yoki oilasiga yomon munosabatda bo‘lishi
  4. 4Oiladagi zo‘ravonlik yoki oila a’zolari tomonidan jinsiy zo‘ravonlik
  5. 5Yong‘in tufayli uy yoki binoda yashab bo‘lmasligi
  6. 6Asosiy daromad oluvchi shaxs yoki qo’shimcha daromad oluvchi shaxsning biznesini to'xtatishi yoki ish joyini yopishi yoki ish joyida yong’in chiqishi natijasida ish yuritishi qiyin bo'lsa.
  7. 7Asosiy daromad oluvchi shaxs yoki qo’shimcha daromad oluvchi shaxsning ishsizligi sababli daromadini yo'qotganda
  8. 8Sog'liqni saqlash vazirligining farmoniga binoan mahalliy hokimiyat qarori bilan belgilangan sabablar ro’y berganda
  9. 9Sog‘liqni saqlash va farovonlik vaziri tomonidan belgilanadigan va xabardor qilingan boshqa holatlarga quyidagilar kiradi: ① Asosiy boquvchi bilan ajralish; ② Kommunal xizmatlarning uzilishi; ③ Axloq tuzatish muassasasidan ozod qilingan; ④ Oilaning qarovsizligi yoki tashlab ketilishi yoki tirikchilik uchun kurash tufayli uysiz qolish; ⑤ "Ko‘r nuqtani" aniqlash, integratsiyalashgan ishni boshqarishga duchor bo‘lgan yoki o‘z joniga qasd qilish xavfi yuqori bo‘lgan guruh yoki tegishli bo‘lim (agentlik) tomonidan yashash uchun kurashayotgan deb tavsiya etilgan shaxslar; ⑥ Boshqa shaxsning jinoyati tufayli uyda yashash yoki uy qurish qiyinligi sababli o‘z turar joyini boshqa joyga ko‘chirayotgan shaxslar

(2)Daromad va mulk bilan bog‘liq standart shartlar

  • Daromad: standart o‘rtacha oylik daromadning 75% dan kam bo‘lishi (2024-yil bo’yicha)
Daromad va mulk bilan bog‘liq standart shartlar
Hajmi 1 kishilik 2 kishilik 3 kishilik 4 kishilik 5 kishilik 6 kishilik
von/oyiga 1,671,334 2,761,957 3,535,992 4,297,434 5,021,801 5,713,777
  • 7 yoki undan ortiq kishili oila uchun oʻrtacha daromad har ortiqcha kishi uchun 672,468 KRWgacha oshadi.
  • Mulk standarti: katta shahar (241,000,000 von), kichik yoki o‘rtacha shahar (152,000,000 von), qishloq joylar (130,000,000 von)
  • Moliyaviy aktivlar mezonlari: Har bir uy xo‘jaligi a'zosi uchun kunlik yashash uchun zarur bo‘lgan miqdorga (yashash uchun zaxira fondi) 6 million KRV dan kamroq qo‘shilgan (ammo uy-joy subsidiyasi uchun har bir oila a’zosi uchun moliyaviy aktivlar miqdoriga 2 million KRV dan kam qo‘shilgan)
금융재산기준 : 가구원수, 1인, 2인, 3인, 4인, 5인, 6인을 포함한 표입니다.
Uy xoʻjaligi aʼzolari soni 1 kishi 2 kishi 3 kishi 4 kishi 5 kishi 6 kishi
Miqdori (ming KRV) 8,228 9,682 10,714 11,729 12,695 13,618

03Ariza berish va ishning olib borilish tartibi

  • Favqulodda vaziyatlar holatlarida yashash joyingiz roʻyxatiga koʻra shahar, gun (graflik), gu (tuman), yoki eup/ myeon/ dong (shaharcha)ngizdagi ijtimoiy himoya markazi, jamoat xizmat ko`rsatish markazi yoki ijtimoiy himoya kengashi markaziga qoʻngʻiroq qiling (☎ 129)
  • Xalq rasmiylari soha tadqiqotini olib boradi, dastlab ijtimoiy yordam bilan taʼminlaydi va keyin yordam mezonlari qoniqarli ekanligi yoki aksini tekshiradi. Agar holat krizisda deb topilmasa, yoki ariza topshiruvchi yodam uchun mos deb topilmasa, ajratilgan pul mablagʻi toʻxtatiladi va butun mablagʻ qaytarilishi talab qilinadi.
  • Agar favqulodda vaziyaltar favqulodda ijtimoiy taʼminot tugallangandan keyin ham yaxshilanmasa, boshqa mamlakatlarning aloqador sistemalari yoki xususiy yuritiladigan ijtiomiy dasturlar manfaatdorlarga tanishtirilishi mumkin.
Tez yordam ko’rsatish tartibi
  • Yordam puli olish haqida so’rov ariz asi
  • Yashash joyi tekshirilib avvalambor yordam puli beriladiShahar, tuman hokimi
    (favqulodda yordam berish bo’yicha mas’ul xodim)
  • Yordam ko’rsatilgandan keyin tekshiriladiOilaviy daromadiva mol-mulki tekshiriladi
  • Maqbul shaxsmi yoki yo’qmi ekanligi tekshiriladi•Favqulodda yordam berish qo’mitasi(aholi birlashmasi)
    •Yordam ko’rsatilgan shaxs maqbul shaxs deb topilmasa yordam berish to’xtatiladi va yordam berilgan pul qaytarib olinadi
  • Keyin boshqa tegishli tashkilotlarga jo’natiladiAsosiy yashash pulini kafolaatlash
    Mavjud bo’lgan tizim/aholi programmasi
Sog’liqni saqlash murojaat ra qami(☎129)
Yordam puli oluvchi
Shahar, tuman hokimi

04Yordam berish turlari(Katta shaharlarda oyiga 4 kishidan iborat oila uchun)

Farovon yashash ehtiyojlari taʼminoti (1,508,600 KRW), uy-joy taʼminoti (662,500), ijtimoiy qulayliklardan foydalanish uchun beriladigan taʼminot (1,494,100 KRW), tibbiy taʼminot (3 million KRW)

  • Boshqa qoʻshimcha taʼminotlar, jumladan, taʼlim toʻlovlari boʻyicha taʼminot, yoqilgʻi xarajatlari (oktabr~mart), farzand koʻrish xarajatlari, dafn marosimi xarajatlari, elektr energiyasi toʻlovini oʻz ichiga oladi.
Favqulodda ijtimoiy himoyani qoʻllab quvvatlash fondi (2024-yil holatiga koʻra)
Turmush darajasi
Oila a'zolarining soni 1 2 3 4 5 6
Beriladigan mablag’
(birlik: von/oyiga)
713,100 1,178,400 1,508,600 1,833,500 2,142,600 2,437,800
  • A’zolar soni 7 kishi oshgan holatda 1 kishi uchun 227,500 von qo’shimcha to’lanadi.
Koreys fuqarosi bilan turmush qurgan edim, va bitta bolamiz bor, lekin tasodifan turmush o’rtog’im olamdan o’tdi. Shu tufayli iqtisodiy tomondan og’ir ahvoldaman, yordam olsam bo’ladimi?

Agar gʻamxoʻrlik qiladigan farzandingiz boʻlsa (koreys millatiga mansub) va yashash ehtiyojlarini qoplashda qiyinchilikka uchrayotgan boʻlsangiz Sogʻlik va ijtimoiy maslahat markazidagi (tel.129) ijtimoiy himoya kengashiga yoki yashash joyingizdagi shahar, gun (graflik) , gu (tuman) jamoat markazlaridan foydalaning.
Favqulodda ijtimoiy yordam uchun murojaat qilishganda masʼul davlat xizmatchisi uyga tashrif buyurib, vaziyatni tekshiradi va kerakli yordamni tezlik bilan aniqlashtiradi. Agar ariza topshiruvchi shoshilinch taʼminotga haqli boʻlsa maʼlum muddatga yordam olishlari mumkin
Agar koreys tilida muloqat qilishda qiyinchilikka uchrasangiz, Turli millatli oilalarni qoʻllab quvvatlash markazining tarjima va tarjimonlik xizmatlaridan foydalanishingiz yoki koreyalik doʻstingizdan yordam olishingiz mumkin. Agar haqli boʻlsangiz asosiy yashashga boʻlgan ehtiyojlar taʼminotini olishingiz mumkin.

Bu ish “KOGL (Korea Open Government License) 4 -toifa: Manba ko'rsatkichi+Tijorat maqsadlarida foydalanish+O'zgarishlarni taqiqlash” shartiga muvofiq ishlatilishi mumkin.