Odatda kundalik hayotimizda ma’muriy boshqaruv tashkilotlari qishloq, shahar ish yuritish idoralari va boshqalar bo’lmish fuqarolik markazi, shahar, tuman, daha idoralari mavjud. Bunday tashkilot idoralari fuqarolarning salomatligi va jamiyat xizmati, jamoatga tegishli yerlarni boshqarish, turli ma’lumotnomalarni berish va fuqarolar arizalarini qabul qilish kabi rasmiyatchilik ishlari bilan shug’ullanadi. Qishloq, shahar ish yuritish idoralari va fuqarolik markazlarida madaniy tadbirlar kabi turli dasturlar aholi uchun tashkil etilib turiladi. Asosan metro bekatlariga o’rnatilgan fuqarolikka oid hujjatlarni berish va arizalarni qabul qilish vazifasini bajaruvchi avtomatik qurilmalar yoki umumiy fuqarolik arizalari portali, fuqarolik arizalari bo’yicha ish olib boruvchi 24 soatli internet saytlari (www.minwon.go.kr) orqali ham olish, topshirish mumkin. Biroq bu barcha turdagi fuqarolikka oid hujjatlarni internet yoki qurilma olish mumkin degani emas. Internet orqali kerakli hujjatni olmoqchi bo’lsangiz albatta yoningizda uni chiqarib beruvchi printer qurilmasi bo’lishi shart. Shuningdek shaxsingizni aniqlashlari uchun qonuniy ruxsatnomangiz bo’lishi shart. Muhim hujjatni olish uchun oldindan bularni aniqlab bilib olgan ma’qul.
Biror firibgarlik yoki buzg’unchilik, tajovuz kabi jinoyatlardan zarar ko’rganda hamda avtohalokat sodir bo’lganda, shuningdek, bunday voqealarning guvohi bo’lib qolganda ☎112 raqamiga xabar qilish yoki atrofdagi militsiya tayanch punktlariga borib aytish lozim. Avtomat telefon orqali xabar qilishda esa, qizil tezkor suhbat tugmachasini bosib ☎112ni terish kerak. Oddiy qo’l telefonlaridan qo’ng’iroq qilganda esa davlat raqamisiz shunchaki ☎112ni bosish kifoya. Jinoyat haqida xabar berishda xabar beruvchi manzili, ismi, telefon raqami va qachon qanday voqea sodir bo’lganini batafsil tushuntirib berishi, jinoyatchining tashqi ko’rinishi va o’ziga xos belgilari, qaysi tomonga qochib ketgani haqida ham aytib bersa katta yordam bo’ladi.
Yong’in sodir bo’lganda yoki kimnidir shoshilinch kasalxonaga olib borish kerak bo’lganda, shu kabi voqealarning guvohi bo’lib qolganda, ☎119 raqamiga xabar berish lozim. Avtomat telefon orqali qo’ng’iroq qilishda qizil rangdagi tezkor xabar tugmachasini bosib, ☎119ni terish, oddiy qo’l telefonidan qilganda esa davlat raqamisiz ☎119 ni terish kerak. Yong’in haqidagi xabarni berishda uyning joylashuvi va manzili, turi va atrofidagi asosiy katta binolar haqida tushuntirish, kimnidir shoshilinch kasalxonaga olib borish kerak bo’lganda esa bemorning holati haqida umumiy ma’lumot berish, 119 yordamchi kuchlari yetib kelgunlaricha maslahat markazi bilan bog’lanib, kutilmagan holatlarning oldini olish uchun maslahatlashib olmoq lozim.
Xat yoki posilka jo’natishda uyingiz atrofida joylashgan pochtaxonalardan foydalanish mumkin. Pochtaxonalar mamlakat hududida pochta yetkazib berish, xalqaro pochtalarni yetkazib berish kabi vazifalarni bajarib, bundan tashqari bankka oid xizmatlarni ham amalga oshiradi. Agarda sizga xalqaro pochta xizmati zarur bo’lsa , chet davlatlarga tezkor pochtalarni yetkazib beruvchi Xalqaro tezkor pochta (EMS)dan foydalanishingiz mumkin.
Oddiy pochta xabari olinadi va 3 kun ichida yetkazib beriladi. Orol yoki tog‘li hududlarda xatning yetib kelishi uzoqroq vaqtni olishi mumkin. Tariflar pochta jo‘natmasining qayerga yetkazilishiga qarab o‘zgaradi. Og‘irligi yoki o‘lchami standartdan oshadigan xat jo‘natilganda, ortiqcha qismga bo‘lgan talablarga mos keladigan to‘lov olinadi.
Turi | Miqdori | Narxi |
---|---|---|
Standart pochta jo’natmalari | 3 g dan 5 g gacha (2 g dan 5 g gacha bo‘lgan otkritkalar) | 400 von |
5g dan 25g gacha | 430 von | |
25g dan 50g gacha | 450 von | |
Nostandart pochat jo’natmalari | 50g gacha | 520 von |
50g dan 1kg gacha | Har 50g ga 120 vondan qo’shilib boriladi | |
1kg dan 2kg gacha | Har 200 g ga 120 vondan qo’shilib boriladi | |
2kg dan 6kg gacha | Har 1 kg ga 400 vondan qo’shilib boriladi |
Pochta jo‘natmalari uchun pochta bo‘limi oynalari, so‘rov bo‘yicha ish joyiga yoki uyga tashrif buyurib, birjadan tashqari jo‘natmalarni shaxsan olish va uyma-uy olib borish xizmatlari mavjud.
Tasniflash | ∼3kg (80㎝) | ∼5kg (100㎝) | ∼7kg (100㎝) | ∼10kg (120㎝) | ∼15kg (120㎝) | ∼20kg (120㎝) | ∼25kg (120㎝) | ∼30kg (160㎝) | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Ertasi kuni etkazib berish | 4,000 | 4,500 | 5,000 | 6,000 | 7,000 | 8,000 | 10,000 | 12,000 | |
Jeju | Ertasi kuni etkazib berish | 6,500 | 7,000 | 7,500 | 8,500 | 9,500 | 10,500 | 12,500 | 14,500 |
+2 kun | 4,000 | 4,500 | 5,000 | 6,000 | 7,000 | 8,000 | 10,000 | 12,000 |
Tasniflash | ∼5kg (80㎝) | ∼10kg (100㎝) | ∼20kg (120㎝) | ∼30kg (160㎝) | |
---|---|---|---|---|---|
Ertasi kuni etkazib berish | 5,000 | 8,000 | 10,000 | 13,000 | |
Jeju | Ertasi kuni etkazib berish | 7,500 | 10,500 | 12,500 | 15,500 |
+2 days | 5,000 | 8,000 | 10,000 | 13,000 |
Xalqaro pochta xizmati posilkalarni aeroport orqali jo’natish, dengiz orqali jo’natish, Xalqaro tezkor pochta (EMS) hamda EMS premium kabi turlarga bo’linadi. EMS odatda xatlar, hujjatlar kabilarni jahonning 99 davlatiga tez va xavfsiz yetkazib berish xizmati sifatida ko’pi bilan 30 kg gacha og’irlikka ega bo’lgan narsalarni jo’nata olish mumkin. EMS orqali jo’natiluvchi xatlar, hujjatlar, kredit qog’ozlari, kitoblar, tezda almashtirilishi kerak bo’lgan shoshilinch narsalar cheki, mahsulot narxi ko’rsatilgan ma’lumotnomalar namunasi, turli buyum kabilardir. Argentina va Bangladesh davlatlariga eng ko’pi bilan 20 kg gacha bo’lgan miqdordagi narsalarni yetkazib berishi mumkin.Shuningdek ba’zi davlatlarga olib kirish taqiqlangan narsalarning belgilangan miqdori mavjud bo’lib, bu haqida oldindan bilib olish lozim.
Pochtani qabul qilib olish, bojxona ruxsatnomasi, jo’natilayotgan pochtaning qaysi yo’l bilan borishi va usuli, davlat tomonidan qonuniy belgilangan pochta narxlari, yetkazib berishga aloqador ma’lumotlar haqidagi batafsil ma’lumotlarni ☎1588-1300 raqamiga qo’ng’iroq qilib so’rash, yoki pochtaxona EMS sayti (ems.epost.go.kr), EMS premium (www.emspremium.com) orqali bilib olish mumkin.
Turi | Ish kuni | Foydalanish vaqti | Istisno | |
---|---|---|---|---|
Pochtaxona bo’limlari | Xalq uchun xizmat | sh kunlari (dush-juma) | 09:00~16:30 | Bayram kunlari foydalanish mumkin emas |
CD/ATM* | sh kunlari (dush-juma) | 09:00~18:00 | Bayram kunlari foydalanish mumkin emas | |
365 kunlik avtomatik qurilmalari | Dam olish kunlarisiz (dush-yak) | (asosan) 07:00~23:30 | Qisman joylarda 05:00~kuniga04:00 (23 soat) |
Kutubxona kitoblar, turli o’qish va bilim olish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plash, o’zida saqlash bilan shug’ullanib tuman aholisining ta’lim olishlari, bir umrlik kerak bo’ladigan bilimlarga ega bo’lishlarida ko’mak beruvchi maskan hisoblanadi. Ko’pchilik shahar, tuman, dahalarda kutubxonalar mavjud bo’lib, u yerda kitob mutolaa qilish yoki ularni olib ketib uyda o’qish ham mumkin bo’lib, bundan tashqari u yerdagi turli bilim olish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlardan foydalana olish ham mumkin. Uyingizga yaqin joylashgan kutubxonalar haqida shahar, tuman, daha idoralaridan bilib olsangiz bo’ladi.