Danuri aloqa markazi
1577-1366
Oilaviy maslahat uchun telefon raqami
1577-4206
한국생활안내 정보더하기 사이트로 이동

Turar-joylar

  • Home
  • Koreya madaniyati va hayoti
  • Turar-joylar

Turar-joylar

01Turar-joy turlari

Koreyada mustaqil (shaxsiy) ko’p xonali uylar, ko’p qavatli binolardagi uylar (apart), ofis va uy-joy tarzidagi uylar (ofistel), zich kichik hajmdagi uylar, to’liq jihozlangan uylar kabi umumiy aholi turar joy maskanlari mavjud. Hozirgi paytda shaharda istiqomat qiluvchilar o’z hayot-tarzlarini yanada qulayroq qilish maqsadida asosan umumiy ko’p qavatli binolarda yashashni afzal ko’radilar. Koreyaliklar uy-joyga egalik qilishlarida katta ma’no bor.
Koreyada turar-joy maskanlari juda ham qimmat bo’lib, chekka viloyatlardagi qishloqlarga qaraganda shahardagi uylarda yashash yanada qimmat turadi.

02Uy sotib olish hamda ijara shartnomasi va boshqalar

(1)Uy sotib olish

Uy sotib olayotganda uning joylashuvi va qaysi tomonga yo’nalganligi (quyosh nuri yaxshi tushadimi yoki yo’qmi), yo’l-transport vositalari tomonidan qulayligi, atrofidagi manzara, muhit va boshqalarga yaxshilab e’tibor bermoqlik lozim. Sotib oladigan uyni tanlab bo’lgandan so’ng, o’sha uyning registratsiya qilish ishlarini hal qilib, sotib olgan kishi nomiga qayd etilganlik haqidagi guvohnoma nusxasini olgandan so’ng, mulkchilik huquqi haqidagi tegishli hujjat, zakolat qog’ozi va boshqa shu ishga tegishli hujjatlarni keyinchalik zarar ko’rmaydigan darajada taxt qilish lozim. Va eng so’nggida uyni sotib olish uchun shartnoma tuzayotgan vaqtda, ortiqcha muammo bo’lmasligi uchun, shartnomaga daxldor kerakli tomonlar bilan batafsil tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.

(2)Umumiy pullik ijara haqida

Bu faqat Koreyadagina duch kelishimiz mumkin bo’lgan o’ziga xos ijara usuli hisoblanadi. Bu usul, uy egasiga belgilangan qiymatni kafolat puli sifatida berib, belgilangan muddat davomida o’sha uyda istiqomat qilgach, shartnoma muddati tugasa berilgan kafolat pulini to’liq tarzda qaytarib olishdir. Shuningdek, ijarachi uyni butunlay, yoki qaysidir qismi(bir qavati, shuningdek 1 yoki 2 xonasini) ijaraga olishi ham mumkin. Uni to’liqligicha ijaraga olgan holatlarda, kafolat puli sifatida ijara beruvchiga uyning 40%dan 80%gacha bo’lgan qiymatini to’lash lozim. Bunday umumiy pullik ijara shartnomasi 2 yildan ortiq (ofistellar esa odatda 1 yildan ortiq) muddatga tuzilib, uy egasi ijaraga turuvchi shaxs xohishiga nomutanosib tarzda belgilangan 2 yil ichida shartnomani buzishga hech qanday huquqqa ega bo’lmaydi. Shuningdek, uy egasi bilan tuzilgan shartnomada yashash muddati 1 yil ko’rsatilgan bo’lsayu, ijaraga turuvchi shaxs xohlasa 2 yil muddatga uzaytirib, o’sha uyda yashashda davom etishi ham mumkin.

(3)Yarim pullik ijara haqi tartibi

Uy-joy bozori turg’unligi kengaygandan kengayib, bankka omonatga pul qo’yish holatlari ko’payib, ijarachilarning umumiy pullik ijara haqi o’rniga pul miqdorini kafolat puli va oylik to’lov puli shaklida bo’lib, har oy oylik to’lovni qabul qilib oluvchi kirim shaklidagi ko’chmas mulkka almashtirish holatlari shu kunlarda Koreyada urfga aylanmoqda.Hozirda har 10 ta uydan 3 tasi aynan mana shunday yarim pullik ijara shaklida ijaraga olinmoqda. Shuningdek, shu kunlarda ko’tarilib borayotgan umumiy ijara puli narxini butunlay oylik to’lov narxiga almashtirib (odatda bankka qo’yilgan pul umimiy miqdorining 2%i) ijarachilardan oylik to’lov tarzida pulni olish yanada keng tarqalmoqda. Masalan, 2 yilda umumiy ijara puli 3 milliondan 4 millionga oshgan taqdirda, ko’tarilgan 1 million miqdoridagi summani oylik to’lov summasiga almashtirilib, kafolat puli 3 million von, oylik to’lov puli esa 400.000- 600.000 vongacha yetmoqda.

“Umumiy ijara kafolat puli”ni kafolat pulini qaytib olish sug’urtasi

Umumiy kafolat pulini qaytib olomaydigan holatni oldini olish uchun, “Turar uy-joy ta’minoti tashkiloti(HUG, www.khug.or.kr)ga “Umumiy ijara kafolat puli qaytib olish sug’urtasi”ga a’zo bo’lishingiz mumkin.

(4)Oylik ijara to’lovi

Belgilangan summani kafolat puli sifatida oldindan to’lab, har oy foydalaniladigan miqdordagi belgilangan summani ijara beruvchi nomiga o’tkazish usuli hisoblanadi. Bunday vaziyatda, ijaraga olinayotgan uy va uning ichidagi shart-sharoit bir xil-u, umumiy pullik ijara to’loviga qaraganda bu oylik to’lov tartibidagi uyning kafolat puli ancha arzon turadi. Shartnoma tuzishda, uy egasi bilan maslahatlashib yaxshilab kelishilsa ba’zan kafolat puli hamda oylik to’lov puli miqdorini o’zgartirish ham mumkin. Kafolat puli miqdori oshsa, oylik to’lov miqdori kamayadi, yoki aksincha kafolat puli miqdori kamaysa, oylik to’lov miqdori oshadi. Oylik to’lov miqdori xonaning kengligi, soni, ichidagi jihozlariga ko’ra biroz farq qiladi.
Umumiy pullik ijara yoki oylik to’lov ijara shartnomasi kommunal to’lovlar (elektr, suv, gaz, telefon, internetdan foydalanish, televizor kanallarini qabul qilish va boshqalar)ni o’z ichiga olmaydi. Buni ijaraga olgan shaxs qancha ulardan qancha miqdorda foydalanganligiga qarab, o’zi to’lamog’I shart. Mebel va oshxona jihozlarini ham shartnoma o’z ichiga olmaydi va shu sababdan ijarachi o’zi bilan ularni olib kelishi lozim. Biroq ba’zan ofistel yoki zich kichik uylarda muzlatgich yoki kir yuvish mashinasi, shunga o’xshagan narsalar birga ijaraga berilishi hollari ham uchrab turadi.

Belgilangan qiymatdagi qisqa muddat pullik ijara haqi tartibi

Mamlakat hududida istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari yoki turli millat vakillari oilalariga uyni ijaraga berishning bunday tartibi “kalse” deya nomlanib, odatda 1-3 yillik ijara haqini biryo’la oldindan to’lashni talab qiladigan uy egalari ham uchrab turadi. (Chejudo viloyatida azaldan ijara pulini 1 yillik miqdorida bunday tarzda oldindan olish hollari mavjud

(5)Yotoqxona

Yotoqxona deganda firma yoki o’qish muassasalaridan tayyorlab beriladigan tunash joylari nazarda tutiladi. Chet ellik kapital ishlarga ajratilgan texnolog stajyorlar(D-3) va ishga olinganda kirish ruxsatnomasi orqali nomutaxassis ish olib boruvchilar(E-9) vizalari orqali Koreya hududiga kirib kelgan ishchilarga firma tomonidan yotoqxona berilishi ham mumkin, lekin bu degani firma bunday majburiyatni bo’yniga olishi kerak degani emas.

(6)Uy izlashda bilish kerak bo’lgan narsalar

Koreyada uy izlash usullarining har xil yo’llari mavjud. Ko’chalardagi ustunlarga yopishtirilgan shu mavzudagi e’lonlar orqali uyni bevosita izlab borish yo’li ham bor-u, biroq eng yaxshi va ishonchli yo’li bu ko’chmas mulk agentliklaridan foydalanishdir. Bunday ko’chmas mulk agentliklari uy izlayotgan shaxs bilishni xohlagan barcha uy haqidagi ma’lumotlarni aniqlab ham berib, shartnoma tuzish vaqtida shartnoma uchun kerakli bo’lgan hujjatlarni ham oldindan tayyorlab berib, qonun yuzasidan tug’ilishi mumkin bo’lgan muammolarni ham bartaraf qilib beradi. Agentlik yordamida uyni ijaraga olgan holatlarda, uyning narxiga ko’ra qonunan belgilangan miqdordagi xizmat haqini to’lash lozim bo’ladi. Internet orqali o’sha vaqtdagi o’rtacha belgilangan uy narxlarini oldindan bilib olib, agentlik bilan savdolashilsa uy narxini biroz arzonroq qilib berishi ham mumkin.

  • Hozirgi kunda ko’chmas mulk agentligi xizmat haqi miqdori tarifi belgilab qo’yilgan. Agarda belgilangan miqdordan ortiq xizmat haqi talab qilinadigan vaziyatda, shahar, , tuman, va dahalarda ta’sis etilgan noqonuniy harakatlarda ayblov markazlariga xabar berish lozim.

(7)Shartnoma

Shartnoma

Shartnoma tuzuvchi tomon
Shartnoma uy egasi bilan bevosita tuzilishi lozim. Shartnomada yashash muddati, kafolat puli qiymati, oylik to’lov puli qiymati va boshqalar ko’rsatiladi. Biroq ba’zan uy egasi bilan bevosita shartnoma tuzmasdan, o’sha uyda ijaraga turuvchi shaxs bilan kelishib, o’sha shaxsga kafolat pulini berish holatlari uchrab turadi. Bunday vaziyatda, agarda uyning haqiqiy egasi o’sha tuzilgan shartnomani tan olmasa, ijarachi to’lagan kafolat pulini aslo qaytarib ola olmaydi.
Shuning uchun, o’sha uyda yashovchi ijarachi bilan shartnomani tuzayotganda o’sha uyning haqiqiy egasi kimligini aniqlab, uy egasi tomonida tasdiqlangan hujjatlar(uy egasining shaxsiy muhri bosilgan hujjat va vakolat qog’ozi)ni olgachgina, shartnomani tuzish lozim. Registratsiya nusxasini ko’rsangiz, uyning asl egasi kimligini bilishingiz mumkin-u, lekin internet orqali ham buni aniqlash mumkin. Nusxada shartnomadagi ko’rsatilgan miqdor, balans, pul kiritish haqidagi ma’lumotlar bilan pulni to’lashdan oldin yaxshilab o’qib aniqlab olish kerak.

Registratsiya nusxasi

Shartnoma tuzishdan oldin registratsiya nusxasini yaxshilab ko’zdan kechirish, uyni o’zini ko’zdan kechirishdan ham ko’ra muhim hisoblanadi. Registratsiya nusxasini ko’rsangiz, unda uy egasining ism-sharifi, yashash manzili, uyning kattalik hajmi hamda tuzilishi, uy egasining boshqalardan qarzi bor yoki yo’qligi, shu kabi ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’ladi. Registratsiya nusxasini ro’yxatga olish idorasiga bormasdan turib ham, internet (www.iros.go.kr, Oliy sud Internet registratsiyasi) orqali osongina olish mumkin. Bu haqida yaxshi bilmaydigan kishilar, yon-atrofidagi koreys hamkasblaridan shu masala bo’yicha iltimos qilganlari ma’qul.

To’lov qiymati va usuli

Shartnoma qiymati necha pulga tushishi qonunan belgilanmagan bo’lsa-da, umuman olganda kafolat pulining 10%ni tashkil qilishi mumkin. Kafolat puli 2.000.000vonlik xona bo’lsa, shartnoma narxi 200.000von bo’ladi. Qolgan 1.800.000vondan bir qismi uyga ko’chib keladigan aniq sanani belgilab to’langach, qolgani esa, ko’chib kelinadigan kuni to’lanadi. Ko’chib kiradigan kun umumiy summani biryo’la to’laydigan holatlar ham ko’p uchraydi. Bunday vaziyatda pulni to’laganlikni tasdiqlovchi chekni olib, saqlab qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Shartnomada albatta ko’rsatilishi kerak bo’lgan narsalar
  • Uyning aniq manzili (registratsiya nusxasida ko’rsatilgan manzil va shartnomada ko’rsatilgan manzil bir-biriga mos kelishi kerak)
  • Shartnoma umumiy qiymati (kafolat puli va oylik to’lov qiymati)
  • Shartnoma narxi, belgilangan summa, balans summasi va to’lov muddati (shartnoma narxi sifatida agentlikka kafolat pulining 10%i qiymatidagi narxni to’lash lozim)
  • Shartnoma muddati
  • Uy egasi va uyni ijaraga oluvchi shaxsning imzosi hamda bevosita barmoq muhri

(8)Shartnoma muddatining tugashi hamda kafolat pulini qaytarib olish haqida

Shartnoma muddati hali nihoyasiga yetmasdan turib, ko’chib ketish zaruriyati paydo bo’ladigan holatlar ko’p uchrab turadi. Bunday vaziyatlarda uy egasi garov pulini qaytarib berib, qolgan shartnomada ko’rsatilgan muddat tugagunicha oylik to’lovni ajratib olishi mumkin.
Masalan kafolatga berilgan pul 2.000.000 von, oylik ijara haqi esa 150.000 von bo’lgan uyda yashab, shartnoma tugashiga hali 3 oy qolganda vaziyatda boshqa joyga ko’chishga to’g’ri keldi deylik. Tezda yangi ijarachi topilsa ko’chib ketayotgan kishi uchun hech qanday muammo bo’lmaydi, biroq unday odam topilmasa uy egasi kafolat pulidan qolgan 3 oy uchun 450.000 von (150.000 von : 3 oy)ni o’ziga olib, 1.550.000 vonnigina qaytarib bersa buni qonunga zid deya olmaymiz. Lekin shartnoma muddati tugab, tugashdan bir oy oldin uy egasiga ko’chib ketishi haqida oldindan xabar bergan bo’lsa-yu, uy egasi yangi ijarachi hali topilmaganligi haqidagi bahona bilan kafolat pulini qaytarib bermasa bu qonunga zid hisoblanadi. Bunday vaziyatda, ijarachi o’z huquqidan foydalanib sudga da’vo qilishi va sud hukmi orqaligina pulini qaytarib ola olishi mumkin. Ammo ijarachi sudga da’vo qilmoqchi bo’lsa-yu, qanday rasmiyatchiliklarni amalga oshirishi kerakligi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lmasa, oldin qonun bo’yicha maslahat markaziga ( www.klac.or.kr ) borib, u yerdan o’ziga kerakli ma’lumotlar haqida maslahatlashib olgani ma’qul.

Shartnoma muddati tugashidan bir oy oldin aniq qilish kerak bo’lgan ish

Uy egasiga shartnoma muddatini uzaytirmoqchi ekanligingiz, yoki aksincha ko’chib ketishingiz haqida oldindan aytib qo’ymoq lozim. Agarda shu tarzda xabar berilmasa, shartnoma muddati avtomatik ravishda uzaytiriladi. Ko’pchilik bundan bexabar bo’lganligi sababli, katta zarar ko’rayotganligini unutmaslik lozim.

Qulay ko’chmas mulk agentligi bilan bevosita munosabat o’rnatishning ijobiy va salbiy tomonlari
Agentlik bilan kelishib ish qilingan holda bilish kerak bo’lgan narsalar

Xarajatlarni ozgina bo’lsa ham kamaytirish maqsadida ko’chmas mulk yordamidan voz kechadigan turli millat oilalari oramizda ba’zan uchrab turadi. Biroq xarajatlar kamaygani bilan, bunday harakatning xavfli tomonlari ham borligini unutmaslik lozim. Odatda uy-joy bozoriga uy izlayotgani haqidagi xabarni qo’yuvchi shaxs o’z manzili va telefon raqamidan iborat shaxsiy ma’lumotlarini ham aytib o’tishi lozim bo’ladi. Biroq yolg’iz yashovchi xotin-qizlar o’zlari haqidagi ma’lumotlarni aytmaganlari ma’qul. Chunki ijara izlayotgan shaxs bilan uyini ijaraga berish haqida kelishish uchun tashrif buyuradigan shaxs agarda ko’chmas mulk agentligi agenti bilan birga kelmasa, ijarachi kutilmagan noxushlik, hattoki jinoyatga duch kelishi mumkin.
Ko’chmas mulk agentligi yordami orqali faoliyat olib borilganda, agentlik vakili uyning kamchiliki bor yo’qligini ijarachiga tushuntirib beradi. Biroq ijarachi yolg’iz faoliyat olib borsa, shaxsan o’zi bunday narsalarni aniqlashiga to’g’ri keladi. Uyning jihozlari yoki tugatilgan ta’mirlash ishlarida hech qanday muammo yo’qligini yaxshilab ko’rib chiqish kerak. Uyni ijarachi bevosita o’zi topgan taqdirda ham, taxminan 100.000 von miqdorida xarajat qilib, dallolga shartnoma tuzishda yordam berishini topshirishi ham mumkin. Biroq, bu ishni ko’chmas mulk agentliklari emas, belgilangan mustaqil xizmatdan foydalanish orqali oshirilgani sababli, dallol oldi berdi haqidagi barcha majburiyatni o’z bo’yniga olmaydigan tomonini ham e’tiborga olib qo’ymoq lozim.

Uy izlashda to’g’ridan to’g’ri kelishuvga qaraganda xavfsizroq bo’lgan agentlik xizmatidan foydalanish

2009 yilda 50talarcha bo’lgan bevosita kelishuv kafelari soni hozirda 100tadan oshib, ularning a’zolari soni 110ming kishidan oshadi. Ko’chmas mulk agentliklari ko’payganiga qaramay, bunday kafelar ulardan 2 barobar ortiqdir. Ko’chmas mulk bilan shug’ullanish bozorida kafe va bevosita kelishuv saytlari internet orqali ma’lumotlar berilgan xabarlar soni o’rtacha hisobda 100.000tadan oshayotganini ko’rishimiz mumkin. Umumiy pullik ijara va oylik to’lov ijara haqiga asoslangan uylarni internetda qidirib topishning ommalashganining sababi internet orqali topa olish mumkin bo’lgan uy haqidagi to’liq ma’lumotlarga ega ekanligidir. Avvallari internet ko’chmas mulk agentliklari bevosita kelishuv saytlarida asosan ofistel yoki bir xonali uylar haqida e’lon berib borishgan. Ulardan foydalanuvchilarning ko’pchiligi talaba o’quvchilar yoki yolg’iz yashovchi ishchilar bo’lishgan. Lekin, hozirgi kunda to’liq jihozlangan uylar, katta hovlilar, ko’p qavatli binolardagi uylar kabi xonalar soni 2-3 taga yetuvchi umumiy va oylik ijara to’lovli uylar bilan birgalikda, shaharga monand uylar, savdo markazlari, ofis kabilarni ijaraga olishda ham bevosita kelishuv amalga oshish holatlari oshib bormoqda.
Biroq xarajatlarni tejash yoki qulayliklarni qidirish uchun ko’chmas mulkni ijaraga olishda bevosita kelishuvda shartnoma tuzish tajribasi yoki bunday oldi berdilardan yaxshi xabari bo’lmagan kishilar ga xavf tug’ilishi mumkin bo’lganligi sababli, yaxshisi ko’chmas mulk agentliklari orqali ish olib borganliklari ma’qul. Sababi, kim oshdi savdosiga qo’yilishi kutilayotgan uy umumiy ijara haqi ko’rinishida bozorga qo’yilgan bo’lsayu, ijarachi bevosita kelishuv orqali yana umumiy ijara pulini to’lab qo’yishi usuli (ikki tomonlama shartnoma) orqali umumiy ijara haqidan foydalanish kabi zarar ko’rish holatlari tez –tez sodir bo’lmoqda.
Asosan, umumiy va oylik ijara haqi to’lovli bevosita kelishuvda rsmiy ko’chmas mulk agentligi aralashuvisiz, to’g’ridan to’g’ri oldi berdidan manfaatdor shaxs shartnoma tuzishidan ehtiyot bo’linmasa, katta inqirozga yuz tutish ham mumkin. Bunday jabrlanuvchilarning ko’pchiligi asosan o’smirlar yoki, ko’chmas mulk agentligi shartnomasi talabiga mos kelmaydigan shaxslarni tashkil etadi. Internet ochiq bozorida odatiy hol bo’lsada, ko’chmas mulk oldi berdisi haqida bilimga ega bo’lmagan holda, bevosita kelishuv orqali o’zini uy egasi deya yolg’on ma’lumot beruvchi shaxslar bilan shartnoma tuzish holatlari ham uchrab turadi. Shuningdek, bunday bo’lmagan taqdirda ham uydan shartnoma muddati tugab ko’chib ketish mahali turli kamchiliklar, uyni ta’mirlash masalasida qiyinchilikka duch kelish mumkin. Yana, aniq narx kursini bilmay turib, umumiy pullik ijara haqi to’lovini amalga oshirganda, narx kursidan ortiq miqdordagi pulga shartnoma tuzish holatlari ham yo’q emas. Shuning uchun, ikki tomonlama shartnoma tufayli zarar ko’rish holatlariga duch kelmaslik uchun xavfsiz bo’lgan ko’chmas mulk agentliklari xizmatidan foydalanish kerak. Agentlikdan foydalanishning yana bir ijobiy tomoni mavjud. Xarajatlarning ko’payishidan qochib, bevosita kelishuv orqali uyni ijaraga olaman deb, so’nggida aksincha noxushlik yuz berib, vaqt va pul yanada ko’proq sarf bo’lishi mumkinligini yodda saqlamoq lozim.

03Uy-joy masalasida yordam berish

Turli millat vakillari oilalarini uy-joy bilan maxsus ta’minlashni bunday oilalarning turar joyini tayyorlashda qo’llab-quvvatlash uchun oddiy kishilar va shartnoma tuzishsiz uy-joy taqsimlash agentliklaridan yordam olish tizimidir.

(1) Ariza berish huquqi

  • “Multi-madaniyatli oilalarni qo’llab quvvatlash haqidagi qonuni” ning 2-moddasiga ko’ra shunday oilalar a’zosi sifatida umr yo’ldoshi bilan 3 yildan ortiq muddatda birga yashab kelayotgan bo’lishi shart.
  • Talabgordan tashqari oilaning boshqa a’zolari ham boshpanasiz bo’lishi shart.
  • Maxsus bank hisobini ochib, 6 oydan so’ng har oy belgilangan to’lov kuni oylik to’lovni kamida 6 marta amalga oshirishi lozim.

(2)Ariza berish usuli

  • Talab qilmoqchi bo’lgan uyning ijarachi olish haqidagi dasturiga ko’ra tegishli tijorat tashkilotiga ariza berish kerak.
  • Ijarachi izlayotganlik haqidagi e’lonni kunlik gazetalar, yuridik tashkilotlar (shahar, tuman, daha) saytlari, ko’p qavatli binolardagi uylar sayti (www.applyhome.co.kr) va boshqalar orqali aniqlash mumkin.
Uy-joyni sotib olish tizimi bu?

Barcha uylarda elektr energiyasi tufayli sodir bo’ladigan yong’inning oldini oluvchi elektrni avtomatik o’chirish apparati xavfsizlik qurilmasi mavjud. Elektrdan haddan ortiq ko’p miqdorda foydalanish yoki elektr uzatishda muammo paydo bo’lsa, switch avtomatik ravishda tushib elektr uzatish avtomatik tarzda o’chadi. Bu qurilma yaxshi ishlamasa, xavfli holatlar yuzaga kelishi mumkin bo’lib, yangi uyni ijaraga olishda xonadagi ushbu qurilma yaxshi ishlayotganiga ishonch hosil qilish lozim. Buning yo’li juda oson. Apparatning tekshiruv tugmasi (qizil tugma. Elektrdan foydalanish yashil tugma)ni bosib ko’rish kifoya. Switch pastga tushsa hammasi joyida, unday bo’lmasa qurilma buzilgan hisoblanadi.

04Elektr quvvatidan foydalanish

(1) Elektr quvvati 220 Volt

Koreya elektr kondensorining elektr quvvati asosan 220 Voltni tashkil qiladi. Agarda elektr uskunasi 110 Voltda ishlaydigan turidan bo’lsa, kondensorni 220 Voltdan 110 Voltga to’g’rilab beruvchi transformator kerak bo’ladi

  • 트랜스
    < transformator >

(2)Avtomatik xavfsizlik qurilmasi

Barcha uylarda elektr energiyasi tufayli sodir bo’ladigan yong’inning oldini oluvchi elektrni avtomatik o’chirish apparati xavfsizlik qurilmasi mavjud. Elektrdan haddan ortiq ko’p miqdorda foydalanish yoki elektr uzatishda muammo paydo bo’lsa, switch avtomatik ravishda tushib elektr uzatish avtomatik tarzda o’chadi. Bu qurilma yaxshi ishlamasa, xavfli holatlar yuzaga kelishi mumkin bo’lib, yangi uyni ijaraga olishda xonadagi ushbu qurilma yaxshi ishlayotganiga ishonch hosil qilish lozim. Buning yo’li juda oson. Apparatning tekshiruv tugmasi (qizil tugma. Elektrdan foydalanish yashil tugma)ni bosib ko’rish kifoya. Switch pastga tushsa hammasi joyida, unday bo’lmasa qurilma buzilgan hisoblanadi.

  • 누전차단기
    < Avtomatik xavfsizlik qurilmasi >

05Suvdan foydalanish

Qish mavsumida suv quvurlari muzlab suvdan foydalana olmay qolish holatlari tez-tez uchrab turadi. Buning oldini olish uchun esa e’tibor berishimiz kerak bo’lgan tomoni bor.

  • Suv hisoblagichni saqlash qutisidan suv chiqib ketayotgani yoki yo’qligi hamda sterillanayotganini aniqlash lozim. Biron nuqson sezilsa darhol chora ko’rish kerak.
  • Koridorlarga ega bo’lgan ko’p qavatli uy yoki villalarda devorning tashqi tomoniga o’rnatilgan suv hisoblash qurilmasi qutisi tashqi tomon himoya tizimiga sellofanni yopishtirish yoki shu kabi yordamchi vositalardan foydalanish kabi choralarni ko’rib, uydan biroz muddatga chiqib ketish yoki bunday vaziyatda suvdan foydalanmaslik yoki undan juda kam miqdorda ochib foydalanish orqali qoshdan chiqish mumkin bo’ladi.
  • Shuningdek, suv hisoblagich qurilmasi muzlab qolsa, avvalo iliq suvda eritishni boshlab, sekin-asta issiq suvdan foydalanib eritilsagina, qurilmaning portlashini oldini olgan bo’lamiz.

06Gazdan foydalanish

(1)Oshxona gazi (propan, shahar gaz tarmog'i)

Gazdan odatda quvurdagi oraliq burash moslamasini ochib olov yoqqan holda ishlatiladi. Foydalanib bo’linganidan so’ng albatta quvurdagi oraliq burash moslamasi yopib qo’yiladi. Gaz chiqmayotganligini tekshirish uchun oshxona uchun maxsus suyuqlikni suv bilan 1:1ga nisbatda aralashtirib quvurlarning o’zaro bog’langan qismiga suriladi. Hech qanday ta’sir kuzatilmasa muammo yo’qligini bildirib, aksincha ko’pik paydo bo’lsa gaz chiqayotganligidan darak beradi va shu zahoti ta’mirlash talab etiladi. Shahar gaz ta’minot bo’limi tomonidan iste’molchining xonadoniga har 6 oyda bir marotaba xavfsizlik maqsadida tekshiruv ishlari amalga oshiriladi. ( iste’mol ko’rsatkichini esa har oyda). Bunday holatda iloji boricha uyda bo’lib, nazorat-tekshiruv ishlarida qatnashish maqsadga muvofiqdir.

  • 취사용 가스 사용의 예
    < Oshxona gazidan foydalanishga misol >

(2)Butan gaz

Qo’lbola ko’chma gaz boloniga butan gazi solinib foydalaniladi. Gazni bolonga noto’g’ri solish oqibatida gaz chiqib ketishi hollari ko’p bo’lib, asosan olov kam o’t olganda, yoki bo’lmasa gaz hidi chiqqanda ehtiyot bo’lmoqlik lozim. Ishlatib bo’lingan butan gaz idishini chiqindiga tashlayotganda havo yaxshi aylanayotgan ochiq havoga chiqib mix yoki uchqur narsa bilan idishni teshgach qayta ishlash chiqindi idishiga tashlash maqsadga muvofiqdir.

  • 부탄가스버너
    < butan gaz baloni >
  • 부탄가스
    < butan gaz >

(3)Gaz hodisalari oldini olish

Gaz tufayli sodir bo’ladigan noxushliklarning ko’pchiligi asosan gaz uskunalaridan foydalanishda beparvolikka yo’l qo’yish oqibatida yuzaga keladi. Ulardan eng ko’p uchraydigani gazdan bo’g’ilish hamda gaz portlashidir. Tekshiruv natijasida quvurdan gazning chiqib ketayotgani aniqlansa quyidagicha harakat qilmoq kerak

  • Gaz xavfsizlik klapanini yoping.
  • Deraza va eshiklarni ochib uyni havosini almashtiring.
  • Elektr chaqnashi tufayli portlash sodir bo’lish ehtimoli bo’lgan elektr asboblaridan vaqtincha foydalanmang.
  • Tabiiy gaz idorasiga xabar berib, tekshiruvdan o’tkazing.
  • 가스 새는 것을 확인할 수 있는 비누 거품 바르기
    < Gaz chiqib ketayotganini aniqlay oladigan sovun ko’pigini surtish tajribasi >

07Isitish tizimi

Ko’pchilik xonadonlarda o’rnatilgan odatiy isitish tizimi orqali polning ostida issiq suv quvuri o’rnatilib qaynoq suv aylanishi ta’minlangan holda kundalik hayotda kerak bo’ladigan issiq suv yetkazib beriladi.

(1)Qaynatgich (boiler)

Ko’mir bilan ishlaydigan ko’mir boiler, yoqilg’i bilan ishlaydigan yoq’ilg’i boiler, LPG gazidan foydalanib ishlovchi gaz boiler, shahar gazidan foydalanib ishlaydigan shahar gazi boiler kabi turlari mavjud. Ko’mir boiler boshqalariga qaraganda ancha arzon tushadi, lekin ko’mirni vaqti-vaqti bilan solib, undan xabar olib turish zarurligi uchun biroz noqulayliklar tug’diradi. Yoqilg’i bilan ishlovchi boiler va LPG gaz boiler ko’p xarajat talab qilib, yoqilg’i va gaz tugab qolsa ularga har safar buyurtma berish kabi salbiy tomoni mavjud. Eng yaxshisi va qulayi shahar gazi boileri hisoblanadi. Shahar gazi quvurlar orqali doimiy ta’minlab turilib, oshxonada va xonani isitishda bemalol foydalanish mumkin. Shuningdek narxi ham ancha arzon turadi. Shuning uchun uyni ijaraga olayotganda uyga shahar gazi ulanganligini aniqlab olgan yaxshi. Shahar gazi ulangan uylarda oylik to’lov puli qimmat bo’lsa ham xona isitish xarajatini tejay olish mumkinligi uchun bunday boilerdan foydalanish juda foydalidir

(2)Elektr uy isitish tizimi- elektr linoleum

Bunday uy isitish tizimi turlari asosan xonalarni isitishda qo’l keladi. Biroq katta miqdordagi elektr to’lovi hamda elektr maseri ko’p chiqqanligi bois tejab ishlatgan ma’qul. Ulardan tinimsiz foydalanilsa, yong’in xavfi tug’ilishi mumkin bo’lib, bunga ehtiyot bo’lish lozim.

(3)Gazli uy isitish tizimi

Bu tizimdan xona ichini isitishda ko’p foydalanilsada, biroq uxlashga yotganda ehtiyotkor bo’lish lozim. Gaz isitgichni yoqib qo’yib, uxlasa, kislorod yetishmasligi tufayli biron baxtsizlik sodir bo’lishi ham mumkin. Shu sababdan xonani tez-tez shamollatib turishni unutmaslik kerak.

08Aloqa

(1)Statsionar telefon

Statsionar telefon ulatishga ariza berish uchun istalgan joydan 100(KT), 106(SK brendi) raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin. Go’shakni olib ushbu raqamni tersangiz ma’lumotlar markaziga bog’lanasiz. Telefon haqi har oy bankdagi hisob raqamingizdan avtomatik yechib olinadi yoki internet orqali (www.giro.or.kr ☎1577-5500) to’lovni amalga oshirish mumkin.

  • SK brendi : Kodsiz 106 raqamiga qo’ng’iroq qilsangiz koreys tilida ma’lumot olishingiz mumkin, undan keyin xitoy va ingliz tilida so’zlashuvchi maslahat beruvchi xodimga ulab berishadi.
  • KT bredni : Kodsiz 100 raqamiga qo’ng’iroq qilsangiz koreys tilida ma’lumot olishingiz mumkin, kodsiz ☎1588- 8448 KT chet elliklar ma’lumot markazida esa ingliz, xitoy va yapon tillarida maslahat olishingiz mumkin.

(2)Uyali telefonidan foydalanish tartibi

Ko’pchilik chet elliklar uyali telefonni to’g’ridan to’g’ri sotib ola olmaganliklari tufayli, naqd pulga birdan sotib olishlarigina mumkin.Shuningdek mamlakat hududida yashayotgan chet ellik ID kartasi bor shaxs o’z nomiga qo’l telefoni sotib olishi mumkin, lekin hujjati bo’lmagan shaxslar bunday qila olmaydilar.

Asosiy telefon kompaniyalari

Bunday vaziyatda, “Kadafon” nomli oldindan pul solib ishlatiladigan telefondan foydalaniladi. Pul solingan kartochkani oldindan sotib olib, telefonga kartochka raqamini tersangiz, o’sha narxga yarasha suhbat qila olishingiz mumkin. Oddiy telefonlar bilan farqli ravishda, a’zo bo’lish va qo’shimcha xizmatlar to’lovlari bo’lmasada, bunday kartochkalar orqali suhbatlashish biroz qimmatroq. Undan doimiy foydalanish uchun har oy 10.000von miqdoridagi summani tashlab turish kerak va summaga yetarlicha suhbatlashmagan bo’lsangiz ham, keyingi oy boshida hisobingizdan pul o’z o’zidan yo’qoladi. Telefon narxlari mahsulot turiga ko’ra har xil. Chet ellik ishchilar ishlovchi zavod atrofidagi do’kon, oziq-ovqat do’koni, pochtaxona (Sotuvlarning mavjudligi mintaqaga qarab farq qiladi. So‘rovlar ☎1588-1300 orqali talab qilinadi), telefon kompaniyalari do’konlaridan bunday kartochka va telefonlarni sotib olish mumkin.

Yodda tuting!
Reklama qo’ng’irog’i/ Reklama xabari

Telefondan foydalanishingiz davomida, turli xil reklama qo'ng’iroqlari va sms xabarlari kelishiga guvoh bo’lasiz. Biroq sizga kerakli reklama bo’lmasa, unda ularni e’tiborsiz qoldirgan yaxshi. Qiziquvchanlik bilan qo’ng’iroq qilib, kutilmagan moddiy zarar ko’rishingiz yoki biron noxushlikka duch kelishingiz mumkin. Asosan kattalar uchun beriladigan reklama qo'ng’iroq va smslardan ehtiyot bo’lmay, javob berib, katta zarar ko’rishingiz ham mumkin.

Koreya ichida viloyat raqamlari asosan 17 taga bo’linadi.

Bitta viloyatda turib faqat telefon raqaminigina terish mumkin, lekin boshqa viloyatga qo’ng’iroq qilishda o’sha viloyat raqamini oldin terib, keyin telefon raqamini terish lozim. Masalan Seuldan Seulga qilishda shunchaki telefon raqamining o’zini terish mumkin, lekin, Seuldan Pusanga qo'ng’iroq qilsangiz, oldin Pusanning 051 viloyat raqamini, keyin telefon raqamini terish lozim.

지역번호 표 : 지역, 번호를 포함한 표입니다.
Viloyat Raqami Viloyat Raqami Viloyat Raqami Viloyat Raqami
Seul 02 Tejon 042 Chongbuk 043 Kyongnam 055
Pusan 051 Ulsan 052 Chungnam 041 Cheju 064
Tegu 053 Sejong 044 Chonbuk 063
Inchon 032 Kyonggi 031 Chonnam 061
Gvangju 062 Kangvon 033 Kyongbuk 054

(3)Avtomat telefonlar

Avtomat telefonlardan foydalanmoqchi bo’lsangiz, tanga yoki kartochka kerak bo’ladi. Vaqtini to’g’ri tanlasangiz, xalqaro telefondan ham arzongina foydalanishingiz mumkin. Shahar ichida qo’ng’iroq narxlari 180 sekundga 70 von bo’lib, oddiy telefon narxlari 38 sekundga 70 vondir.

  • 공중전화(카드전화)
    < Avtomat telefon(kartochka) >
  • 공중전화(IC카드 및 동전 이용)
    < Avtomat telefon (kartochka va tangadan foydalanish) >

(4)Tezkor va shoshilinch qo’ng’iroqlar hamda signal qoldirish

Barcha avtomat telefonlarida shoshilinch vaziyatlarda foydalanish mumkin bo’lgan qizil tugmacha bor. Kartochka yoki tanga bo’lmasa ham tugmachani bossangiz jinoyat xabari yoki yong’in xabarini yetkazishingiz mumkin. Quyida albatta yodda saqlash lozim bo’lgan shoshilinch telefon raqamlari keltirilgan

Jinoyat xabari : tezkor tugmacha +112, Yong'in xabari : tezkor tugmacha +119

Tanga yoki kartochka bo’lmaganda signalli xabar qoldirish xizmatidan foydalanish mumkin. Bu xizmatdan foydalanilganda, to’lov boshqa shaxs tomondan amalga oshirilib, narxi oddiy qo’ng’iroqlarga qaraganda ancha qimmat turadi. Ishlatish usuli koreyaliklar uchun”tezkor tugma+1541+ tanlagan kishingiz raqami#” dir.

  • 긴급통화 버튼

(5)Xalqaro qo’ng’iroq

Xalqaro qo'ng’iroqlar uchun chet elliklarga mo’ljallangan umumiy do’konchalardan xalqaro qo'ng’iroq kartochkasini sotib olib foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Koreya > Chet el
  • Oddiy telefonga qo'ng’iroq qilish
    • Koreyadan AQSHning LAiga 123-4567 qo'ng’iroq qilganda
    • Xalqaro xizmat raqami
    • Xalqaro kod(AQSH) 1
    • Hudud kodi(LA) 213
    • Telefon raqami 123-4567
  • Qo’l telefoni yoki internet telefonga qo'ng’iroq qilish
    • Koreyadan Yaponiyadagi qo’ telefoniga 080-123-4567 qo'ng’iroq qilganda
    • Xalqaro xizmat raqami
    • Xalqaro kod (Yaponiya) 81
    • Uyali telefon raqami 80-123-4567
Chet el > Koreya
  • Oddiy telefonga qo'ng’iroq qilish
    • Chet eldan Koreyaning Seul shahriga 123-4567 qo'ng’iroq qilganda
    • Xalqaro xizmat raqami
    • Xalqaro kod (Janubiy Koreya) 82
    • Hudud kodi(Seul) 2
    • Telefon raqami 123-4567
  • Qo’l telefoni yoki internet telefonga qo'ng’iroq qilish
    • Chet eldan Koreyadagi qo’l telefoniga 010-123-4567 qo'ng’iroq qilganda
    • Xalqaro xizmat raqami
    • Xalqaro kod (Janubiy Koreya) 82
    • Uyali telefon raqami 10-123-4567
  • Raqami va telefon raqami oldidan “0” bo’lsa, uni olib tashlab raqamni terish lozim
Yodda tuting!
Xalqaro qo'ng’iroqlardan tezkor va to’g’ri foydalanish

Xalqaro qo'ng’iroqlar davlatlar orasida olib boriluvchi suhbatlar hisoblanadi. Shu sababdan ularning narxi oddiy davlat ichidagi qo'ng’iroqlardan ancha qimmat. Xalqaro qo’ng’iroqdan odatda dam olish kunlari yoki tunda foydalanilsa, pulni biroz bo’lsada tejash mumkin bo’ladi. Albatta davlat, telefon kompaniyasiga qarab qo'ng’iroqlar narxi turlicha bo’lib, buni oldindan bilib qo'yish kerak. Hozirgi paytda internet orqali yoki xalqaro telefon kartochkalaridan foydalanib osongina chet elga qo'ng’iroqni amalga oshirish mumkin.

Davlat raqami
Davlat Davlat raqami Davlat Davlat raqami Davlat Davlat raqami Davlat Davlat raqami
Nigeriya 234 Vyetnam 84 Iroq 964 Qirg’iziston 996
Nepal 977 Braziliya 55 Eron 98 Tayland 66
Germaniya 49 Sudan 249 Misr 20 Turkiya 90
Laos 856 Shri-Lanka 94 Hindiston 91 Pokiston 92
Rossiya 7 Suriya 963 Indoneziya 62 Peru 51
Malayziya 60 Singapur 65 Yaponiya 81 Filippin 63
Meksika 52 Argentina 54 Xitoy 86 Avstraliya 61
Mo’g’iliston 976 Angola 244 Chili 56 Gong-Kong 852
AQSH/Kanada 1 Ekvador 593 Qozog’iston 7
Myanma 95 Angliya 44 Kambodja 855
Bangladesh 880 O’zbekiston 998 Kolumbiya 57

(6)Kabelli televideniye hamda internet

Koreya umumiy ommabop televideniyelar (KBS,MBS, SBS) dan tashqari kompleks yetkazib beruvchi televideniye, kabel TV, viloyatlar kabelli televideniyelari, yo’ldosh orqali uzatib beruvchi televideniyelar (SKY Life) va boshqa shu kabi turli xil televideniye kanallari mavjud. Hozirgi kunda internetga asoslangan IPTV ham rivojlanib bormoqda. Viloyat kabelli televideniyelari hamda IPTV firmalari orasida yuqori tezlikdagi internet aylanishini ham birga ta’minlab beruvchilari bo’lib, kabelli televideniye va internetni birga uyga ulansa, boshqalariga qaraganda arzon narxlarda xizmat ko’rsatib berishadi.
Faqat internetdangina foydalanishni xohlasangiz, xar bir firmalarda narxlar farq qilib, ularni oldin solishtirib, keyin ulaganingiz yaxshi. Uyda internet aylanishi tezligi kam bo’lsa, kerak vaqtlari uyingiz atrofida joylashgan internet kafelariga borib foydalanishingiz ham mumkin. Internet kafelari odatda 24 soat ishlaydi va narxlari soatiga 1500 vondan 2000 vongacha bo’lib, viloyatlarga qarab har xil bo’ladi.

09Chiqindilarni tashlash tartibi

Chiqindilarni tashlayotganda turiga qarab (umumiy chiqindi, oziq-ovqat chiqindisi, qayta ishlab chiqarish mumkin bo’lgan chiqindi va boshqalar) uchun ajratilgan alohida yelim xaltachalarga solib, belgilangan joyga tashlash kerak. Chiqindini qoidaga ko’ra tashlanmasa, chiqindi tozalash xizmati ularni ajratib olib ketmaydi va hattoki ba’zan jarima ham to’lashingizga to’g’ri kelishi mumkin.

(1)Umumiy chiqindi

Oziq-ovqat chiqindisi va “qayta ishlash” chiqindilaridan boshqa oddiy chiqindilarga ajratib maxsus chiqindi xaltasiga solinib tashlanadi.

Yodda tuting!
Chiqindi xaltachalari

Bunday yelim xaltachalarni yaqin atrofdagi supermarket yoki do'konlardan sotib olishingiz mumkin. Har bir mahallada umumiy chiqindilarni soladigan xaltacha va oziq-ovqat chiqindisi solinadigan xaltachalar rangi har xil bo’lib, albatta buni oldin bilib olib, keyin sotib olish lozim. Umumiy chiqindilar solinadigan xaltachalar hajmi miqdoriga qarab 1,2,5,10,20,30,50,60,75,100 litr bo’lib, har bir viloyatda sotiladigan xaltachalar hajmi farq qilishi mumkin. Umumiy oilalar uchun odatda 10-20 litr miqdoridagi kattalikka ega xaltachalar yetarli hisoblanadi. Oziq-ovqat chiqindisini tez-tez tashlash kerak bo’lganligi sababli 2-5 litrlik xaltachalardan foydalangan ma’qul. Ba’zi viloyatlarda bunday chiqindilarni belgilangan idishlarga solish holatlari ham uchrab turishi sabab, bu haqida qo’shnilardan so’rab ko’rish kerak. Chiqindi xaltalari viloyatlarda turlicha bo’lib, uni boshqa joyga borganda ishlatib bo’lmaydi.

  • 쓰레기봉투

(2)Oziq-ovqat chiqindisi

Suvini yaxshilab siqib keyin belgilangan xaltachaga solib tashlash, yoki, istiqomat qilayotgan joyingizdagi oziq-ovqat chiqindi qutisiga tashlash kerak. Faqat, unutmaslik lozimki, mahalliy davlat organlari oziq-ovqat chiqindisi bo’yicha metr darajasi tizimi (RFID)ni joriy etib kelmoqdalar.

(3)Qayta ishlab chiqariladigan chiqindilar

Bunday chiqindilar sirasiga qog’oz, shisha idishlar, tunika, salafan, mahsulotlar o’raladigan salafanlar (uchburchak qayta ishlash belgisida PP, OTHER, LDPE va h.k bilgilari borlarigagina mumkin), plastik[PET idishi, ko’piklangan stirol(EPS), saqlash qutisi(strafor), boshqa sintetik qatron idishlar(yogurt idishi, soda,shampun idishlari va h.k) va boshqalar kiradi. Ichimlik idishi yoki tunuka idish (hajmini bosib kamaytirib) kabilarning ichidagi suvini hammasini to’kib, keyin pachoqlab xaltachaga solinadi.

(4)Katta hajmdagi chiqindilar

Yaroqsiz holga kelgan mebel yoki elektr asboblari kabi katta hajmga ega chiqindilar asosan fuqarolik markazidan stiker olib yopishtirilib, uy yoniga chiqarib tashlanadi. Stiker narxi narsaning turi va hajmiga ko’ra farqlanadi. Viloyatlarga qarab stikerni tayinlangan savdo joylari(supermarket va boshqalar)da ham sotilishi mumkin. Ko’p qavatli uyda istiqomat qiluvchilar odatda boshqaruv idorasiga xarajatini to’lab muammoni hal qilishlari ham mumkin.

Internet orqali chiqindi tashlash haqida ariza berish

Internet orqali dahalar saytiga kirib, stikerlarni sotib olish mumkin.

Bu ish “KOGL (Korea Open Government License) 4 -toifa: Manba ko'rsatkichi+Tijorat maqsadlarida foydalanish+O'zgarishlarni taqiqlash” shartiga muvofiq ishlatilishi mumkin.