Tibbiyot muassasalari kattaligi va xizmat ko’rsatish tartibi, xizmat ko’rsatish turi va hajmiga qarab bir-biridan farqlanadi. Shamollash yoki ovqat hazm qilish yo’llaridagi kasalliklar kabi uncha jiddiy bo’lmagan kasallik holatlarida shifoxonaga borib davolansa ham kasallik tuzalmasa yoki yana ham sinchkovroq tibbiy ko’rikdan o’tish lozim bo’lsa kasalxona yoki umumiy kasalxona, yuqori darajali umumiy kasalxona kabilarga borib davolanish kerak.
Tibbiy davolash to’lovi bosqichlari | 1-bosqich | 2-bosqich | |
---|---|---|---|
Tegishli tibbiy muassasalar | Shifoxona, poliklinika | Kasalxona, umumiy kasalxona | Yuqori darajali umumiy kasalxona |
Davolash turi | Ambulator davolash, profilaktika emlash, sog’liqni nazorat qilish | Umumiy tibbiy ko’rik, statsionar davolash | Chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik, nogironlik yoki og’ir kasalliklarni davolash, nazorat qilish |
Tegishli tibbiyot muassasalari | Poliklinika, igna bilan davolaydigan sharq milliy tabobati klinikasi, terapiya, pediatriya, oilaning sog’lig’ini saqlash klinikasi, tibbiy ko’rik markazi va boshqalar | Har xil davolash turlar mavjud bo’lgan umumiy kasalxona | Universitet va Institut kasalxonalari |
Davolash turlari | Asosiy davolash sohasi |
---|---|
Terapiya bo’limi | Har xil ichki a’zolarni jarrohlik qilmasdan davolash usuli bilan davolaydi. Ovqat hazm qilish yo’li, oshqozon, hazm qilish organlaridagi kasalliklar, o’pka raki, yurak, qon tomirlari, qon bosimi, qandli diabet kabi kasalliklar davolanadi. |
Pediatriya va yoshlar bo’limi | 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar va bolalar kasalliklarini davolaydi Muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloq, yangi tug’ilgan chaqaloqlarni davolab, bolalarning buyrak, nerv sistemasi, nafas olish yo’llaridagi kasalliklar va allergiya kabi kasalliklarni davolaydi. |
Ginekologiya bo’limi | Homilador va tuqqan ayolning jinsiy organlari bilan bog’liq kasalliklarni davolaydi. |
Nevropsixiatriya bo’limi | Ruhiy kasallik alomatlari bo’lgan kasalliklarni davolaydi. |
Nevrologiya bo’limi | Insult, tutqanoq, dementia, nevralgiya kabi asab tizimi kasalliklarini davolaydi. |
Oila tibbiyoti bo’limi | Yoshi, jinsi va kasallikning turidan qat’iy nazar oila uchun muntazam kasallikning oldini olish, tibbiy ko’rikdan o’tish va davolash kabi keng qamrovda davolaydi. |
Dermatologiya bo’limi | Husnbuzar, soch to’kilishi, har xil teri toshmalari kabi teri kasalliklarini davolaydi. |
Umumiy jarrohlik | Appenditsit, infeksion kasalliklar, ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari kabi operatsiya talab qiladigan kasalliklarni davolaydi. |
Ortopediya bo’limi | Skelet va mushak kasalliklarini operatsiya yo’li bilan va operatsiyasiz davolash usulida davolaydi. |
Plastik jarrohlik bo’limi | Qovoq jarrohligi, kuyish va tug'ruqdan keyingi holsizlanish kabi tananing shakli va funksiyasini yaxshilash uchun davolaydi |
Reabilitatsiya bo’limi | Reabilitatsiya bo’yicha mutaxassis shifokor va fizioterapevtlar mushak, suyak, asab tizimi kasalliklarini davolaydi. |
Urologiya bo’limi | Buyrak, siydik pufagi kabi siydik yo’li organlari va jinsiy olat, moyak kabi jinsiy organlarda ro’y beradigan kasalliklarni davolaydi. |
Oftalmologiya bo’limi | Katarakt, glaukoma, miyopiyani opertasiya qilish kabi operatsiya va ko’z asab tolalarida yuz beradigan kasalliklarni davolaydi. |
LOR bo'limi | Quloq, burun, tomoq kasalliklarini davolaydi. |
Stomatologiya bo’limi | Tishga sim tortish, protez, tishlarni karieslardan xalos etish, tishning nervini davolash kabilar |
Tez yordam bo’limi | Tezkor yordamga muhtoj bo’lgan bemorlarga tezkor tibbiy tekshiruv va davolash amalga oshiriladi. |
Davolash turlari | Asosiy davolash sohasi |
---|---|
Oriental terapiya, Oriental akusherlik va ginekologiya, Oriental pediatriya va shu kabi 8 ta davolash turlari | Sharqda shakllangan tabobat turi bo’lib, barcha sohalardagi kasalliklarni davolaydi lekin davolash tartibi va dori tayyorlash tartibi oddiy shifoxonalardan farq qiladi. |
Qabul stoliga tibbiy sug’urta daftarchasi yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatni topshirib kutasiz
Sizning ismingizni chaqirsa shifokor oldiga kirib shifokorga qayeringiz og’riyotgani haqida batafsil aytasiz
Shifokor ko’rsatma bergandan so’ng bu bo’yicha qiziqqan savolingiz yoki tushunmagan joyingiz bo’lsa so’raysiz
Tibbiy ko’rikdan so’ng davolash pulini to’lab dorilar retseptini olasiz
Kasalxona yaqinidagi dorixonaga borib dorilar retseptini ko’rsatasiz va dori sotib olasiz
1-bosqich tibbiyot muassasasidan shifokor yo’llanmasini olasiz
Belgilangan vaqtdan sal ertaroq borib tibbiy sug’urta daftarchasi va 1-bosqich tibbiyot muassasasidan olgan shifokor yo’llanmasini ko’rsatasiz
Tegishli soha shifokori huzuriga borib tibbiy ko’rikdan o’tasiz
Dorilar retseptini olib, agar keyingi safar yana kelish kerak bo’lsa vaqt belgilab ketasiz
Kassaga borib davolash pulini to’laysiz
Dori mahsulotlari shifokor ko’rigidan keyin yoziladigan retsept bilan dorixonadan sotib olish mumkin bo’lgan professional dori mahsulotlari va retsepti bo’lmasa ham sotib olish mumkin bo’lgan oddiy dori mahsulotlari kabi ikkiga bo’linadi. Oddiy dori mahsulotlari shamollashga qarshi dori, hazm qildirish uchun dori, isitmani tushiruvchi va og’riqni qoldiruvchi dori, yaralarga surtiladigan har-xil malham dorilari kabi turi juda ko’p. Undan tashqari dori mahsulotlari hisoblanmaydigan hasharotlarga qarshi dori, ayollar tagliklari, sog’liqni yaxshilaydigan ichimliklar, prezervativ kabilar dorixonalardan tashqari oddiy do’konlarda va supermarketlarda ham sotiladi. Kishining o’zi aniqlasa bo’ladigan yengil kasallik alomatlari bo’lganda shoshilinch ishlatish imkoniyatini yaratish uchun shamollashga qarshi dori, hazm qildirish uchun dori, isitmani tushiruvchi va og’riqni qoldiruvchi dori, plastir kabi 13 xil dorilarni 24 soat ishlaydigan do’konda ham sotib olish mumkin.
To’satdan bir joyingiz og’rib qolsa yoki biron joyingiz lat yeganda zudlik bilan chora ko’rish uchun uyda har doim favqulodda holatlar uchun dorilarni sotib olib qo’yish kerak. Ayrim dori mahsulotlarini magazinlardan zudlik bilan sotib olsa bo’ladi. Dorixona eshigi yopilgandan so’ng kechasi to’satdan kutilmagan holat ro’y berib dori kerak bo’lib qolishi mumkin, shuning uchun har doim kerakli dorilarni uyda saqlab turish lozim. Ayniqsa kasalxonadan ancha uzoqda yashaydigan odamlar albatta favqulodda kerak bo’ladigan dorilarni uyiga sotib olib qo’yishi shart. Quyida albatta uyda bo’lishi kerak bo’lgan dorilar ro’yxati ko’rsatilgan: