Danuri aloqa markazi
1577-1366
Oilaviy maslahat uchun telefon raqami
1577-4206
한국생활안내 정보더하기 사이트로 이동
  • Home
  • Ilova
  • FAQ

FAQ

Koreya hayotiga o’rganishda yordam olishni istayman!
Koreyaga moslashishga qiynalayotgan turli madaniyatga ega boʻlgan oilalar uchun 231 nafar turli madaniyatli oilalarni qoʻllab-quvvatlovchi markaz mavjud boʻlib, oilaviy taʼlim, maslahat va til oʻrganish dasturlarini taqdim qilib boradi. Markazlar tomonidan berilib boriladigan xizmatlar yuzasidan toʻliqroq maʼlumot olish uchun, turli madaniyatli oilalarni qoʻllab-quvvatlash markazidan oʻzingizga kerakli boʻlgan masalalarni soʻrashingiz mumkin.
*Murojaatlar uchun: Danuri call markazi (Tel. raqami 1577-1366) yoki Danuri viloyat portalining turli madaniyatli oilalarni qoʻllab-quvvatlash markazining quyidagi vebsayti orqali murojaat qiling (www.liveinkorea.kr).
Men telefon orqali yuridik maslahat olmoqchiman. Men yordam olsam bo'ladimi?
Multi-madaniyatli oilalar umumiy masalalar bo’yicha koll-markazi(Danuri Helpline, ☎1577-1366) Koreya advokatlari uyushmasi bilan hamkorlikda telefon orqali yuridik maslahat xizmatini amalga oshirib kelmoqda. Undan tashqari shoshilinch holatda maslahat va shoshilinch yordam, Koreya hayoti bo’yicha turli ma’lumot bilan ta’minlash, kundalik tarjima va 3 tomonlama telefon xizmati 13 ta til(koreys, ingliz, xitoy, vyetnam, filippin, kambodja, mo’g’ul, rus, yapon, tayland, laos, o’zbek, nepal tillari)da ko’rsatiladi. Mobil telefoningizga ☎1577-1366ni saqlab qo’ysangiz Danuri Helpline yanada qulay foydalanishingiz mumkin.
Multi-madaniyatli oilalarga yordam haqida ma’lumotni bir joydan olishni xohlayman!
Multi-madaniyatli oila va nikoh immigrantlariga kerakli turli ma’lumotlarni bir joyda o’qish mumkin. Ya’ni portalidir. Multi-madaniyat tendentsiyalari, Multi-madaniy oilalarga yordam markazlari ma’lumoti orqali hamda multi-madaniyatga aloqador tashkilotlar bir yoqadan bosh chiqargan holda zarur ma’lumotlarni 13 ta tilda zamonga mos holda taqdim etib kelyapti. Internetga kirib adres katagiga ‘www.liveinkorea.kr’ni kiriting. Bookmark(saqlangan internet adreslar)ga saqlab qo’ysangiz portali xizmatlaridan yanada qulayroq foydalanishingiz mumkin.
  • 다누리
Farzandimni koreys tilini ham, ona yurti tilini ham yaxshi biladigan qilib tarbiyalashni xohlayman.
Bolaga yoshligidan ona yurti tili tabiiy ravishda singdirib borilsa, onasi bilan hissiy yaqinlikni his qilibgina qolmasdan ikki tilni bemalol ishlata oladigan qilib o’stirish mumkin. Undan tashqari oilada ikki til ishlatiladigan muhitni yaratish orqali multi-madaniyatli oila farzandining asliyati(identichnost’)ni mustahkamlab, global kadr sifatida yetishishiga erishish mumkin. Ikki til foydalaniladigan oilaviy muhitni yaratish dasturi va ota-ona ta’limi yashash joyingizdagi Multi-madaniyatli oilalarga yordam markazida o’tkaziladi. Murojaat qilib foydalanishingiz mumkin. (Ma`lumot uchun Danuri Helpline ☎1577-1366)
O’quv yili paytida o’qishni tashlab Koreyaga kelgan farzand, multi-madaniyatli oila yoshlarga yordam beradigan muassasalar bormi?
Ha, bor. “Kamalak yoshlar markazi” 9 yoshdan 24 yoshgacha bo’lgan immigrant yoshlar uchun turli dasturlarni hududiy organlar bilan hamkorlikda yuritib kelyapti. Markaz viza, joylashish, ta’lim, ishga joylashish va karyera, hayot bo’yicha umumiy ma’lumot berish va maslahat va psixologik davolash loyihalarini amalga oshiradi. Individual ma’lumot xizmatini xohlasangiz ☎02-733-7587 ga qo’ng’iroq qilib foydalanishingiz mumkin.
Ishga joylashish bo’yicha ma’lumot kerak!
Koreyada barqaror yashash va hayotga moslashishni ta’minlash uchun "Ayollar uchun yangi ish markazi" (☎1544-1199) turmushga chiqqan immigrant ayollar uchun amaliyot va kasbiy ta’lim va o‘qitish xizmatlarini taqdim etadi. Bundan tashqari, Bandlik va mehnat vazirligining Bandlikni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi (☎1350, www.work24.go.kr) nikohdan o‘tgan muhojirlarga ish bilan bog‘liq turli xil ma’lumotlarni taqdim etib, ularga daromadli ish topishga yordam beradi. Batafsil ma’lumot uchun Danuri portaliga tashrif buyuring (www.liveinkorea.kr).
Homilador ayollar uchun qanday xizmatlar bor?
Barcha homilador ayollar(nikoh immigrantlari ham) homiladorlik vaqtida tibbiy punktning sog’likni nazorat qilish xizmatidan bepul foydalanishi mumkin. Tibbiy punktda ro’yxatdan o’tsangiz homiladorlikdan oldin o’tkaziladigan tibbiy ko’rikdan bepul o’tishingiz mumkin. Undan tashqari homilador bo’lgandan keyin muddatiga qarab temir moddasi, folat kislotasi kabilar beriladi. Yashash joyingizdagi tibbiy punktga borsangiz ko’rsatiladigan xizmatlar va homiladorlar uchun o’quv dasturi haqida bilishingiz mumkin.
Tibbiy sug’urta tizimi haqida bilishni istayman!
Koreyada daromad va mulk kabilarga qarab har oy belgilangan miqdorda sug’urta pulini to’lab boradigan tibbiy sug’urta tizimi ishlab turibdi. Tibbiy sug’urtaga a’zo bo’lsangiz, kasal bo’lganda yoki farzand tug’ilishida tibbiy muassasalardan foydalanishda xarajatlaringiz kamayadi. Undan tashqari muntazam tibbiy ko’rikdan o’tishingiz mumkin. Tibbiy sug’urta to’lovi hajmi, a’zo bo’lishga talablar, imtiyozlar kabi haqida batafsil ma’lumotni Aholi tibbiy sug'urta uyushmasi (☎1577-1000) yoki chet tili(ingliz, xitoy, vetnam tillari)da maslahat raqami (☎033-811-2000) orqali olishingiz mumkin.
Turli madaniyatli oilalarni uy bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi dastur boʻyicha toʻliqroq maʼlumot!!
Umumiy aholi oʻrtasida uy-joy lotereyesining tirajiga kiritilmagan tartibda, turli madaniyatga ega boʻlgan oilalarni uy-joy bilan taʼminlash dasturi mavjud. Turmush oʻrtogʻi bilan 3 yil va undan ortiq muddat yashagan turli madaniyatli oilaning har qanday aʼzosi ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin, biroq “Turli madaniyatli oilalarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasiga ko‘ra, tegishli oila a’zolaridan hech biri shaxsiy uyiga ega boʻlmasligi shart. Bundan tashqari, ariza beruvchi uy-joy uchun ariza berish hisobini ochishi va 6 oy davomida kamida 6 ta depozit qo'yishi kerak. Uy-joy sotuvi bo'yicha ommaviy e'lonlarni olish uchun mahalliy hokimiyat (shahar, mamlakat yoki tuman) vebsaytlariga tashrif buyuring.
Bu ish “KOGL (Korea Open Government License) 4 -toifa: Manba ko'rsatkichi+Tijorat maqsadlarida foydalanish+O'zgarishlarni taqiqlash” shartiga muvofiq ishlatilishi mumkin.