Danuri aloqa markazi
1577-1366
Oilaviy maslahat uchun telefon raqami
1577-4206
한국생활안내 정보더하기 사이트로 이동

Iste’molchi iqtisodiy hayoti

  • Home
  • Koreya madaniyati va hayoti
  • Iste’molchi iqtisodiy hayoti

Iste’molchi iqtisodiy hayoti

01Oilaviy byudjet

(1)Oilaviy byudjet

Oilaviy byudjet deganda uyda hayot kechirish davomida kirim va chiqim holatlari nazarda tutiladi. Kamgina kirim ham qanday ishlatishingizga qarab minus ham, plyus ham bo’lib ketishi mumkin.

(2)Pul birligining qiymati

Koreys pul birliklari tanga (10 von, 50 von, 100 von, 500 von) bo’lib, qog’o’z pullardan esa 1000 von, 5000 von, 10.000 von, 50.000 vonliklar mavjud. Bundan tashqari, 100.000 vondan ortiq bo’lgan turli xil cheklarni ham ishlatishingiz mumkin.

  • Tanga
  • 10von
    < 10von >
  • 50von
    < 50von >
  • 100von
    < 100von >
  • 500von
    < 500von >
  • Qog’oz pul
  • 1,000von
    < 1,000von >
  • 5,000von
    < 5,000von >
  • 10,000von
    < 10,000von >
  • 50,000von
    < 50,000von >
  • 100,000원권 수표
    < 100,000vonlik chek >
  • 100,000 vonlik maxsus chek bo’lib, naqd pul kabi ko’p sohalarda keng foydalanish imkonini beradi. (Chekdan foydalanmoqchi bo’lsangiz, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatda ko’rsatilgan ismingiz va telefon raqamingiz kabilarni yozib qo'yishingiz lozim.)

Koreys pul birligi bo’lgan 1000, 5000, 10.000, 50.000 vonlarga nimalar sotib ola olish mumkinligini, tug’ilgan yurtingizdagi pul birligi bilan ularning qiymatini solishtirib, Koreyadagi narx-navo va boshqalarni doimo o’ylab ko’rib ish tutish lozim.

Yodda tuting!
Bu pul bilan nimalar qila olish mumkin?
  • 자판기 커피

    Avtomat kofe tayyorlagichdan 1 stakan kofe 300-500von

  • 아이스크림

    Pechenye yoki bitta muzqaymoq 1.000-2.000 von

  • 냉면

    Pekpan, nengmyon kabi taomlar 6.000-8.000 von

  • 돼지고기

    500 gr cho’chqa go’shti 10.000 von

  • 쌀포대

    Bir xalta guruch (20 kg) 55.000von

  • Yuqoridagi narxlar hudud yoki mahsulot turiga qarab farq qilishi mumkin.

02Narsalar sotib olish va ulardan foydalanish

Rejasiz xarid qilinganda kerak bo'lmagan narsalargacha sotib olishga to’g’ri kelib, xarajat ko’payib ketgani tufayli rozg’orda qiyinchilik paydo bo’lishi mumkin. Shu sababdan xarid qilishdan oldin ro’yxat tuzib olgan ma’qul.

(1)Ro’yxat tuzish

Narsalar sotib olishdan oldin nimalar sotib olish kerakligini oldindan ro’yxat qilib chiqiladi.

(2)Narsa sotib olish joyi

Qayerdan va qancha miqdorda sotib olishni aniq belgilab olish

24 soatlik do’kon

24 soat davomida faoliyat olib boruvchi oziq-ovqat hamda ichimlik mahsulotlarini o’z ichiga olgan mahsulotlarni sotish bilan shug’ullanadi. Do’kon rastasi kichik bo’lib, narsalarni topish oson bo’lib, bir yoki ikkita narsalarni shoshilinch sotib olishga to’g’ri kelganda qulay joy hisoblanadi.

Katta bozor (haftasiga 5 kun ochiluvchi bozor)

Oziq-ovqat, kiyim, ro’zg’or buyumlari va boshqa narsalar sotiluvchi ushbu katta bozorda mahsulot narxi arzon bo’lib, sotib olish miqdori va narxini savdolashish mumkin. Shuningdek yana bu joyda koreys xalqi yashash hayot-tarzining qanchalik qiziqarli ekanligiga guvoh bo’lishingiz mumkin.

Mahalla supermarketlari

Asosan meva, sabzavot, go’sht, ichimlik kabi oziq-ovqat mahsulotlari sotilib, aholi turar-joy atrofi (mahalla)da joylashganligi sabab, bemalol bunday supermarketlardan foydalanish mumkin.

Univermag

Kiyim-bosh, oziq-ovqat mahsulotlari, ro’zg’or mahsulotlari, parfyumeriya mahsulotlari, qimmatbaho taqinchoqlar va boshqa shu kabilarning turlari juda ko’p bo’lib, qulayliklari va serviz xizmati juda yaxshi bo’lib, sifati ham yuqori darajada bo’lganligi uchun narxlari ham ancha qimmat. Univermaglarda arzonlashtirilgan mahsulotlar tadbiri tez-tez uyushtirib turilishi sababli, kutib turib, aynan shunday imkoniyatlardan foydalanish unumliroqdir.

Gipermarket

Univermagdek oziq-ovqat, kiyim-bosh, ro’zg’or va kundalik kerakli bo’lgan turli mahsulotlar sotuvi amalga oshiriladi. Mahsulotning sifati ham yaxshi bo’lib, qulaylik va serviz xizmatlari yaxshi yo’lga qo’yilgan.

TV orqali xaridni amalga oshirish

Televizorda mahsulot reklamasini ko’rib, xaridni asosan telefon, internet orqali buyurtma berish orqali amalga oshirish mumkin bo’lib, kiyim-kechak, oziq-ovqat, parfumeriya, ro’zg’or buyumlari kabi turli mahsulotlar sotiladi. Bunday xarid usuli qulay, lekin kerak bo’lmagan narsani xohlamagan holda o’zingiz ham bilmay sotib olishingiz ham mumkin bo’lib, ehtiyotkor bo’lmoq lozim.

Internet orqali xaridni amalga oshirish

Internetdan foydalanib mahsulotga buyurtma bera olish mumkin bo’lib, sotiladigan mahsulot turi juda ham ko’p. Biroq ba'zan kompyuter ekranida ko'rinadigan mahsulot rangi yoki o'lchami aslidan farq qilishi mumkinligi uchun yaxshilab o'rganib chiqib, sotuvchidan so'rab ko'rish eng yaxshi usul sanaladi.

(3)To’lov usuli

To’lov usullaridan naqd pul, chek, kredit kartochkasi, plastik kartochka, sovg'a kartasi kabi turlari mavjud.

  • 신용카드
    < kredit kartochkasi >
  • 상품권
    < sovg'a kartasi >

(4)Mahsulot xarid qilish

Har bir mahsulotning narxi va sifatini solishtirib, oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatini ham yaxshilab ko’rib sotib olish kerak. Shuningdek mahsulot narxining to’g’ri hisob-kitob qilinganligini ham aniqlash lozim. Sotib olgandan so’ng albatta chek qog’ozini olib, saqlab qo’yib, mahsulotni almashtirgani yoki pulini qaytarib olgani borganda chek qog’ozini ham ko’rsatish kerak bo’ladi.

(5)Mahsulotdan foydalanishdan oldin

  • Mahsulot sifatini haqidagi yo’riqnomani saqlab qo’yish : bir joyga yig’ib, belgilangan joyda saqlash
  • Foydalanish ko’rsatmasini o’qish : mahsulotdan to’g’ri foydalana olish imkonini beradi.
  • E’tibor berish kerak bo’lgan tomoni va mahsulotni saqlab qo’yish usulini aniqlash : tanamiz xavfsizligi va salomatligi uchun ularni albatta o’zib chiqish lozim.
  • 품질보관서와 사용설명서
    < sifat haqidagi yo’riqnoma hamda foydalanish ko’rsatmasi >

(6)Sifatsiz molni qaytarib berish, pulini qaytib olishda e’tibor berish kerak bo’lgan tomonlar

  • Narsani ishlatib yoki zarar yetkazmasdan saqlab qo'yish lozim.
  • 7-14 kun ichida sifatsiz molni qaytarib berish, pulini qaytib olish kerak bo’lgani sababli, tezda oilangiz yoki qo’shnilaringizga aytib yordam so’rash lozim.
  • Sifatsiz molni qaytarib berish, pulini qaytib olish qiyin bo’lganda yoki shu kabi hodisa sodir bo’lganida koreys xizmatchilari yoki xizmat tashkilotlariga arz qilib yordam so’rash lozim.
Koreys iste’molchilar agentligi : ☎ 1372, www.kca.go.kr
ste’molchi-fuqarolar kengashi : ☎ 02-739-5441, www.consumerskorea.org

03Pul to’plab omonatga qo’yish hamda bankdan foydalanish tartibi

(1)Pulni omonatga qo’yishning zarurligi sabablari

Xususiy mulkka ega bo‘lish, kutilmagan baxtsiz hodisalar va kelgusida keksalikdagi ta’minotga tayyorgarlik ko‘rish, uy sotib olish, farzandlarning o’qish pulini to‘lash va shu kabi boshqa xarajatlar uchun mablag‘ jamg‘arish kerak bo‘ladi. Bunday vaziyatda eng yaxshisi bankdan hisob raqami ochish orqali pul to’plashdir.

(2)Omonatga qo’yish turlari

  • Oddiy omonatga pul qo’yish : Har qanday holatda pulni erkin qo’yib,yana qaytarib olish mumkin. Biroq foizi kam bo’ladi
  • Shoshilinch omonatga pul qo’yish : Ko’zlangan summani ko’p muddatga qaytarib olmaslik maqsadida bankka ishonib topshirish mumkin. Foizi yuqori bo’ladi.
  • Muddatli omonatga pul qo’yish : Har oy belgilangan summani qo’yib, belgilangan muddat tugagunicha katta summaga aylanuvchi pul qo’yish usuli. Foizi yuqori bo’ladi
  • Erkin omonatga pul qo’yish : Oilaviy byudjet uchun yangi omonatga pul qo’yish yo’li bo’lib, pulni kutilmaganda qaytarib olish kerak bo’lgan hollarda ham foizi baland bo’ladi.

(3)Bankdan foydalanish tartibi

Bankdan hisob raqami ochish usuli(bank shaxsiy hisob raqami kitobchasini ochtirsh)
  • Tayyorlash kerak bo’lgan hujjatlar : Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, chet ellik ID kartasi, fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat va boshqalar. Shuningdek muhr hamda omonatga qo’ymoqchi bo’lingan pul)
  • Tartibi
    1. 1Navbat raqamini olib, o’z navbati kelguncha o’tirib kutish lozim.
    2. 2Darchalar ekranida raqamingiz e'lon qilingach, ko’rsatilgan xodim yoniga borish lozim.
    3. 3Bank xodimiga kelishingizdan maqsad (omonat daftarchasi ochish, pul o’tkazish, pul qo’yish va boshqalar)ni aytish kerak. (Naqd pul kartochkasi zarur bo’lsa, birgalikda ariza to’ldiriladi)
      • Naqd pul kartochkasi(Kesh karta) : Omonat daftarchasi va muhrsiz ham naqd pul chiqarish apparati (ATM) orqali naqd pul solish, olish mumkin bo’lgan kartochka.
    4. 4Bank xodimi ko’rsatmasiga binoan hujjatlarni to’ldirib topshirish lozim.
    5. 5Omonat daftarchasini olgach uni shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlaringiz bilan birgalikda yaxshilab saqlamoq lozim.
      • Parolni faqat o’zingiz bilishingiz, aslo boshqalarga aytmasligingiz lozim.
Bankdan foydalanish vaqti
  • Dushanbadan jumagacha : 09:00- 16:00
  • Ish vaqtidan tashqari holatlarda : har bir bank qoshidagi yil 365 kun doimo ochiq turuvchi naqd pul solish va chiqarish qurilmalari (ATM) burchaklaridan foydalanish mumkin.
Naqd pul qo'yish va olish qurilmasi (ATM)
  • Pul solish yoki chiqarish haqidagi anketani to’ldirib, darchaga borish kifoya. Pul solishda parol shart emas, biroq pulni ishlatishda parol va shaxsiy imzo (muhr) kerak bo’ladi.
  • ATM orqali omonat daftarchasi yoki naqd pul kartochkasidan foydalanib, pul solish va chiqarib olish mumkin. Bunda parolni terish kerak bo’lib, agarda 3 martadan ortiq noto’g’ri terilsa pulni solib yoki chiqarib ola olmaysiz. Bank ish vaqtidan tashqari yoki boshqa banklarga qarashli ATMlardan foydalansangiz foiz undirib olinadi.
  • 현금자동입출금기(ATM)
    < Naqd pul qo'yish va olish qurilmasi (ATM) >
Internet-bank
  • Internet-bank, internet orqali barcha bank ishlarini amalga oshirish mumkin
  • Bunda o’z hisob raqamingizdagi umumiy summa miqdorini bilish, pul solish va olishga oid operatsiyalar, pul o’tkazish kabilarni amalga oshirishingiz mumkin
  • Davlat telekommunikatsiya iqtisodiyot va servis markazidan internet orqali olinadigan maxsus fayllarni shaxsiy kompyuteringizga saqlab qo’yib, bankdan olinadigan pul o’tkazishda foydalaniluvchi sirli kartochka (secret card), OPT (one time password) kartochkalarini doimo yoningizda olib yurishingiz lozim. Bunday masalalar bo’yicha bankka murojaat qilib yordam olishingiz mumkin.
Yodda tuting!
Mobil-banking

Smartfon kabi mobil vositalar orqali bank ishlarini amalga oshirish xizmati. Harakat davomida ham foydalanish mumkin bo'lganligi uchun Internet- bankingga nisbatan xohlagan joyda ishlatish mumkin degan ustunligi bor.

Kommunal to’lovlarni amalga oshirish tartibi
  • Bankka borib to’lash
    Kvitansiyani olib, moliyaviy tashkilot(bank)ga tashrif buyurib bevosita to’lov amalga oshiriladi. Hozirgi kunda bunday amallarni bajarmasligi ham mumkin bo’lgan banklar ko’p. Bunday vaziyatlarda, bank ichiga o’rnatilgan avtomatik to’lov qurilmasidan foydalanish mumkin. Qurilmani ishlatish uchun o’sha bankda ochilgan omonat daftarchangiz bo’lishi kerak.
    • E’tibor bering! Pochtaxonalarda ham kommunal to’lovlarni qabul qilgani uchun agarda sizning bank hisob daftarchangiz mavjud bo’lmasa pochtaxonaga borib to’lovni amalga oshirishingiz mumkin.
  • Avtomatik to’lovni amalga oshirish
    Har oy belgilangan kunda sizning nomingizdan hisob raqamingizdagi mablag’dan kommunal to’lovlarni avtomatik tarzda yechib olish usuli hisoblanadi. Bunda bankka borib ariza topshirsa ham bo’ladi, shuningdek kommunal to’lovlar bo’limiga qo’ng’iroq qilib aytish ham mumkin.Avtomatik tarzda to’lov xizmatini ulagandan so’ng, pul olinadigan kunni yodda saqlab, yetarli summani hisob raqamida saqlab qo’yish lozim.
Pul o’tkazish
  • Avvalo butun oilangiz nomiga bankdan hisob raqami ochasiz.
  • Pulni oladigan kishi ismi, manzili, telefon raqami, bank nomi, hisob raqami, pul o’tkazuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib bankka borish lozim. Bank xodimi qolganini o’zi bajarib beradi.
  • Pulni o’tkazib olgan chek qog’ozini saqlab qo’yish lozim.
Yodda tuting!
Eng xavfsiz pul o’tkazish usuli

Bu usul asosan bank va pochta xizmatidan foydalanib pul o’tkazishdir. Ba’zi kishilar xususiy pul o’tkazish idoralari(broker)dan foydalanish vaqtni va ortiqcha xarajatni tejaydi deb o’ylashlari mumkin. Biroq bu orada brokerlarning pulni olib g’oyib bo’lishi hollari ham uchrab turadi. Bunday hodisa yuz bersa, yo’qolgan pulni qaytarib olib bo’lmaydi va yaxshisi brokerlar xizmatidan foydalanmaslik lozim.

Yodda tuting!
Voice- fishing

Asosan qo’ng’iroq yoki sms xabar orqali keluvchi mijozlar haqidagi ma’lumotlardan foydalanib pul o’tkazishga oid yolg’on xabarlar.

Bola o’g’irlanishi hamda uyushtirilgan baxtsiz hodisalar

Bunda asosan jinoyatchi firibgarlar bola va uning ota-onasining telefon raqami va boshqa ma’lumotlarni bilib olib, bolaning telefon raqamidan ko’rinmas yashirin raqam orqali uning ota-onasiga qo’ng’iroq qilib, bolaning biror halokatga uchragani yoki o’g’irlanganini ro’kach qilib, ota-onadan pul talab qilish jinoyati bo’lib, bunga asosan maktabga ketgan bolalarning o’g’irlanishini uyushtirish, armiyaga ketgan o’g’lining baxtsiz hodisaga uchragani haqidagi tomoshani uyushtirish, chet elda o’qiyotgan farzandlarning o’g’irlanoshi yoki baxtsiz hodisaga uchrashini uyushtirish kabi holatlar misol bo’la oladi.

Messenjer orqali boshqalar nomidan ularning yaqinlariga pul o’tkazishlarini so’rab xabar qoldirish

Biror kishining internet messenjer ID va parolini bilib olib, unga kirib, saqlab qo’yilgan oila a’zolari, do’stlari nomiga xabar qoldirish yoki qo’ng’iroq qilish orqali turli baxtsiz hodisalar, avtohalokat kabi shoshilinch vaziyatlarni ro’kach qilib ulardan aldov yo’li bilan pul undirish jinoyati hisoblanadi.

Fishing saytiga Iqtisodiyotni nazorat qilish va yuritish markazi nomidan yolg’on xabarni o’z ichiga olgan sms yuborish jinoyati

Iqtisodiyot idoralari va Iqtisodiyotni nazorat qilish hamda yuritish markazi nomidan yuboriladigan maxsus xabarlar (tizim xavfsizligini ta’minlash, ma’lumotlarning tarqalib ketishi xavfini tekshirish va boshqa shu kabilar)ga o’xshagan sms xabarni fishing saytiga jo’natib, kishilarning mablag’ to’g’risidagi xabarlarini bilib olib, ular nomidan firibgarliklarni amalga oshirish jinoyati hisoblanadi.

Pulga oid jinoyat, telefon orqali qo’ng’iroq qilib, tele-bank haqidagi ma’lumotlarni bilib olish

Asosan 50-70 yoshli kishilarga qo’ng’iroq qilib, tele-bankka a’zoligini aniqlash yoki a’zo bo’lgan bo’lsa, nomning o’g’irlanishi, ma’lumotlarning tarqalib ketishi, jinoiy hatti-harakatlar ehtimoli kabilarni bahona qilib tele-bankka kerakli bo’lgan ma’lumotlar (fuqarolik qayd raqami, hisob raqami paroli, omonat daftarcha raqami, himoya kartochkasining sirli raqami, kodi kabi)larni bilib olib, jabrlanuvchi hisobidagi pulni o’z nomiga o’zlashtirish jinoyati.

Jabrlanuvchini aldab bankomatga borishiga undash jinoyati

Telefon orqali o’zini jinoyat qidiruv bo’limi xodimi deya tanishtirib, uning hisob raqami qandaydir hodisa (jinoyat) xavfi ostidaligini aytib, jabrlanuvchi nomidagi hisob raqami xavfsizligini ta’minlash kerakligi bahonasi bilan, uni bankomatga borishga undab, pulga oid firibgarlikni amalga oshirish jinoyati

Kredit kartochkasi haqidagi ma’lumotlarni bilib olib, ARS orqali pulga oid amalga oshiriladigan jinoyatlar

Jabrlanuvchining nomidan o’g’irlik xabari, m’alumotlarning tarqalib ketishi, biron jinoiy ishga aralashib qolganlik haqidagi bahonalar bilan aldab, kredit kartochkasi haqidagi ma’lumotlar (kartochka raqami, paroli, CVC raqami)ni bilib olib, ARS orqali jabrlanuvchi nomidan kredit olib, unga yana qo’ng’iroq qilib pul haqidagi jinoyat haqida xabar berib, jabrlanuvchini o’z hisob raqamiga pul o’tkazishga undash jinoyati.

Jabrlanganlik haqidagi xabarlar uchun telefon raqamlar

Militsiya raqami kabi davlat raqamisiz : ☎112, Internet xavfsizligi agentligi, ☎118, Iqtisodiyotni boshqarish bo’limi, ☎1332, (davlat raqamisiz).

Bu ish “KOGL (Korea Open Government License) 4 -toifa: Manba ko'rsatkichi+Tijorat maqsadlarida foydalanish+O'zgarishlarni taqiqlash” shartiga muvofiq ishlatilishi mumkin.