Danuri aloqa markazi : 1577-1366
가족상담전화 : 1644-6621
21-qavat, 173 Toegye-ro, Jung-gu, Seul (Chungmuro 3-ga). Namsan maydoni binosi)
Copyright ⓒ KOREA INSTITUTE FOR HEALTHY FAMILY. All Rights Reserved
Tibbiy davolanish uchun yordam puli olish tizimi iqtisodiy tomondan sharoiti og’ir bo’lganligi uchun tibbiy davolanish pulini to’lay olmaydigan aholi uchun hukumat bemorning o’rniga davolanish pulini to’lab beradigan tizimdir. Aslida qoida bo’yicha chet el fuqarosiga bunday yordam ko’rsatilmaydi, lekin aholining minimum turmush sharoitini ta’minlash bo’yicha qonuni qabul qilgan qaror bo’yicha chet el fuqarolari ham bu yordam pulini olishi mumkin(ayrim hollarda). Bemor og’ir kasallik, jarohat, farzand ko’rish kabi holatlar tufayli shifoxona yoki klinikada davolangan bo’lsa davlat bu davolanish pulini shifoxona yoki klinikaga to’lab beradi.
Aholining minimum turmush sharoitini ta’minlash bo’yicha qonunda belgilangan yordam puli olish huquqiga ega shaxs (chet elliklar ham kiradi) bo’lsa, har qanday shaxs tibbiy davolanish uchun yordam pulidan foydalanishi mumkin.
1-turdagi yordam puli oluvchilar | 2-turdagi yordam puli oluvchilar |
---|---|
- Milliy asosiy tirikchilik xavfsizligi benefitsiarlari orasida daromadli ish bilan ta’minlanmagan uy xo‘jaligi - Uysiz bemor - Boshqa qonunlarga taalluqli bo‘lganlar orasidan daromad keltiradigan ish bilan ta’minlanmagan uy xo‘jaliklari (falokat qurbonlari, jismoniy nogironlar, milliy xizmatlari / faxriylari, nomoddiy madaniy boyliklar egalari, Shimoliy Koreyadan qochganlar, 18-may Demokratik Harakati a’zolari, asrab olingan bolalar (18 yoshgacha), uysizlar va boshqalar) | - Milliy asosiy tirikchilik xavfsizligi benefitsiarlari orasida bandlikka layoqatli uy xo‘jaliklari - Boshqa qonunlar amal qiladiganlar orasidan bandlikka layoqatli uy xo‘jaliklari |
Tibbiy davolanish uchun yordam puli oladiganlar ham davolanish pulining ma’lum qismini o’zi to’lashi kerak.
Turi | 1-turdagi yordam puli oluvchilar | 2-turdagi yordam puli oluvchilar |
---|---|---|
Statsionar bemor | Umuman to’lamaydi | Davolanish pulining 10%ini to’laydi |
Ambulator bemor | Klinika (1,000 von) Shifoxona va umumiy shifoxona (1,500 von) Yuqori darajali shifoxona (2,000 von) | Klinika (1,000 von) Shifoxona va umumiy shifoxona (davolanish pulining 15%ini to’laydi) Yuqori darajali shifoxona (davolanish pulining 15%ini to’laydi) |
Dorixona | 500 von (1 varaq dorilar retsepti uchun) | 500 von (1 varaq dorilar retsepti uchun) |
Tibbiy davolanish uchun yordam puli oladiganlar birlamchi sog’liqni saqlash muassasasidan avvalambor davolanish uchun yordam puliga ariza topshirishi lozim. Ikkilamchi sog’liqni saqlash muassasasi, uchlamchi sog’liqni saqlash muassasasi kabilardan navbati bilan foydalansa bo’ladi. (mustasno holatlar ham mavjud)