Danuri aloqa markazi
1577-1366
Oilaviy maslahat uchun telefon raqami
1577-4206
한국생활안내 정보더하기 사이트로 이동

Chaqaloqlarning sog'lig'ini nazorat qilish

  • Home
  • Homilador bo’lish va bola tarbiyasi
  • Chaqaloqlarning sog'lig'ini nazorat qilish

Chaqaloqlarning sog'lig'ini nazorat qilish

Chaqaloqlar tana rivojlanishi tezlashib onasidan olgan immuniteti pasayib har xil kasalliklarga chalinishga moyil bo’ladi. Bu davrda tibbiy punkti orqali chaqaloqning sog’likni nazorat qilish va kerakli emlash vaksinalarini bepul olsa bo’ladi.

01Bolaning rivojlanish bosqichi

(1)Og’irligi

Tug’ilgan paytida 3kg, 6 oy bo’lganida 2 barobar (6kg), 1 yil bo’lganida 3 barobar(9kg) bo’ladi.

(2)Bo’yi

Tug’ilgan paytida 50 cm lar, 1 yilda 1,5 barobar (75cm) bo’ladi.

(3)Tana rivojlanishi

Tana rivojlanishi
4 oy Boshini tuta oladigan, yotgan holida tanasini chap tomonga va o’ng tomonga o’gira oladigan bo’ladi.
5 oy Tanasini o’gira oladigan bo’ladi (qornidan bilan yotgan bo’lsa o’girilib orqa bilan yota oladigan)
6 oy Orqasidan qorin tomonga o’girila oladigan, pastga qarab yotgan holatda ikki qo’li bila o’z tanasini tutib tura oladigan bo’ladi.
7 oy Boshqalar yordamida o’tira oladigan bo’ladi.
8 oy Boshqalar yordamisiz o’zi mustaqil o’tira oladigan bo’ladi.
9 oy Emaklab yuradigan bo’ladi.
10 oy Mebellarga suyanib o’rnidan tura oladigan bo’ladi.
12 oy Mebellarga suyanib oyog’ida yura oladigan bo’ladi.
Yodda tuting!
Bola tarbiyasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar

Bolani tarbiyalash jarayonida oiladagi yoshi kattalarning bola tarbiyalash usuli bilan yoshlarning bola tarbiyalash usuli boshqacha bo’lgani uchun kelishmovchiliklar kelib chiqishi mumkin.Bunaqa kelishmovchiliklar koreys oilalarida ota-ona va yosh er-xotin o’rtasida tez-tez uchrab turadi. Bunaqa vaziyatda ota-ona bilan gaplashgan holda tushunmovchilikni bartaraf etish lozim.

Bola tarbiyasidagi kelishmovchiliklarga misollar
  • Ovqat yoki sutni bola xohlagan vaqtida berish. ↔ Vaqtni belgilab o’z vaqtida berish.
  • Semiz bo’lsa yaxshi bo’ladi deb ko’p ovqat berish. ↔ Me’yori bilan yedirish.
  • Injiqlik qilsa ko’tarish. ↔ Tez-tez ko’taraversa bola injiq bo’lib qoladi.
  • Bolaga sovuq sut ichirsa ichaklari mustahkam bo’ladi. ↔ Judayam sovuq ichimlik bolaning ichaklariga zarar.

02Emlash

Emlash degani infeksion kasalliklarni oldini olish uchun infeksion kasalliklarning oldini oladigan ukolni chaqaloqqa emlanuvchi shaxsga qilish aytiladi.

(1)Emlash ukolini olishdan oldin e’tibor qaratilishi kerak bo’lgan tomonlar

  • Bolaning sog'lig'i yaxshi bo‘lgan kunlarda bolaning sog'lig'i bilan yaqindan tanish bo‘lgan ota-ona bolani emlash uchun olib borishi kerak.
  • Chaqaloqni avval cho’miltirgandan so’ng, toza kiyimlar kiydirib olib boriladi.
  • Emlash uchun belgilangan muassasani aniqlab doim boriladigan yaqin tibbiyot muassasasida emlatgan yaxshi.
  • Odamlar ko’p vaqtga mo’ljallamasdan, uzoq kutmaslik uchun oldindan yozilib borgan yaxshi.
  • Kutish vaqtida yetarli darajada suyuqlik ichib xotirjamlikni ta’minlagan yaxshi.
  • Emlashdan oldin ko’rik payti, biron joyi og’riyotgan yoki xronik kasalligi bo’lsa albatta shifokorga aytish kerak.
  • Bolaning emlash jadvalini tekshiring va emlash tarixini nazorat qilish uchun emlash daftarchasini oling.
    • Emlash ma’lumotlari kompyuterlashtirilgan tizimda ro'yxatga olinadi va nazorat qilinadi. Kompyuterlashtirilgan ro'yxatga olinmagan emlash ma'lumotlari kabilarni tekshirish va emlash o’tkazish standartlariga muvofiq emlanadi.
  • Emlashdan keyin biron muammo paydo bo’lsa, shifoxonaga qayta borish oson bo’lishi uchun emlashni iloji boricha tushlikkacha amalga oshirgan ma’qul.
  • Bolaning emlash jadvalini aniqlab, uni nazorat qilib va tarixini yozib borish uchun tibbiy daftarchani o’zingiz bilan olib boring.
    • Bu, emlash tarixi elektron tizimda ro’yxatdan o’tkazilib nazorat qilib borilganligi bois, o’tkazib yuborilgan emlash ma’lumotini qayta aniqlash uchun zarur.

(2)Emlash ukoli olingandan keyin e’tibor beriladigan jihatlar

  • Emlashdan so‘ng, uyga qaytishdan oldin 20-30 daqiqa davomida emlash markazida nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilishi kerak.
  • Emlash kuni tanaga og’irlik bo’lmasligi uchun dam olib, 2~3 kun davomida bolaning ahvoli diqqat bilan kuzatib boriladi.
  • Emlashdan keyin emlash ukoli qilingan tana qismida og’riq, qizarib shishish, mushak og’rishi, isitma va ko’ngil aynishi kabi ozgina bo’lsa ham nojo’ya reaksiya vaqtinchalik paydo bo’lishi mumkin va 1~2 kungacha davom etishi mumkin.
  • Emlashdan keyin baland isitma yoki nafas siqishi, eshakemi, qattiq bosh aylanishi kabilar paydo bo’lsa darhol shifokorga murojaat qiling.
    • Bola yaxshi ovqatlanmasa yoki odatdagidan boshqacha bo’lsa shirokorga murojaat qiling.
  • Emlash ukoli qilingan joyni gigienik toza saqlash kerak.

03Davlat tomonidan bolalarni emlash uchun yordam puli ajratish

(1)Bolalarni emlash uchun davlat yordami dasturi

12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 18 turdagi vaktsinalarning emlash narxini to‘liq qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan, bu esa emlash ko‘rsatkichlari va emlash kerak bo‘lgan yuqumli kasalliklardan aholi xavfsizligini ta’minlaydi.

Emlanuvchilar va emlash muassasas
  • Kimlar uchun: 12 yoshgacha bolgan bolalar
  • Bepul vaksina qiladigan tashkilotlar: butun mamlakatdagi tibbiy punktlar va belgilangan tibbiy muassasalar
    Rezident ro‘yxatga olish raqami yoki chet ellik ro‘yxatga olish raqami berilgan shaxslar (shu jumladan ozod etilgan shaxslar) davlat sog'liqni saqlash markazida yoki yaqin atrofdagi maxsus tibbiy muassasada bepul emlanishlari mumkin. Koreyada 3 oydan ortiq bo‘lgan va chet ellik sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan chet el fuqarolari, agar ular (yoki vasiysi bilan) tegishli guvohnoma (pasport kabilar) bilan mahalliy sog‘liqni saqlash markaziga tashrif buyursalar, davlat sog‘liqni saqlash markazlari va belgilangan tibbiy muassasalarda bepul emlanishlari va va vaqtinchalik emlash raqamini olishlari mumkin.
    • Belgilangan tibbiy muassasalarni emlash bo‘yicha yordamchi veb-saytida (https://nip.kdca.go.kr) tekshirish mumkin.
Bolalar standart emlash jadvali (2020)
Bolalar standart emlash jadvali (2020)
Bo’lim Infeksion kasallik turlari Vaksina turlari Soni Tug'ilganda 4 hafta ichida 1 oylik 2 oylik 4 oylik 6 oylik 12 oylik 15 oylik 18 oylik 19~
23 oylik
24~
35 oylik
4 yosh 6 yosh 11 yosh 12 yosh
Davlat tomonidan emlash 1) Gepatit B HepB 3 1-chi 2-chi ukol 3-chi ukol
Tuberkulyoz BCG (qonga) 1 1-chi
Difteria Qoqshol Ko’k yo’tal DTaP 5 1-chi ukol 2-chi ukol 3-chi ukol 4-chi ukol 5-chi ukol
Tdap/Td 1 6-chi ukol
Poliomielit IPV 4 1-chi ukol 2-chi ukol 3-chi ukol 4-chi ukol
B turdagi gemofil infeksiyasi Hib 4 1-chi ukol 2-chi ukol 3-chi ukol 4-chi ukol
Rotavirus infektsiyasi RV1 2 1-chi ukol 2-chi ukol
RV5 3 1-chi ukol 2-chi ukol 3-chi ukol
Pnevmokokk PCV 4 1-chi ukol 2-chi ukol 3-chi ukol 4-chi ukol
PPSV - Juda xavfli holatlarda emlanadi
Qizamiq, Svinka, Nemis qizamig’i MMR 2 1-chi ukol 2-chi ukol
Suvchechak VAR 1 1 marta
Gepatit A HepA 2 1~2-chi ukol
Yapon ensefaliti IJEV(Faolsizlantirilgan vaksina) 5 1~2-chi ukol 3-chi ukol 4-chi ukol 5-chi ukol
LJEV(kuchaytirilgan jonli vaksina) 2 1-chi ukol 2-chi ukol
inson papilloma virusi infektsiyasi HPV 2 1~2-chi ukol
Gripp IIV - Har yili emlanadi
Boshqa emlash 2) Tuberkulyoz BCG (transdermal) 1 1-chi
  • DTaP, IPV va Hib vaktsinalari emlash taqvimiga qarab DTaP-IPV yoki DTaP-IPV/Hib kombinatsiyalangan vaktsina sifatida kiritilishi mumkin.
  • 1) Milliy emlash harakati: Tavsiya etilgan majburiy emlashlar orqali mamlakatimizda 「Yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash toʻgʻrisida」gi qonun orqali emlash kerak boʻlgan yuqumli kasalliklar va emlashni amalga oshirish meʼyorlari va usullari aniqlanadi va shu asosda moliyaviy resurslar va yordam koʻrsatiladi.
    2) Boshqa emlashlar: Emlash kerak bo’lgan yuqumli kasalliklar va belgilangan yuqumli kasalliklardan tashqari xususiy tibbiyot muassasalarida emlash mumkin bo'lgan pullik emlashlar.
Davlat xizmati
  • Emlash tarixini tekshirish
    Emlash yordamchisi veb-sayti (https://nip.kdca.go.kr) emlash bilan bog'liq turli xil ma’lumotlarni taqdim etadi va farzandingizning emlash tarixini tekshirish imkonini beradi*.
    • Emlash yordamchisi veb-saytiga a’zo sifatida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng , siz farzandingiz haqidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz kerak.
    • Emlash yordamchisi veb-saytiga kiring → Emlashni boshqarish → Bolalarni emlashni boshqarish → Bola haqida ma’lumotni ro‘yxatdan o‘tkazish → Bolaning emlash tarixini tekshirish
  • Bepul emlanganlik haqida sertifikatni olish
    Vaksinatsiya yordamchisi veb-saytidan emlash sertifikatini (koreys va ingliz) olishingiz (chop etishingiz) mumkin.
    • Emlanganlik haqida sertifikat olishda elektron imzo kerak bo’ladi.
  • Emlash haqida SMS xabar xizmati
    Ushbu xizmat oluvchilarga keyingi emlash jadvalini kuzatishni yo‘qotmasdan boshqarishga yordam berish uchun taqdim etiladi. Emlash jadvalini to‘ldirishda mobil telefoningizga matnli xabarlarni olishga roziligingiz bilan siz emlash taqvimi asosida oldindan bildirishnoma va o‘tkazib yuborilgan emlash matnli xabarlarini olishingiz mumkin. Bir nechta tillarda matnli xabarlar xizmatini olish uchun siz sog'liqni saqlash markazi yoki emlash muassasasidan kerakli tilni so‘rashingiz kerak. Bunday holda siz ushbu tilda matnli xabarlarni qabul qilish uchun mobil telefon raqamini qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin.
    • Agar siz ko‘p tilli matn xizmati yo‘naltiriladigan mobil telefon raqamini qo‘shmasangiz, u mavjud ro‘yxatdan o‘tgan raqamga yuboriladi.
    • Ko'p tilli xizmat bilan ta’minlash(12 til): nepal, laos, rus, mo'g'ul, vyetnam, ingliz, o'zbek, yapon, xitoy, kambodja, tay va filippin tillarida amalga oshiriladi.

(2)B virusli gepatiti perinatal infeksiyasining oldini olish loyihasi

Ushbu loyiha zarur profilaktika chora-tadbirlarini tasdiqlash va gepatit B bilan kasallangan onalardan tug'ilgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarda gepatit B infektsiyasining* oldini olish uchun o‘tkazilgan antigen va antitana testlari narxini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

  • Perinatal infektsiya: Tug'ilishdan oldin va undan keyingi davrda (homiladorlikning 29 xaftasidan tug'ilgandan keyin 1 haftagacha) onadan bolaga yuqadi.
Yordam oladigan shaxslar va loyihada qatnashish tartibi
  • Yordam oladigan shaxslar: B virusli gepatit B sirt antigeni (HBsAg) yoki e-antigeni (HBeAg) ijobiy bo'lgan onalardan tug'ilgan chaqaloqlar
  • Dasturda qatnashadiganlar tug’ruq muassasasiga onaning B virusli gepatit testining natijalarini va dasturda qatnashish uchun shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etishga rozilik varaqasini topshirsa qatnashishlari mumkin.
    • Rozilik varaqasini to'ldirayotganda, B virusli gepatitga qarshi emlash va emlash jadvali to'g'risida SMS xabar olish xizmatiga ariza bersangiz, siz SMS xabarni olishingiz mumkin.
Qo‘llab-quvvatlash tafsilotlari :
①Immunoglobulin, ②Gepatit B ga qarshi emlash va ③Antigen/antitana miqdoriy tekshirish xarajatlarini qo‘llab-quvvatlash
  • Asosiy gepatit B dan keyin (1 dan 3 gacha), qayta emlash (3 martagacha) va qayta sinov (2 martagacha) birinchi antigen / antitana testi natijalariga qarab qo‘llab-quvvatlanadi.
Emlash tadbirlari jadvali
  • (Tug'ilgandan so‘ng darhol (12 soat ichida)) Immun globulin va gepatit B bilan birlamchi emlash
    • Erta tug'ilgan chaqaloqlar Tug'ilganda vazni 2 kg dan kam bo‘lgan tug'ilganlar uchun umumiy 4 marta (1, 2, 6 oygacha) asosiy emlash kerak.
  • (1 oylik) Gepatit B ga qarshi 2-emlash
  • (6 oylik) Gepatit B ga qarshi 3-vaksinatsiya
  • (9-15 oylik) Gepatit B antijeni va antitana birinchi miqdoriy test
    • Qayta emlash va qayta sinov sinov natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

(3)Inson papillomavirusi (HPV) infektsiyasiga qarshi milliy emlashni qo‘llab-quvvatlash loyihasi

Odam papillomavirusi (HPV) infektsiyasiga qarshi emlash, asosan, HPV infektsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan bachadon bo‘yni saratoni, anogenital saraton va bosh va bo‘yin saratonining oldini oladi*
HPV vaktsinasining maksimal ta’siridan foydalanish uchun OPV infektsiyasining asosiy sababi bo‘lgan jinsiy aloqadan oldin emlashni yakunlash kerak.
Katta jismoniy va hissiy o‘zgarishlarni boshidan kechirayotgan 12 yoshli o‘spirin o‘smir qizlarga sog‘lom ayol bo‘lib o‘sishlariga yordam berish uchun professional tibbiy maslahat va OPV ga qarshi emlash xizmatlari mavjud.

  • Bachadon bo‘yni saratonining 90% hamda anogenital va og‘iz-halqum saratonlarning 70% OPV infektsiyasiga bog'liq.
Qo‘llab-quvvatlash uchun maqsadli guruh
  • 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smir qizlar
  • 18 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan ayollar (daromad mezonlari asosida qo‘llab-quvvatlash*)
    • Tirikchilik uchun asosiy mablag‘lar bilan ta’minlash to‘g‘risidagi Milliy qonunga ko‘ra, asosiy farovonlik daromadi oluvchilar va keyingi quyi sinf (standart o‘rtacha daromadning 50% yoki undan kami)
Qo‘llab-quvvatlash ma’lumotlari:
  • (Umumiy) Odam papilloma virusi (HPV) infektsiyasiga qarshi 2-3 marta emlash
    • Birinchi emlash yoshiga asoslangan holda emlashlar soni har xil bo‘ladi: (14 yoshgacha) 2 marta, (kamida 15 yosh) 3 marta
  • (12 yosh) Jinsiy balog‘atga etishish va rivojlanish va hayz ko‘rish bilan bog‘liq tibbiy maslahatlar berish
Qo‘llab-quvvatlanadigan vaktsinalar :
Gardasil (HPV4), Servariks (HPV2)
  • Gardasil 9 bundan mustasno

(4)Grippga qarshi emlashni qo‘llab-quvvatlash milliy loyihasi

Gripga qarshi emlash darajasini yaxshilash va gripp infektsiyasining yuqori asoratlari bo‘lgan yuqori xavfli guruhlarni tashkil etuvchi keksa fuqarolar, homilador ayollar va bolalar uchun kasallik yukini kamaytirish, emlash xarajatlari toʻliq qoʻllab-quvvatlanadi.

Yordam olish huquqiga ega bo‘lganlar :
6 oylikdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Qo‘llab-quvvatlash tafsilotlari :
1 ta grippga qarshi emlash
  • Agar 9 yoshgacha bo‘lgan bola grippga qarshi emlashni birinchi marta olgan bo‘lsa , 2 ta vaksina dozasi kamida 4 hafta oralig‘ida qo‘llaniladi.
Bu ish “KOGL (Korea Open Government License) 4 -toifa: Manba ko'rsatkichi+Tijorat maqsadlarida foydalanish+O'zgarishlarni taqiqlash” shartiga muvofiq ishlatilishi mumkin.