Danuri aloqa markazi
1577-1366
Oilaviy maslahat uchun telefon raqami
1577-4206
한국생활안내 정보더하기 사이트로 이동

Sanoatdagi baxtsiz hodisalarga qarshi sug’urta

  • Home
  • Ishga kirish va ishlash
  • Sanoatdagi baxtsiz hodisalarga qarshi sug’urta

Sanoatdagi baxtsiz hodisalarga qarshi sug’urta

01iIshlab chiqarishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalar kompensatsiya sugʻurtasi

Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan baxtsiz hodisalar kompensatsiya sugʻurtasi yakka tartibdagi tijoratchilardan sugʻurta toʻlovi oladi va mablagʻ tashkilot egasiga emas uning ishchilariga toʻlab beriladi. Asosan, u ishchilarni yollaydigan barcha korxonalar va kompaniyalar uchun amal qiladi. Agar ishchi sanoat falokatidan jabrlangan boʻlsa, u Koreya mehnatkashlar uchun tovon toʻlash va ijtimoiy taʼminot xizmatiga ariza bilan murojaat qilishi kerak va baxtsiz hodisa uchun tovon puli tekshiruvdan so'ng berilishi mumkin.

  • Quyidagi vebsaytlarga qarang: Korea Workers’ Compensation & Welfare Service website – Media room – Brochure for foreigners – 2020 English Brochure (Koreya ishchilarining kompensatsiya & shaxsiy ehtiyojlari uchun xizmatlar vebsayti–Media xonasi – Chet ellilar uchun broshyura– 2020 ingliz tilidagi broshyura)

(1)Sanoatdagi baxtsiz hodisalar asosiy elementlari

  • Xodimlar yoki ularning oila aʼzolari ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni kompensatsiya toʻlovini olishga toʻgʻridan-toʻgʻri Korea Labor Welfare Corporationga (Korea mehnat farovonligi korporatsiyasi) (☎1588-0075). murojaat qilishlari mumkin.
  • Ishlab chiqarishda yuzaga keladigan baxtsiz hodisa tugʻilganda erta davolash (shoshilinch davo) juda muhim hisoblanadi. Jabrlanganlar tashxis va davolanish uchun mutaxassis koʻrigidan oʻtishlari kerak. Barmoq oʻtkir kesilib ketishi kabi holatlarda jabrlanuvchi shifoxonaga shoshilinch qayta tiklash operatsiyasini amalga oshirish uchun borishi kerak..
  • Ishlab chiqarish jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisani davolash mobaynida tashkilot xodimni ishdan boʻshata olmaydi yoki mamlakatdan deport qilishga majburlay olmaydi. Hattoki baxtsiz hodisa xodimning xatosi tufayli yuz bergan boʻlsa ham, ish joyida sodir boʻlgan holatda xodimda ishlab chiqarish paytida yuzaga kelgan baxtsiz hodisa kompensatsiyasini olish imkoniyati boʻladi.
  • Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisa sugʻurtasi toʻlovlari faqatgina ishchining bankdagi shaxsiy hisobigagina toʻlab beriladi, shu sababli, ishchilarda oldindan bank hisob raqami boʻlishi lozim.

(2)Ro’yxatdan o’ta oladiganlar

Ishlab chiqarish jarayonida yuz beradigan baxtsiz hodisalar kompensatsiya sugʻurtalash qonuni bilan tartibga solinadigan korxonalar yoki ushbu korxonalarning ishchilari, shuningdek ularning oila aʼzolari ish jarayonida halok boʻlish, nogiron boʻlib qolish, kasallikni orttirish, jarohat olish kabi holatlar yuzasidan kompensatsiya olish uchun ariza berishlari mumkin.

(3)Hujjatlarni tayyorlash

Tibbiy xarajatlarni qoplab berishi uchun ariza varaqasini toʻldirayotgan paytingizda halokatning mazmuni va sodir boʻlgan sanasini toʻliqligicha, bexato yoritishga ahamiyat bering. Agar xodim ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa uchun tibbiy muassasada davolansa, u oʻz nomidan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa uchun kompensatsiya toʻlovi uchun tibbiy muassasaga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

(4)Kompensatsiya jarayoni

  • Baxtsiz hodisa ro’y berishi
  • Kasalxonaga oboriladi
  • Shifokor diagnoz qog’ozi olinadi
  • Eng avvalgi davolanish arizasi yoziladi
  • Tashkilotga topshiriladi
  • Baxtsiz hodlsa ro’y berganligl tafsilotlari vajarohat tekshirlladi
  • Tibbiy konsultatsiya(kerak bo’lsa)
  • Muhokama qilish va qaror qabul qilish
  • Qabul qilinganqaror haqida xabar beriladi
    (ariza beruvchi, korxona, tibbiy muassasa)

(5)Sanoatdagi baxtsiz hodisalarga qarshi sug’urta pulining turlari

Sanoatdagi baxtsiz hodisalarga qarshi sug’urta pulining turlari
turi Mazmuni Tegishli shaxs
Tibbiy davolanish uchun yordam puli Ish paytida jarohat olsa yoki og’ir kasallikka chalinsa tibbiy muassasadan davolash uchun ketadigan xarajatlarni tuzalib ketgunicha beriladigan yordam puli
  • Tibbiy xarajatlar: davolash uchun shifoxona xarajati talab etiladi
  • Parvarish qilish toʻlovi: keksa bemorlarni parvarishi uchun talb qilinadi
  • Oʻtkazma toʻlovlari: Ambulator davolanish uchun oʻtkaziladigan toʻlov
  • Boshqa: Ishchilarning oʻz hisoblaridan toʻlanadigan boshqa yordam va davolanish toʻlovlari
Jabrlanuvchi
Dam olayotgani uchun yordam puli Davolanayotganligi uchun ishga chiqa olmayotgan vaqti uchun jarohatlangan ishchi va uning oila a’zolarining yashashini himoyalash uchun 1 kishiga o’rtacha ish haqining 70% ini to’laydigan yordam puli Jabrlanuvchi
Jarohat kompensatsiyasi nafaqasi Agar tibbiy muolaja xarajatlarini oluvchi ishchi 1chidan 3 chigacha bo‘lgan o’rta daraja vakili bo‘lsa va 2 yoki undan ortiq yildan beri davolanayotgan bo‘lsa, ta’til puli o‘rniga shu nafaqa puli beriladi. Jabrlanuvchi
Baxtsiz hodisa tufayli yordam puli Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelgan baxtsiz hodisa tufayli nogironlikka yuz tutganda, Nafaqa puli nogitonlikning qay darajada (1-14- sinf) jiddiyligiga qarab toʻlanadi. Jabrlanuvchi
Hamshira qaramog’ida bo’lish uchun yordam puli Davolanish yordam pulini olgan shaxslar orasida davolangandan so’ng tibbiy tomondan odatda yoki muntazam ravishda hamshira qarovi kerak bo’lsa va rostdan ham hamshira qarovida bo’lgan bemorlarga beriladi. Jabrlanuvchi
Ishga yana tiklanish uchun yordam puli
  • Shaxsiy jarohati boʻlgan shaxslar uchun ish joyini saqlaydigan ish beruvchilar uchun imtiyozlar (1 ~ 12-sinf)
  • Ishlab chiqarish jarohati olgan ishsizlar uchun kasbiy taʼlim beradigan ish beruvchilar uchun imtiyozlar (1 ~ 12-sinf)
  • Ishga qaytish: Ish beruvchi
  • Taʼlim xarajatlari: Kasbiy taʼlim agentligi
  • Mashgʻulotlar uchun nafaqalar: Jabrlanuvchi
Yaqin kishisini yo'qotganlik uchun nafaqalar va dafn xarajatlari Xodim halok boʻlgan taqdirda tirik qolgan oila aʼzolarining asosiy hayotiy taʼminoti uchun omon qolgan oila aʼzolariga beriladigan dafn marosimi xizmatlari va nafaqalar.
  • Omon qolgan oila uchun nafaqalar: omon qolgan oila
  • Dafn marosimini oʻtkazish xarajatlari: dafn marosimini oʻtkazgan odamlar (omon qolgan oila, va boshqalar)

02Asosiy xavfsizlik qoidalari

Halokatlarning oldini olishning eng birinchi sharti ishlash joyi va atrofidagi yo’laklarni tez-tez tozalab, yaxshilab tartibga keltirib qo’yishdir. Kirish yo’lagiga yotgan har xil to’siq bo’ladigan narsalarni tozalab, o’tishda xalaqit bermaydigan qilib qo’yib sirpanchiq joy yo’qligini har kuni tekshirib turish lozim. Quyida barcha ish joylarida albatta rioya qilinishi lozim bo’lgan xavfsizlik qoidalari berilgan:

  • Ish joyidagi xavf omillarini hisobga olgandan keyin ishni boshlang
  • Tozalash, ta’mirlash yoki xizmat ko‘rsatish ishlaridan oldin elektr ta‘minotini o‘chiring
  • Ishlayotganda ish kiyimida bo‘ling; ish joyida chekmang yoki ovqatlanmang.
  • Aylanadigan qismli uskuna bilan ishlaganda paxtali qo‘lqop kiymang
  • Himoya moslamalari kiying, masalan, himoya shapkasi yoki poyabzali.
  • Kesish, dastgohlarni ishlatish vaqtida zarrachalar uchadigan va chang bo‘ladigan joyda himoya ko‘zoynaklarini taqing.
  • Zararli materiallarni tasniflash va belgilangan joyga turiga qarab joylashtirish va saqlash lozim.
  • Tozalash vositasi, yelim kabi organik moddalar bilan ishlayotgan paytda himoyalovchi maska taqish lozim.
  • Har doim favqulodda qochib chiqish joyi qayerdaligini aniqlab qo’yish lozim.
  • Favqulodda yordam qutichasi va o’t o’chiruvchi purkagich qayerdaligi aniqlab qo’yish lozim.
  • Taqiqlash, ogohlantirish belgisi va yo’l-yo’riq belgisi kabi xavfsizlik va sog’liqni saqlash ko’rsatmalarni yaxshilab bilib olish lozim.
  • Ovqatlanayotganda qo’llarni yaxshilab yuvib yeyish lozim.

03Bilish kerak bo’lgan xavfsizlik va sog’liqni saqlash ko’rsatmalari

(1)Taqlqlash

  • No entry
    < No entry >
  • No thoroughfare
    < No thoroughfare >
  •  No vehicle thoroughfare
    < No vehicle thoroughfare >
  • Do not use
    < Do not use >
  •  No passengers
    < No passengers >
  • No smoking
    < No smoking >
  • No flames
    < No flames >
  • Do not move objects
    < Do not move objects >

(2)Ogohlantlrish

  • Inflammable substances
    < Inflammable substances >
  • Acidic substances
    < Acidic substances >
  • Explosive substances
    < Explosive substances >
  • Toxic substances
    < Toxic substances >
  • Corrosive substances
    < Corrosive substances >
  • Radioactive substances
    < Radioactive substances >
  • High voltage
    < High voltage >
  • Hanging objects
    < Hanging objects >
  • Falling objects
    < Falling objects >
  • High temperature
    < High temperature >
  • Low temperature
    < Low temperature >
  • Floor may be slippery
    < Floor may be slippery >
  • Laser beams
    < Laser beams >
  • Carcinogens, mutagens, biohazards, toxins, respiratory system irritants
    < Carcinogens, mutagens, biohazards, toxins, respiratory system irritants >
  • Hazardous location
    < Hazardous location >

(3)Yo’rlq

  • Wear goggles
    < Wear goggles >
  • Wear a gas mask
    < Wear a gas mask >
  • Wear a dust mask
    < Wear a dust mask >
  • Wear a face guard
    < Wear a face guard >
  • Wear a safety helmet
    < Wear a safety helmet >
  • Wear earplugs
    < Wear earplugs >
  • Wear safety boots
    < Wear safety boots >
  • Wear safety gloves
    < Wear safety gloves >
  • Wear a safety suit
    < Wear a safety suit >

(4)Ma’lumot

  • Green cross
    < Green cross >
  • First aid
    < First aid >
  • Stretcher
    < Stretcher >
  • Washing station
    < Washing station >
  • Emergency instruments
    < Emergency instruments >
  • Emergency exit
    < Emergency exit >
  • Emergency exit on left
    < Emergency exit on left >
  • Emergency exit on right
    < Emergency exit on right >
Bu ish “KOGL (Korea Open Government License) 4 -toifa: Manba ko'rsatkichi+Tijorat maqsadlarida foydalanish+O'zgarishlarni taqiqlash” shartiga muvofiq ishlatilishi mumkin.