01Koreys oilalarining o’ziga xos xususiyatlari
Koreys oilalarining hayot-tarzi boshqa davlatlardan farqlanib turuvchi o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Koreys oilalarining xususiyatini tushunib olsangiz Koreyada yashash ancha osonlashib, koreys madaniyatini tushunishda katta yordam beradi. Oilaviy madaniyatlar har bir oilada turlicha bo’lib, hududlarga qarab ham farq qiladi. Koreya an'anaviy tarzda qadimdan konfutsiylik madaniyatining ta’sirini olib kelgan. Shu bois, koreys oilalari madaniyatining konfutsiylik madaniyatiga ega bo’lgan boshqa davlatlar madaniyati bilan o’xshash tomonlari ko’p bo’lsa ham, sanoat rivojlanishi ildamlashgan hozirgi vaqtda koreys oilalari madaniyati ham borgan sari o’zgarib bormoqda.
(1)Oilaviy qarindoshlik aloqalari
- Oilaning har bir a’zosi baxtli bo’lish uchun o’zaro ahil bo’lishni muhim deb hisoblaydi.
- Oilada katta-kichik o’rtasidagi o’zaro hurmat va tartib muhim hisoblanadi. Oilada bolalarga ota-ona, bobo-buvi, qarindoshlar, umuman olganda yoshi kattalarni hurmat qilishni o’rgatib borishadi.
- Voyaga yetgan farzandlar keksa ota-ona bilan birga yashaydigan holat ham bor, lekin keksalikni o’zi mustaqil o’z uyida, turmush o’rtog’i bilan birga o’tkazishni xohlaydigan keksa ota-onalar ham ortib bormoqda.
- Turli ko’rinishga ega jamiyat va fikrning o’zgarishi hamda undan tashqari bir necha omillarga ko’ra oila ko’rinishi ko’payib bormoqda. Bir boquvchili oila, buva-buvi va nevaralardan iborat oila, multi-madaniyatli oila, bola asrab olgan oila, qayta turmush qurganlar oilasi, 1 kishilik oila kabi turli ko’rinishdagi oilaga nisbatan shaxsiy va jamiyat fikri ijobiy o’zgarmoqda.
(2) Er-xotin aloqalari
- Er-xotin o’rtasidagi o’zaro munosabatlar yaxshi bo’lishi kerak, lekin, oiladagi farzand sifatidagi burchi, ota-ona sifatidagi burchi ham yaxshi bajarish muhim deb hisoblaydilar.
- Oilaviy ishlarda er va xotin maslahatlashib qaror qilib, ayol bilan erkak oilani boqish, farzand tarbiyasi, ro’zg’or ishlari kabilarga birgalikda javobgar degan tushuncha kuchayib bormoqda.
- Turmush o’rtoq bilan muloqot qancha yaxshi bo’lsa, farzand tarbiyasi bilan birgalikda shug’ullanish qanchalik yuqori bo’lsa, er-xotin munosabatidan qoniqish ham shunchalik yuqori bo’ladi.
(3)Koreyaning hayot tarziga ko’nikish
Nikoh orqali oilaviy munosabatlari, turmush tarzi, dunyoqarashi o’zaro farq qiladigan kishilar bir oilani tashkil etadi. Shuning uchun oilaviy hayotga bo’lgan fikrdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf qilib borish oilvaviy hayotning boshida muhim hisoblnadi. O’zaro boshqacha madaniyatga ega ikki shaxs bir-birini topib xalqaro nikohdan o’tgan holatda esa oilaviy hayotga bo’lgan fikrdagi qarama-qarshiliklar yanada kuchliroq bo’lishini yodda tutish lozim. Turmush o’rtog’ingiz bilan fikringiz to’g’ri kelmasligi bois oilaviy hayotda qiyinchililkar bo’lsa quyidagicha usulni tavsiya etamiz.
- Bir-birining oilalari madaniyatini tushunish uchun harakat qilish
- Turmush o’rtog’i va uning ota-onasidan oilaviy an’analar to’g’risida bilmaganlarini so’rab olish
- Oilaviy hayotdagi muammolarni suhbat orqali kelishib hal qilish
- Yolg’iz hamma narsani hal qilishga urinmay, atrofdagilardan yordam so’rash
- Maslahat beruvchi tashkilot Danuri Helpline(☎1577-1366)dan foydalanish
- Shunday usullar bilan ham muammo hal bo’lmasa, maslahatchi bilan gaplashib olgan yaxshi va bu uchun Danuri Helpline (☎1577-1366) raqamiga qo’ng’iroq qilish kifoya.
02Til odobi
Koreyada boshqa davlatlardan farqli o’laroq, bir xil darajada bo’lsa ham vaziyatga qarab kishilarni turli xil so’zlar bilan chaqiradilar. Shuningdek, bunda sof koreys tili “chingho” va xitoy so’zlaridan aralash foydalaniladi. Shuning uchun “hoching” yoki “chiching”ni noto’g’ri ishlatsa tarbiyasiz kishiga o’xshab ko’ringanligi sababli e’tiborli bo’lib talab etiladi. “Hoching” bu biror kishini bevosita chaqirishda foydalaniladigan so’z bo’lib, “chiching” esa biron kishi haqida boshqa odamga gapirganda ishlatiladigan so’z va bu ikkala so’zni umumiy qilib aytganda “chingho” deyiladi.
(1)Hurmat va oddiy darajadagi gaplar
Koreys tilida biron kishi bilan gaplashishda uning yoshi, munosabatlarining yaqinligi, lavozimiga qarab turlicha ifodalanadi. Bunday hollarda gaplashayotgan kishiga nisbatan hurmat (sizlash) va oddiy muomala gapidan foydalaniladi.
- Agarda gaplashayotgan kishining yoshi katta yoki lavozimi baland bo’lsa, shuningdek rasmiy joylarda hurmat gap ishlatiladi.
- Agarda gaplashayotgan kishi do’sti yoki o’zidan kichik yoshdagi shaxs bo’lsa oddiy muomala gapi ishlatiladi.
Misol)
Pab mokta (Oddiy gap) / Jinji chapsushida (Hurmat gap)
Komavo (Oddiy gap) / Kamsatrimnida (Hurmat gap)
Chal isso (Oddiy gap) / Annyonghi keshipshiyo (Hurmat gap)
03Koreys oilalarida esga olinib nishonlanadigan kunlar
Oilaviy hayotda bolalarning tug’ilishi, to’y, janoza kabi turli hodisalar bo’ladi. Bu shaxsning o’zi va uning oilasi uchun muhim bo’lganligi sababli, bunday kunlarni xursandchilik bilan nishonlash yoki qayg’u bilan eslash odob doirasi hisoblanadi.
(1)Tug’ilgan kun marosimlari
- Pegil (100kunlik) : Koreyada bola tug’ilganiga 100 kun to’lishi munosabati bilan bayram qilib nishonlaydilar. Pegil taomlari sifatida peksolgi (guruchli non), susukyongdan (qizil fasolli nachinkali guruch), miyokkuk (dengiz karami sho’rvasi) tayyorlanib, bolaga toza va yangi kiyimlar kiydirib tabriklaydilar.
- Tol (1 yillik) : Bola tug’ilganiga 1 yil to’lgani munosabati bilan birinchi tug’ilgan kunida qarindosh-urug’lar taklif qilinib, Bolaning tug’ilgan kunini nishonlaydilar. Unga koreys milliy kiyimi hanbok kiydirilib dasturxon bezaydilar. An’anaga ko’ra, dasturxonga peksolgi, songpyon, susugyongtan kabi taomlar tortilib, undan keyin bola sog’lig’i va baxtini tilagan holda ularni olish “tolchabi” (bola nimani olishini kuzatishadi) degan maxsus marosim o’tkazilib toktam (yaxshi tilaklar) bilan sovg’alar beriladi. Hozirgi kunda restoranlarda tol tug’ilgan kunda dasturxon bezatishadi.
- Sengil (tug’ilgan kun) : Bu kishining tavallud kunini anglatib, kattalarning tug’ilgan kuni “sengshin” deyiladi. Koreyada an’anaga ko’ra tug’ilgan kunda ertalab miyokkuk (dengiz karami sho’rvasi) qaynatib ichiladi. Oilaviy sharoitga qarab mazali taomlar tayyorlanib, yaqin qarindosh yoki do’stlar taklif qilinadi. Taklif qilingan kishi tug’ilgan kun egasiga mos kerakli narsa sovg’a qiladi yoki naqd pul berishi ham mumkin.
- < Zamonaviy 'tol' dasturxoni >
(2) To’y marosimi
Koreyada milliy va zamonaviy uslubdagi to’y marosimlari mavjud bo’lib, milliy uslubdagi to’ylar hozirda deyarli yo’q bo’lib ketib, ko’pchilik zamonaviy uslubda to’y qiladi. Zamonaviy to’ylar to’y marosimi zali yoki mehmonxona, cherkov, ibodatxona va shu kabi joylarda qilinadi. Kuyov kostyum shim, kelin esa oq kelinlik libosini kiyib to’y o’tkaziladi. Zamonaviy to’y qilinsada kelin-kuyov ota-onasi, qarindoshlariga an’anaviy usulda ta’zim qiladilar. Bunday ta’zim “Pebek” deyiladi.
(3)Hvegap va kohiyon (uzoq umr tilab o’tkaziladigan marosim) yubileylari
- Hvegap yubileyi : 60 (koreys yoshi bilan 61) yoshni qarshi olganligini anglatadi. Avvalgi zamonlarda umr davomiyligi qisqa bo’lgan, shuning uchun uzoq va sog’lom umr ko’rishlarini tilab tabriklash uchun farzandlar ota-onasi uchun ushbu yubileyini o’tkazadi. Umr davomiyligi oshib borayotgan hozirgi zamonda shunchaki tabriklab qo’yishmoqda. Qadimda ziyofat o’tkazib berish muhim bo’lgan bo’lsa, hozirda farzandlar ota-onalarini sayohatga jo’natish yoki naqd pul sovg’a qilish bilan cheklanishmoqda.
- Kohiyon : 70 (koreys yoshi bilan 71) yoshni qarshi olganligini anglatadi. Yaqin kishilarni taklif qilib har yilgi tug’ilgan kundan kattaroq qilib ziyofat uyushtiriladi va sovg’alar beriladi.
(4)Dafn marosimi
Biror kishi hayotdan ko’z yumsa o’tkaziladigan marosim hisoblanadi. Vafot etgan kishining oila a’zolari marosim kiyimini kiyib, marhumga esa marhumlarga kiydiriladigan maxsus kiyim kiydiriladi. Odatda bunday kiyimni yoshi o’tgan kishilar tiriklik vaqtlari tayyorlab qo’yadi. Dafn marosimi kiyimi xonadonlar va shuningdek viloyatlarga qarab farqlanadi. Ba’zi kishilar qanor matodan tikilgan kiyim kiyadi, ko’pchilik esa oq va qora kiyim kiyadi. Munsang (ta’ziya)ga boruvchi mehmonlar o’ta yorqin rangdagi kiyimlarni kiymaydi, qora va oq turdagi liboslar kiysa maqsadga muvofiq. Ta’ziya bildirayotganda vafot etgan kishining oila a’zolari tayyorlagan usul orqali ibodat va ta’zim qilish bilan hamdardlik bildiriladi. Sharoitga qarab “ta’ziya puli” (naqd pul) ham beriladi.
- Munsang (ta’ziya) : Vafot etgan kishining oilasiga o’z hamdardligini bildirib sabr tilash
(5)Xotirlash marosimi
Olamdan o’tgan ota-onasi uchun marosim marhum vafot etgan kun yoki 1 kun oldin kechasi o’tkazilib, usuli turli. Qatnashuvchilar kamtarona kiyinib marhumni yodga oladi. Oilaviy an’analar, shaxsning diniga qarab marosimda farq bo’lishi mumkin.
- Kijesa (Har yili ajdodlarni xotirlash) : ajdodlarning vafot etgan kuni tunda o’tkaziladigan marosim bo’lib, odatda ikkitagacha shajara ajdodlari uchun o’tkaziladi.
- Chare : Bu marosim bayram kunlari marhumni xotirlab o’tkazilib, yangi yilgi xotirlash, uning Hanshik va Chusok kabi bayramlar bor.