Danuri aloqa markazi
1577-1366
Oilaviy maslahat uchun telefon raqami
1577-4206
한국생활안내 정보더하기 사이트로 이동

Tez tibbiy yordam

  • Home
  • Sog’liq va tibbiyot
  • Tez tibbiy yordam

Tez tibbiy yordam

Halokat ro’y berganida to’g’ri va tezkor chora ko’rilsa, shu orqali bemorning og’rig’ini yengillashtirib, kasallikning yomonlashishining oldini olish mumkin. Favqulodda chora ko’rilgandan so’ng darhol ☎119 (favqulodda vaziyatlarda qutqarish raqami) raqamiga yoki kasalxona tez yordam markaziga qo’ng’iroq qilib, xavfsizroq ravishda kasalxonaga borish lozim.

  • 눈에 이물질이 들어갔을 때
    (1) Ko’zga biron narsa kirib ketganda
    Ko’z qorachig’ini harakatlantirsa ahvol yana ham og’irlashishi mumkin shuning uchun ko’zni harakatlantirmasdan kutish kerak. Ko’zga kirgan narsa ko’zga sanchilgan bo’lsa sug’urib olmasdan ko’zni bint bilan bog’lagandan so’ng, ikkalasi ko’z ham yumiladi. Shundan so’ng darhol kasalxonaga borish lozim.
  • 이가 빠졌을 때
    (2) Tish tushganda
    Tish tushgan joyiga ehtiyotkorlik bilan tishni yana qaytadan qo’yib darhol stomatologiyaga borish lozim. Agar tushgan tishni o’z joyiga qayta qo’yishning iloji yo’q vaziyat bo’lsa, tishni bemorning og’iz ichiga yoki iliqroq sut idishiga solib olib boriladi. Tushgan tishni juda ham tozalab yuvish yaxshi emas.
  • 코피가 날 때
    (3) Burun qonaganda
    Avvalambor boshni oldinga egib, nafas olgan holda burun suyagining pastki qismini qo’l bilan qisiladi. Bu paytda gapirilsa yoki yutinsa yoki yo’talsa bo’lmaydi. 10 daqiqalar o’tgandan so’ng ham burundan qon oqishi to’xtamasa darhol shifoxonaga borish kerak. Burundan qon oqishi to’xtagandan keyin ham biroz vaqt davomida boshni oldinga egib, iliq suv bilan burun va og’zi atrofini tozalab, jismoniy ta’sir bo’lmasligiga harakat qilish lozim.
  • 화상을 입었을 때
    (4) Tana kuyganida
    Tana jiddiy kuygan bo’lsa va tananing katta qismi kuygan bo’lsa shifokor davolashi shart bo’ladi. Bu vaziyatda favqulodda chora ko’rish uchun sterillangan doka bilan yaxshilab bog’lagandan so’ng, bemorning nafas olishini muntazam kuzatib, bemorni zudlik bilan kasalxonaga olib borish kerak. Tana yengil kuygan bo’lsa tananing kuygan joyidagi kiyimning qismini qaychi bilan kesib, oqib turgan sovuq suvda minimum 20 daqiqa ushlab turib issiqlikni tushirish lozim. Tananing kuygan joyini aslo qo’l bilan ishqalash mumkin emas va paydo bo’lgan suv pufakchasini ham yormaslik kerak. Agar jarohat og’ir bo’lsa dori surtib qo’yish kifoya qilmaydi. Jarohatlangan joyni yurakdan ko’ra yuqoriroq qilib ko’tarilsa og’riqni kamaytirsa bo’ladi.
  • 감전되었을 때
    (5) Elektr toki urganda
    Avvalambor zudlik bilan elektr toki o’chiriladi. Agar elektr tokini uzishning iloji bo’lmasa tok o’tkazmaydigan kiyim kiyib, to’k o’tkazmaydigan narsa orqali tok urishiga sabab bo’lgan tok vositasini bemorning tanasidan ajratib olinadi. Bemorni qutqargandan so’ng bemor hushidan ketmaganligi tekshiriladi, agar hushidan ketgan bo’lsa nafas olishi va yurak urishi tekshiriladi. Agar nafas olishi to’xtab qolgan bo’lsa sun’iy nafas beriladi. Agar yurak urishi to’xtab qolgan bo’lsa sun’iy nafas berilib, yuragi massaj qilinadi. Odamni elektr toki urganda tananing ichki a’zolari kuyishi mumkin, shuning uzun bemor hushini yo’qotmagan bo’lsa ham zudlik bilan tez yordam chaqirib shifoxonada davolanishi lozim.
  • 일사병·열사병
    (6) Oftob urishining 2 ta turi
    Oftob urishining 1-turida tananing bosh va bo’yin qismi quyoshning to’g’ridan to’g’ri tushgan nuri tufayli oftob urishi bo’lib, 2-turi esa tananing ichidagi issiqlikni tashqariga chiqarolmagan paytda paydo bo’ladigan oftob urishi kasalligidir. Bunaqa vaziyatda bemorni salqin va soyali joyga o’tqazish lozim. Avval kiyimini yechib, bemorning ustiga nam sochiq yoki nam mato yopib, yelpig’ich yoki ventilyator bilan shamollatib kasalxonaga zudlik bilan olib borish kerak.
  • 질식
    (7) Bo’g’ilganda
    Odam bo’g’ilsa to’satdan nafas olishi qiyinlashadi. Shuningdek boshi orqaga ketib, ko’zi qinidan chiqgudek kattalashadi va og’ir hollarda yuz rangi ko’karib ketishi ham mumkin. Bunaqa vaziyatda bemorni toza havoli joyga o’tqazish kerak. Hushidan ketgan bo’lsa ham nafas olayotgan bo’lsa bemorning tanasini pastga o’girib asta-asta ahvolini yaxshilagan yaxshi. Agarda nafas olmayotgan bo’lsa yoki juda ham og’ir holatda bo’lsa zudlik bilan sun’iy nafas berilib, agar buning foydasi tegmasa bemor zudlik bilan kasalxonaga olib boriladi.
  • 뼈가 부러졌을 때
    (8) Suyak singanida
    Suyak singan joyi shakli o’zgargan bo’lsa yoki suyak terini teshib chiqqan bo’lsa jarohat joyini dezinfeksiya qilib, mustahkamlagandan so’ng tez yordam chaqiriladi. Jarohat joyni aslo joyidan qo’zg’ash mumkin emas. Adyol yoki yostiqdan foydalanib oyoqni yurakdan ko’ra yuqori qilib ko’tarib qo’yish lozim. Agar suyak o’rnidan chiqqan bo’lsa jarohat joyini bint bilan kengroq qilib bog’lab, iloji boricha suyak chiqqan joyni harakatlantirmaslik kerak, shunda shish pasayadi. Og’riqni qoldirishda muzdan qilingan vanna juda kor qiladi.
  • 손가락이 잘렸을 때
    (9) Qo’l barmog’i uzilib tushganda
    Uzilib tushgan qo’l barmog’ini yana qaytadan o’z joyiga ulab tikib qo’ysa bo’ladi, shuning uchun bunday hodisa ro’y bergan zahotiyoq favqulodda chora ko’rish lozim avvalambor jarohat joyini qo’l bilan bosib qon yurishini to’xtatish kerak va qo’lni yurakdan ko’ra yuqoriroqqa ko’tarish kerak. Uzilib tushgan barmoqni doka bilan yaxshilab o’rab, muz solingan yelim xaltaga solib darhol kasalxonaga olib borish lozim. Tananing uzilib tushgan joylariga qo’lni tozalamasdan tekkazish yaxshi emas.
Bu ish “KOGL (Korea Open Government License) 4 -toifa: Manba ko'rsatkichi+Tijorat maqsadlarida foydalanish+O'zgarishlarni taqiqlash” shartiga muvofiq ishlatilishi mumkin.