Danuri aloqa markazi
1577-1366
Oilaviy maslahat uchun telefon raqami
1577-4206
한국생활안내 정보더하기 사이트로 이동

Multi-madaniyatli oilalar • chet elliklarga yordam ko’rsatish xizmati

  • Home
  • Multi-madaniyatli oilalar • chet elliklarga yordam ko’rsatish xizmati
  • Multi-madaniyatli oilalar • chet elliklarga yordam ko’rsatish xizmati

Multi-madaniyatli oilalar • chet elliklarga yordam ko’rsatish xizmati

Koreya hukumati va nodavlat tashkilotlar tomonidan multi-madaniyatli oilalar va chet elliklar uchun koreys tili ta’limi, koreys madaniyati bo’yicha ta’lim, maslahat xizmati kabilar multi-madaniyatli oilalar va chet elliklarning Koreyada yashashlariga yordam berish uchun tashkil etilyapti. Ayniqsa, koreys tilini va madaniyatini bilmaydigan va koreyslar bilan muloqotda qiyinchilikka duch keladigan kishilarning Koreyaga kelganidan boshlab ularga yordam beruvchi ijtimoiy yordam markazlari orqali har xil yordam turlaridan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.

01Koreys tilini o’qitish

Koreyada bemalol yashash va koreys madaniyatini tushunish uchun birinchi navbatda koreys tilini o’rganish kerak. Shuning uchun Koreyada multi-madaniyatli oilalar va chet elliklar uchun bepul koreys tili o’quv markazlari talaygina. Multi-madaniyatli oilalarga yordam markazi, chet ellik ishchilarga yordam markazi, koreys tili o’quv markazlari kabilar chet elliklar uchun koreys tilini o’qitadigan asosiy muassasalar hisoblanadi.

02Koreys madaniyati•hayoti haqida ta’lim

Madaniyat va hayot tarzidagi farq sabab Koreyada qiyinchilikka duch kelayotgan multi-madaniyatli oilalar va chet elliklar uchun koreys madaniyati va hayotini o’rgatuvchi dasturlar tashkil etilgan. Multi-madaniyat haqida tushuncha, qonun va inson huquqlari, nikoh va oila haqida tushuncha, Koreya jamiyatiga ko’nikish uchun tashkil etilgan ma’ruzalar bilan bir qatorda amaliy darslar ham o’tiladi.

03Kompyuter ta’limi

Koreya internet juda ham rivojlangan davlat hisoblanib, deyarli barcha oilalarda o’zining kompyuteridan foydalaniladi. Internet orqali ko’p ma’lumotlar olish mumkin, internet bank, boshqaruv masalalarini bemalol hal qilish mumkin. Multi-madaniyatli oilalarni qo’llab quvvatlash markazi, chet ellik ishchilarni qo’llab quvvatlash markazi kabi ko’plab tashkilotlar internetdan izlab topish va har xil dasturlar orqali kompyuter ta’lim dasturlarini olib boradi.

04Maslahat xizmati

Koreyada istiqomat qiladigan multi-madaniyatli oilalar va chet elliklarning qiyinchiliklari va muammolarini hal qilishda yordam berish uchun maslahat xizmatlari joriy etilgan (oila haqida maslahat, ish haqida maslahat, viza haqida maslahat, qonuniy masala bilan bog’liq bo’lgan maslahat va hokazolar).

  • Bundan tashqari, ish, o’qish, og’zaki va yozma tarjima kabi xizmatlar ham mavjud bo’lib, keyingi sahifada multi-madaniyatli oilalar va chet elliklarga yordam muassasalarining yordam dasturlari haqida to’xtalib o’tamiz.
  • Xohlagan tashkilotga borib, murojaat qilsangiz bu xizmatlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Foydalanish to’g’risidagi batafsil ma’lumotni “Multi madaniyatli oilalar va chet elliklarni qo’llab-quvvatlash tashkiloti” to’g’risidagi sahifadan olish mumkin.

05Immigrant ayollarga qarshi zo'ravonlikning oldini olish

  • Ayollarga shoshilinch yordam raqami (koreys tilida)☎1366
  • Danuri koll-markazi (Chet tillarida)☎1577-1366
Zo’ravonlikdan jabrlangan immigrant ayollarni qo’llab-quvvatlovchi tashkilotlar
Zo’ravonlikdan jabrlangan immigrant ayollar boshpanasi (mamlakat bo’yicha 28 ta)
  • Oiladagi zo’ravonlik, jinsiy zo’ravonlik, odam savdosidan jabr ko’rgan immigrant ayollar(ularning farzandlari) vaqtinchalik himoya va maslahat, tibbiy, huquqiy ko’mak bilan ta’minlanadilar.
  • Bu joylar yopiq bo’lib, 1577-1366, 1366 telefon raqamlari, militsiya boshqarmasi kabilar orqali suhbatdan keyin qabul qilinadi.
Zo’ravonlikdan jabrlangan immigrant ayollar Group Home boshpanasi (mamlakat bo’yicha 4 ta)
  • Oiladagi zo’ravonlik, jinsiy zo’ravonlik, odam savdosidan jabr ko’rgan immigrant ayollar va ular bilan birgaligidagi bolalar turar joy bilan ta’minalanadilar.
  • Aholi ijara uyi uchun birinchi bo’lib kirish huquqi beriladi.
Zo’ravonlikdan jabrlangan immigrant ayollar reabilitatsiya yordam markazi (Seulda 1ta)
  • Oiladagi zo’ravonlik, jinsiy zo’ravonlik, odam savdosidan jabr ko’rgan immigrant ayollar va ular bilan birgaligidagi bolalar o’zini tiklash va reabilitatsiya uchun zarur resurslar bilan ta’minlanadilar.
  • Kasbiy-texnik ta’lim, ishga joylashishda ko’mak kabilar
Zo’ravonlikdan jabrlangan immigrant ayollar maslahat markazi (mamalakat bo’yicha 9ta)
  • Oiladagi zo’ravonlik, jinsiy zo’ravonlik va odam savdosi kabilardan jabr ko’rgan immigrant ayollar va ularning farzandlariga maslahat va tarjimon xizmati kabilar taqdim etiladi.
‘Hebaragi’ yordam markazi
  • Jinsiy zo’ravonlik, oiladagi zo’ravonlik, odam savdosidan jabr ko’rganlar uchun maslahat, tibbiy, huquqiy, tergov yordami (365 kun 24 soat davomida)
  • Zo’ravonlikning oldini olish uchun tang vaziyatlardan chiqishda yordam beriladi.
Jinsiy zo’ravonlik maslahat markazi, Odam savdosidan jabrlanganlar maslahat markazi
  • Tang vaziyatlarda va uzviy maslahat berish, bepul huquqiy yordam ko’rsatish
  • Tergov tashkiloti uchun tergov va sudda guvohlik berishda hamkorlik qilish
  • Tibbiy muassasa va hududdagi jabrlanganlar uchun himoya tashkilotlari bilan bog’lab berish
Koreya yuridik yordam tashkiloti
  • Zo’ravonlikdan jabr ko’rish bilan bog’liq huquqiy maslahat va jinoiy, fuqarolik va mahalliy da'volar bo’yicha advokat yordami.
Immigrant ayollarga nisbatan oiladagi zo’ravonlik nima?
1Jismoniy zo’ravonlik
  • Shaxsning tanasiga moddiy kuch ishlatish, shuningdek zarar yetkazish
  • Turtish, urish, qurol yoki pichoq ishlatish kabilar
2Haqoratlash va ruhan qiynash
  • Og’zaki biror kishiga zarar yetkazish, ruhan azob berish
  • Haqorat, so’kish, tanqid, tahqirlash, mensimaslik, sovuqqonlik kabi.
3Jinsiy zo’ravonlik
  • Turmush o'rtog'i jinsiy aloqa qilishni xohlamasligiga qaramay, jinsiy yaqinlik harakatiga majburlash
  • Majburiy jinsiy aloqa, majburiy bepushtlik, abort qilish, uchrashuvda jinsiy zo’ravonlik qilish, raqamli (kiber) jinsiy zo'ravonlik
4Iqtisodiy zo’ravonlik
  • Iqtisodiy kuchga ega bo'lgan er yoki xotin turmush o'rtog'iga iqtisodiy jihatdan mustaqillik huquqini bermaslik
  • O’z daromadining nazorat qilinishi holati, kasb-hunar egallashga yo’l qo’ymaslik, yashash xarajatlarini bermaslik

Koreys tilida maslahat, Ayollar tang vaziyatda telefon raqami☎1366

Chet tilida maslahat, Danuri Helpline☎1577-1366

Militsiyaga xabar berish☎112

Bu ish “KOGL (Korea Open Government License) 4 -toifa: Manba ko'rsatkichi+Tijorat maqsadlarida foydalanish+O'zgarishlarni taqiqlash” shartiga muvofiq ishlatilishi mumkin.