01Avtobus
Koreyada avtobusning shahar avtobusi, shahar tashqarisiga qatnovchi avtobus, hamda ekspres avtobus kabi
turlari mavjud. Shahar tashqarisiga qatnovchi yoki ekspres avtobuslardan foydalanishda, chiptani oldindan
sotib olish kerak. Avtobusga minishdan oldin uning jo'nab ketish vaqti va boradigan joyingizni aniqlab
olganingiz ma'qul.
(1)Shahar ichida qatnovchi avtobuslar
Shahar ichida qatnovchi avtobuslardan foydalanish tartibi
- Yo'l haqi ni avtobusga minayotganda naqd pul yoki kartochka orqali to'lanadi
- Yo'l transport kartochkalarini avtobus bekatlari yoki atrofdagi savdo do'konlaridan xarid
qilish mumkin. Yo'l haqini eng katta koreys pul birligi 50.000 vondan eng kami 1.000 vongacha bo'lgan
miqdorda kartochkaga solib ishlatish mumkin.
- Hozirgi kunda kishilar kredit kartochkalariga transport kartochkasi funksiyasini
yuklagan holda ham ulardan foydalanishmoqda.
- Yo'l transport kartochkasidan foydalanilsa yo'l narxi birmuncha arzonlashtiriladi.
Shuningdek metro yoki avtobuslarda boshqasiga almashtirib minilganda
Shahar avtobuslari narxi va xususiyatlari
Shahar avtobuslari narxi va xususiyatlari
Turi |
Transport kartochkasi |
Naqd pul |
Oddiy shahar avtobuslari |
1,500 von |
1,500 von |
Shaharlararo magistral avtobuslar |
3,000 von |
3,000 von |
Kichik shaharchalar avtobuslari |
1,200 von |
1,200 von |
- Yuqorida ko’rsatilgan jadvaldagi narxlar Seulda naqd pul orqali yo’l haqini to’lash bilan
belgilangan narx bo’lib, narxlar viloyatlarga qarab turlicha bo’lib, har bir viloyat qoshidagi shahar, tuman
idoralari saytlari orqali ma’lumotlarni bilib olish mumkin.
Yodda tuting!
Seul shahar avtobuslari
-
- Asosiy magistral avtobusi
- Asosiy katta magistral yo’li orqali Seul va viloyatlar oralig’ida qatnaydi.
-
- Mahalliy magistral avtobusi
- Seuldagi asosiy metro bekatlari yoki avtobus terminallari bo’ylab harakatlanadi.
-
- Shaharlararo magistral avtobusi
- Seulni boshqa shaharlar bilan bog’lovchi asosiy avtobus hisoblanadi.
-
- Aylana magistral avtobusi
- Seul bo’ylab nafaqat asosiy bekatlar, balki turistik va savdo markazlari bo’ylab ham
harakatlanadi.
-
- Marshrut avtobuslar
- Metro poyezd bekatlari va xalqaro magistral avtobuslarini almashtirib miniladigan bekatlar,
ko’p qavatli uylar atrofidagi bekatlar va boshqalarni bog’lab turuvchi qisqa masofaga
qatnovchi avtobus hisoblanadi.
-
- M avtobusi (Shaharlararo magistralda tezkor harakatlanvchi avtobus)
- Poytaxt shaharning transport zichligini yengillashtirib kishilarning ishga borish va
kelishlarini yengillashtirish uchun, boshlangich va so’nggi bekatlari oralig’I 5 km bo’lgan
4 ta bekatgagina qatnochi avtobus hisoblanadi.
Transportni almashtirib minish tizimi(Avtobus yoki metroga chiqqanda yoki
tushganda kartochkani o'quvchi moslamaga tiqing)
Metro poyezdlari qatnovchi barcha tumanlarda bunday tizim mavjud. Avtobusdan boshqa avtobusga
minganda yoki avtobusdan metroga almashtirib minganda narxlarga qarab arzonlashtirilgan tizimli
tariflardan foydalanish mumkin.
Masalan tizimli arzonlashtirilgan ta’riflar amalga oshiriluvchi
yo’l kartochkasidan foydalanmay naqd pul to’lab, avtobusdan avtobusga minilganda, har safar mingani
uchun yo’l kira haqini to’lash kerak bo’ladi.
Biroq yo’l kartochkasidan foydalanib transport
almashtirib minilsa, avtobus yoki metroga minilsa ham belgilangan 10 metrlik yo’l uchun qo’shimcha
pul to’lanmasa ham bo’ladi. Faqat, 10 km dan oshsa har 5 km uchun qo’shimcha yo’l haqi 100 von
to’lash lozim. Tumanlarga qarab yo’l haqining arzonlashtirilishidan farq bor. Ushbu almashlab minish
tizimidan samarali foydalanish uchun bir transportdan tushgandan so'ng 30 daqiqa ichida boshqa bir
transportga chiqing (agar kechki soat 21 bo'lsa, keyingi kuni ertalab 7 gacha 1 soat ichida)
(2)Shaharlararo va ekspres avtobuslar
Shaharlararo va ekspres avtobuslardan foydalanish tartibi
- Avtobus terminalidan yo’lga chiqib, uzoq bo’lgan viloyatlar shaharlariga yo’lga otlanganda
foydalaniladi.
- Shaharlararo avtobus turli shaharlar bo’ylab qatnaydi va shu sababdan ekspres avtobusga
qaraganda ularni minganda ko’proq vaqt ketadi.
- Ekspres avtobuslar faqat bitta belgilangan shahargagina qatnaydi. Ularning oddiy,
qulaylashtirilgan va premium turlari mavjud bo’lib. Qulaylashtirilgan (komfort) ekspres avtobuslari
o’rindiqlar orasi keng va qulay foydalanishingiz mumkin. Premium avtobuslari esa keng o’rindiq joylari yohud
stol taxtasi mavjud bo’lib, shaxsiy ekran oldi o’rindiqning orqa tarafida mavjud bo’lib kino, TV va turli
dasturlardan foydalanishingiz mumkin. Qulayliklari darajasiga munosib narxlari premium>comfort>oddiy
ekspres avtobuslar navbati bilan ajralib turadi.
Asosiy shahar avtobus terminallari
Shaharlararo yoki ekspres avtobuslarga minganda har bir hududda joylashgan avtobus terminallariga borish
lozim. KOBUS tashkiloti sayti (www.kobus.co.kr) yoki
shaharlararo avtobuslarga chiptalar buyurtma qilish (txbus.t-money.co.kr) saytidan harakatlanish ma’lumoti, chiptaga buyurtma kabilar
haqidagi ma’lumotlarni olish mumkin.
Asosiy shahar avtobus terminallari
Terminallar nomi |
Telefon raqami |
Terminallar nomi |
Telefon raqami |
Seul-Kyongbu ekspres avtobus stansiyasi |
1688-4700 |
G’arbiy ekspres avtobus stansiyasi |
1666-2600 |
Sharqiy Seul avtovokzali |
1688-5979 |
Ulsan ekspres avtobus stansiyasi |
1688-7797 |
Markaziy shahar stansiyasi Xonam |
02-6282-0114 |
Kangnung ekspres avtobus vokzali |
033-641-3184 |
Sangbong shaharlararo avtobus stansiyasi |
02-323-5885 |
Sokchxo ekspres avtobus vokzali |
033-631-3181 |
Seul janubiy avtobus stansiyasi |
1688-0540 |
Chunchon ekspres avtobus vokzali |
033-256-1571 |
Suvon avtovokzali |
1688-5455 |
Chongju shaharlararo avtobus stansiyasi |
1688-4321 |
Inchxon avtovokzali |
1666-7114 |
Mokpo avtobus stansiyasi |
1544-6886 |
Ansan avtobus stansiyasi |
1666-1837 |
Chonju ekspres avtobus vokzali |
063-277-1572 |
Ijonbu avtovokzali |
1688-0314 |
Gvangju avtobus vokzali |
062-360-8114 |
Tejon avtobus stansiyasi |
1577-2259 |
Yosu shaharlararo avtobus vokzali |
1666-6977 |
Chonan avtobus vokzali |
041-640-6400 |
Pusan shaharlararo avtobus vokzali |
1577-9956 |
Sharqiy Tegu ekspres avtobus stansiyasi |
1666-3700 |
Masan ekspres avtobus vokzali |
1688-3110 |
02Metro
Poytaxt Seul, Pusan, Tegu, Gvangju, Tejon metro poyezdlari doimiy qatnab turadi. Poytaxtning o’zida 9 ta
metro yo’nalishi va Inchxon 1-2-yo'nalishi, Bundang yo’nalishi, Yangi Bundang yo'nalishi, Kyonggui Markaziy
yo’nalish, Aeroport temir yo’li kabilar qatnamoqda. Yo’nalishlarning har biri alohida rangga ega bo’lgan
Seul metrosi Seulning eng katta va ulkan shahar, shuningdek Koreyaning deyarli barcha nuqtasiga yetkizuvchi
ko’p sonli yo’lovchi bekatlariga ega ekanligini ko’rsatib turadi. Umuman olganda metrolar ertalab, kechqurun
transport qatnovi tig’iz vaqtida 2-3 daqiqa, boshqa vaqti 4-6 daqiqa farq oralig’ida qatnaydi.
(1)Yo’l chiptasi va narxi
Yo’l chiptasi va narxi
Turi |
Yo’l transport kartochkasi |
Bir martalik yo’l kartochkasi |
Kattalar uchun |
1,400 von |
Bir martalik transport kartasidan foydalanganda yo'l haqiga 100 von qo'shiladi |
O'smirlar uchun |
800 von |
Oddiy bir martalik chipta qo’llaniladi |
Bolalar uchun |
500 von |
Yo’l kartochkasi to’lovi bilan bir xil |
- Yuqoridagi jadval poytaxt tumanlariga nisbatan 10 km lik yo’l doirasida tuzilgan bo’lib,
ishlatish va narxlar ba’zi tumanlarda farq qilishi ham mumkin. Shu sababdan har bit metro boshqaruv
saytlaridan ma’lumot olishingiz mumkin.
(2)Foydalanish usuli
- Bir marta bir tomonlama metroga minilgan holatlarda 1,250 von bo’lib, (10 kmgacha yo’l
kartochkasidan foydalanish), masofaga qarab qo’shimcha narxlar qo’shib boriladi.
- Metrolar qatnovi vaqti odatda ertalab 5.30dan yarim kechagacha hisoblanadi.
- Metro liniyalari xaritasi metro bekatlarining deyarli hammasida ko’rsatib qo’yilgan.
Shuningdek, qo’lda olib yurishga qulay cho’ntak metro xaritalarini har bir metro bekatlarida joylashgan
ma’lumotlar markazidan yoki bekat boshqarma bo’linmalaridan bepul olishingiz mumkin.
- Metro poyezdlari qatnovchi barcha tumanlarda yo’l kartochkasini ishlatish mumkin bo’lib,
avtobus va metroni almashtirib minilganda, belgilangan miqdordagi arzonlashtirilgan yo’l narxi qo’shiladi.
Narxlarning arzonlashtirilishi bekatlarga qarab farqlanib, narxlar har xil bo’lishi ham mumkin.
- Yo’l haqini naqd pul orqali to’lash ham mumkin, biroq bunda arzonlashtirilgan xizmat va
transport almashtirish to’lovi kamayishi amalga oshmaydi. Shunga ko’ra yo’l kartochkasidan foydalangan
yaxshiroqdir. Kartochkada doim bir martalik yo’l haqi to’lovidan oshiq miqdordagi summa qolishi kerak. Summa
yetmay qolgan taqdirda, avtobus bekatlari kassalari yoki metro bekatlaridagi kartochkaga pul solish
qurilmasi orqali naqd pul bilan xohlagan summani solish mumkin.
Yodda tuting!
Chipta sotish qurilmasidan foydalanish tartibi
- 1Yo’l kartochkasiga pul solish, bir
martalik yo’l kartochkasini olish, bepul yo’l kartochkasi kabilar orasidan xohlagan xizmat turi
tanlanadi.
- 2Kerakli xizmat tugmachasi
bosiladi(yo’l haqi to’lovi uchun)
- 3Sotib olinadigan kerakli
kartochkalar soni tanlanadi.
- 4Pul solinadi.
- Bir martalik yo’l kartochkasini sotib olishda qiymatga ko’ra kafolat puli (depozit)
kerak bo’lib, uni ko’zlangan manzilga yetib borgach metrodan chiqishdagi depozit pulini chiqarib
beruvchi qurilma orqali qaytarib olish mumkin. Tumanlararo 1 martalik jamoat transportidan
foydalanish kartalarining depozit pul qiymati hamda holati farq qiladi.
-
< Avtomatik chipta qurilmasi >
Bolalarni oziqlantirish xonasi
Seul, Pusan, Tegu, Inchon, Gvangju, Tejon va boshqa asosiy metro bekatlari, poyezd bekatlarida
“Bolajonlar sevgi xonasi”, “Bola va ona baxti xonasi” va h.k xonalardan yosh bolalik onalarga
foydalanishga topshirilgan.
- Kengroq ma’lumotlarni xar bir zonadagi metro boshqarish idoralariga, KORAIL va h.k
ma’sul markazlar bosh sahifasi orqali topishingiz mumkin.
(3)Metro yo’nalishlari xaritasi
Birinchi yoki so’nggi qatnov vaqti, metro bekatlar haqidagi ma’lumot, harakatlanish jadvali, tez va oson
yo’l orqali borish va boshqa shu kabilar haqida quyida keltirilgan har bir tuman metro bekatlari
bo’limlarining internet sayti orqali bilib olishingiz mumkin:
03Taksi
Koreyada taksilar 24 soat ishlaydii. Mashina ustiga turli rangdagi belgilar osib qo’yilgani sababli shaxsiy
avtomobildan osongina farqlab olish mumkin. Taksiga minish uchun taksi uchun mo’ljallangan bekatlarda kutish
yoki yo’l chetida turib qo’l silkitib o’tib ketayotgan taksini chaqirish mumkin. Telefon orqali
chaqiriladigan Koll-taksidan foydalanmoqchi bo’lsangiz yo’lkiradan tashaqari ustama (odatda 1,000 von)
bo’lishi mumkin. Koreyada har bir hududda bir nechta taksoparklar ish yuritadi.
(1)Oddiy taksilar
Ularga odatda 3-4 kishigacha minish mumkin bo’lib, yo’l kira haqini masofaga qarab o’lchovchi qurilmalar
o’rnatilgan bo’ladi. Belgilangan narxlar tumanlarga ko’ra turlicha bo’lib, taxminan 4,800 von (Seul ichida,
1.6 kmgacha) bo’ladi. Tungi 00:00-04:00gacha belgilangan narxga yana 20% qo’shimcha narxlar qo’shiladi.
(2024 yil aprel oyi bo’yicha)
(2)Delyuks taksilar
Ushbu taksi dvigateli odatda 2.000 ccdan yuqori darajada harakatlanadi. Delyuks taksilarning ko’pchiligi
qora rangda bo’lib, asosan poytaxt hududida harakatlanadi. Yo’l narxi 7,000 von (Seul hududida, 3 km gacha)
bo’lib, oddiy taksilarga qaraganda biroz qimmatroqdir. Biroq, yaxshi tomoni, tunda yoki uzoq yo’lga borganda
yo’l narxiga qo’shimcha haq olinmaydi.
(3)Grand taksilar (kolven bilan )
Odatda ko’pi bilan 9 kishigacha minishi mumkin bo’lgan katta taksi-furgon bo’lib, yukingiz yoki
hamrohlaringiz ko’p bo’lganda minishga juda qulay hisoblanadi. Barcha mashinalarda qo’ng’iroq xizmati
ulangan bo’lib, kerak vaqti dispetcher orqali bog’lanib, qachon, qayerda bo’lsangiz ham qo’ng’iroq qilib
chaqirishingiz mumkin. Yo’l narxi grand taksilardek 7,000von bo’lib, haydovchi va yo’lovchi kelishuvi orqali
ham yo’l narxini arzonlashtirish mumkin.
04Shaxsiy avtomobil
Oddiy oilalar kundalik hayotda sotib olib foydalanuvchi mashinalar hisoblanadi. Shaxsiy mashinalarning hajmi
katta yoki kichik turlari ko’p bo’lib, narxi ham odatda bir qancha milliondan o’n milliongacha turadi.
Haydovchilik guvohnomasini olish
Haydovchilik guvohnomasini olish tartibi quyidagicha
- 1Yo’l harakati xavfsizligi
qoidalarini o’qitish: Yo’l harakati xavfsizligi qoidalarini o’qitish bo’lim imtihonidan oldin
haydovchilik guvohnomasini olish imtihoni o’tkaziladigan joyda yoki yo’l harakati xavfsizlik
qoidalarini o’rgatadigan tashkilotlar tomonidan belgilangan joyda(Avtomobil boshqarishni
o’rganish o’quv markazi) da o’tkaziladi.
- 2Tibbiy ko’rikdan o’tish
(Pullik)
- 3Bo’limlarga hujjat topshirish
학과점수 표 : 필요한 서류, 수수료를 포함한 표입니다.
Kerakli hujjatlar |
To’lov miqdori |
Anketa (so’nggi 6 oy ichida olingan passport uchun rangli 3 ta rasm), shaxsiy
fuqarolik hujjati (shaxsini tasdiqlovchi hujjatga mos kelishi kerak) |
10000 KRW (8000 KRW mototsikllar uchun) |
- 4O’quv mashg’uloti imtihoni (*
Imtihon uchun hujjat topshirishdan oldin yo’l harakati xavfsizligi mashg’ulotlarini tugatgan
bo’lishi shart ) : Tuzib chiqilgan 40ta testni yechib chiqish.
- Imtihon olib boriluvchi tillar:Koreys tilidan tashqari yana 3 ta til (ingliz,
xitoy, vyetnam tillari)
- 5Amaliy imtihonga ariza topshirish :
O’quv mashg’uloti imtihonidan o’tgan kishi yoki oliy mohirlik imtihonidan o’ta olmaganlar ushbu
imtihondan qayta o’tishlari mumkin
기능접수 표 : 필요한 서류, 수수료를 포함한 표입니다.
Kerakli hujjatlar |
To’lov miqdori |
Imtihon topshirish uchun ariza, shaxsiy fuqarolik hujjati (shaxsini tasdiqlovchi
hujjatga mos kelishi kerak), : Vositachi hujjat topshiradigan hollarda : vositachi
shaxsini tasdiqlovchi hujjat, guvohnomani oluvchi shaxs tomonidan berilgan ishonchnoma
nusxasi |
- 1 va 2 kategoriyalar odatda 25,000 von
- 1- kategoriya (mikroavtobuslar) 25,000 von
- Mototsikllar 10,000 von
- 2-kategoriya (kichik avtomobillar) 14,000 von
|
- 6Amaliy imtihon : Mashinani bevosita
o’zi haydab, turli amallarni bajarish orqali imtihon topshiradi.
- 7Vaqtinchalik haydovchilik
guvohnomasini olish: 1 yoki 2-kategoriya uchun haydovchilik guvohnomasini olish uchunamaliy
imtihondan o’tganlarga katta yo’lda haydash huquqini beruvchi guvohnoma beriladi.
- 8Katta asosiy yo’lda haydash
guvohnomasi uchun ariza topshirish : Bunday guvohnomani olgan shaxs sifatida mashqlarni
hammasini bajarib bo’lib, katta asosiy yo’lda harakatlanish amaliy imtihonini topshirish uchun
imtihon topshirish kuni va joyi tayinlanadi.
- 9Katta asosiy yo’lda harakatlanish
amaliy imtihoni : Bu uchun ariza topshirilgan vaqtda tayinlangan imtihon kuni tayinlangan joyda
imtihondan o’tiladi.
- 10Haydovchilik guvohnomasini olish :
Katta asosiy yo’lda harakatlanish amaliy imtihonidan o’tgan shaxslar har bir imtihon topshirish
darajasi (1-kategoriya : katta mashinalar, 2-kategoriya oddiy mashinalar, 3-kategoriya maxsus
mashinalar, 4-kategoriya kichik mashinalar, 2- kategoriya shuningdek mototsikl va
velosipedlar)ga ko’ra turlicha guvohnomalar beriladi.
Chet eldagi haydovchilik guvohnomasini hozirgi yashayotgan mamlakat haydovchilik guvohnomasiga
almashtirish
Chet elda tegishli joyda o’qib guvohnoma olgan shaxslar elchixonadan buni tasdiqlovchi hujjat va
boshqa taqdim etilishi kerak bo’lgan hujjatlar vositasida o’sha guvohnomaning haqiqiyligi aniqlanib,
yozma tekshiruv shuningdek yozma imtihon va biror o’quv mashg’uloti imtihonidan o’tib o’sha mamlakat
haydovchilik guvohnomasiga almashtirish mumkin. Chet elda olingan guvohnomaning foydalanish muddati
qayd qilingan litsenziyaga asoslanib guvohnoma haqiqiy deb topiladi va lekin uni vaqtinchalik
guvohnoma, mashg’ulot o’tayotganlik haqidagi guvohnoma, haydovchilik sertifikati va shu kabi
guvohnomalar bilan almashtirib bo’lmaydi.
- Ariza topshirish joyi : Mamlakat hududidagi xohlagan birorta haydovchilik
guvohnomasini olish imtihoni joylari
- National Police Agency (Milliy politsiya agentligi) tomonidan 2023-yilning
22-November sanasida eʼlon qilingan tan olingan davlatlar roʻyxati
- Koreyadagi haydovchilik guvohnomasini tan oladigan davlatlar : bu hech qanday
imtihonsiz koreys haydovchilik guvohnomasini boshqa davlat guvohnomasiga almashtirib beradigan
davlatlar. Gongkong, Tayvan, Goam va boshqa shu kabilar bitta haydovchilik guvohnomasiga ega bo’lish
mumkin bo’lgan davlatlar kiradi. Imtihon belgilangandan so’ng Koreya haydovchilik guvohnomasini tan
olish yoki o’zgartirish hal qilinadi va natijasi ma’lum qilingandan keyin qonun qoidalarga rioya
qilinadi.
- Belgilangan davlat guvohnomasi koreys haydovchilik guvohnomasiga
almashtirilganda : Yozma tekshiruv (fizik tekshiruv)gina amalga oshiriladi.
- Koreya haydovchilik guvohnomasi uchun tan olinmagan davlat tomonidan
berilgan haydovchilik guvohnomasi: qobiliyat testi va skrining testi (koʻp variantli, 40 ta
savoldan iborat test) koreys, ingliz, xitoy va vyetnam tillarida mavjud.
- AQSHning Oregon va Aydaxo shtatlari tan olingan davlatlar roʻyxatiga
kiradi,, lekin bu shtatlar fuqarolari test topshirishlari talab qilinadi.
- Topshiriladigan hujjatlar
Topshiriladigan hujjatlar
Turi |
Tan olinadigan davlatlar |
Tan olinmaydigan davlatlar |
Chet ellik shaxslar, chet el fuqaroligini olgan shaxslar |
- Chet elda olgan haydovchilik guvohnomasi asl nusxasi
- Pasport asl nusxasi : Koreya hududiga kirgan kunidan chiqib
ketish kunigacha bo’lgan muddat ko’rsatilgan bo’lishi kerak
- Chet ellik ekanligini tasdiqlovchi hujjat (Koreyada yashayotgan
chet ellik ID kartasining asl nusxasi)
- So’nggi 6 oy ichida olingan rangli rasm 3 ta (ko’rsatilgan
hajmda bo’lishi kerak)
- Haydovchilik guvohnomasi haqidagi elchixona bergan tasdiqlovchi
hujjat yoki apostil
- Mamlakat hududida yashayotganini tasdiqlovchi hujjat (tug’ilgan
yilidan hozirgacha bo’lgan muddatda)
- To’lov miqdori: 8,000von (Tibbiy ko’rik xarajatlari bundan
mustasno)
|
- Chet elda olgan haydovchilik guvohnomasi asl nusxasi
- Pasport : Pasportida mamlakatga kirishchiqish shtampi (doimiy
yashovchi haqiqda sertifikat, viza inobatga olinmaydi) Haydovchilik
guvohnomasini olgan davlatda 90 kundan ortiq yashayotganligi tasdiqlanishi
lozim.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat asl nusxasi (Chet elda yashovchi
fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat ham)
- Rangli rasm 3 ta (ko’rsatilgan hajmda bo’lishi kerak)
- Haydovchilik guvohnomasi haqidagi elchixona bergan tasdiqlovchi
hujjat yoki apostil
- Mamlakat hududiga kirib-chiqishni tasdiqlovchi hujjat (tug’ilgan
yilidan hozirgacha bo’lgan muddatda)
- To’lov miqdori: 18,000von (Tibbiy ko’rik xarajatlari bundan
mustasno
|
구비서류 표 : 구분, 인정국가, 불인정국가를 포함한 표입니다.
Turi |
Tan olinadigan davlatlar |
Tan olinmaydigan davlatlar |
Koreys fuqarolari, doimiy yashovchilar |
- Chet elda olgan haydovchilik guvohnomasi asl nusxasi
- Pasport : Pasportida mamlakatga kirishchiqish shtampi kabilar
orqali Haydovchilik guvohnomasini olgan davlatda 90 kundan ortiq yashayotganligi
tasdiqlanishi lozim.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat asl nusxasi (Chet elda yashovchi
fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat ham)
- Rangli rasm 3 ta (ko’rsatilgan hajmda bo’lishi kerak)
- Haydovchilik guvohnomasi haqidagi elchixona bergan tasdiqlovchi
hujjat yoki apostil
- Mamlakat hududiga kirib-chiqishni tasdiqlovchi hujjat (tug’ilgan
yilidan hozirgacha bo’lgan muddatda)
- To’lov miqdori: 8,000von (Tibbiy ko’rik xarajatlari bundan
mustasno)
|
- Chet elda olgan haydovchilik guvohnomasi asl nusxasi
- Pasport : Pasportida mamlakatga kirishchiqish shtampi kabilar
orqali Haydovchilik guvohnomasini olgan davlatda 90 kundan ortiq yashayotganligi
tasdiqlanishi lozim.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat asl nusxasi (Chet elda yashovchi
fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat ham)
- Rangli rasm 3 ta (ko’rsatilgan hajmda bo’lishi kerak)
- Haydovchilik guvohnomasi haqidagi elchixona bergan tasdiqlovchi
hujjat yoki apostil
- Mamlakat hududiga kirib-chiqishni tasdiqlovchi hujjat (tug’ilgan
yilidan hozirgacha bo’lgan muddatda)
- To’lov miqdori: 18,000von (Tibbiy ko’rik xarajatlari bundan
mustasno)
|
- Haydovchilik guvohnomasini tasdiqlovchi elchixonadan olinadigan hujjat yoki apostil
: Chet elda olgan haydovchilik guvohnomasi ekanligini tasdiqlovchi elchixonadan beriladigan
ma’lumotnoma bo’lib, foydalanish muddati olingan kundan boshlab 1 yil muddatga berilib, o’sha
ko’rsatilgan muddat almashtirilgan guvohnoma uchun amal qilinadi.
- Haydovchilik guvohnomasi haqida elchixonadan beriladigan ma’lumotnoma yoki
apostilda amal qilish muddati guvohnoma berilgan kundan boshlab 1 yilda, ma’lumotnomada
ko’rsatilgan amal qilish muddati1 yil ichida bo’lsa ko’rsatilgan muddat hisobga olinadi.
- Haydovchilik guvohnomasi haqida elchixonadan beriladigan ma’lumotnomada
“Haqiqiyligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma emas deb yozilgan bo’lsa” almashtirib berilmaydi.
- Kanada haydovchilik guvohnomasini almashtirishda “Kanadada berilgan
haydovchilik tajribasi haqidagi guvohnoma” va “elchixona tasdiqlovchi ma’lumotnomasi”ni
birga topshirish kerak.
- AQSh’ning Koreyadagi elchixonasi/Britaniya elchixonasi/Gonkongdagi Koreya
konsulxonasi/Finlyandiya elchixonasi/Avstriya haydovchilik guvohnomalari uchun elchixona
tasdiqlari berishni to‘xtatdi, shuning uchun haydovchilik guvohnomasi uchun apostil
tasdiqlovi topshirilishi kerak.
- Haydovchilik guvohnomasi va tasdiq hujjatida olingan kun sanasi va muddati
ko’rsatilmagan bo’lsa, o’sha guvohnomani olgan boshqarma idorasidagi “Haydashga layoqatliligini
tasdiqlovchi hujjat” va shu kabi sana va muddatini aniqlash mumkin bo’lgan hujjatni topshirish
lozim.
- Mamlakat hududida kirish-chiqishni tasdiqlovchi hujjat va pasport : Mamlakat
hududida kirish-chiqishni tasdiqlovchi hujjat va pasport muhri orqali guvohnomani almashtirayotgan
mamlakat hududida 90 kundan ortiq yashagani va chet el guvohnomasi olingan davlatda ham ma’lum
muddat yashagani haqida aniqlash lozim.
- Pasport yoki mamlakat hududiga kirish va chiqishni tasdiqlovchi hujjatga ko’ra
Koreyada 90 kundan ortiq yashaganligini aniqlash imkoni bo’lmaganda, bundan tashqari ta’lim
olayotganlik (ishlayotganlik) to’g’risidagi hujjat, soliqlar hisob-kitobi va shu kabi hujjat orqali
ham tasdiqlash mumkin. Boshqa shaxsga tegishli bunday hujjatlar orqali tasdiqlash inobatga
olinmaydi.
- Chet ellik rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan 90 kun yoki undan kamroq muddatga
qisqa muddatga kelgan rezidentlar o‘zlarining xorijiy litsenziyalarini mahalliy litsenziyalarga
almashtira olmaydilar (chet el fuqarosi sifatida ro‘yxatdan o‘tishdan ozod qilinganlar bundan
mustasno).
- Koreya Fuqarolik qonunining 6-moddasiga binoan fuqarolikka ega bo’lgan shaxslar
- Almashtirilishi mumkin bo’lgan guvohnomalar
- Chet el haydovchilik guvohnomasi Koreyaning 2-guruh oddiy haydovchilik
guvohnomasiga almashtirilishi mumkin
- Ikki tomonlama bu haqida shartnoma tuzmagan belgilangan davlatlar (Belgiya,
Polsha, Ispaniya, Italiya)da olingan guvohnomalarni almashtirishda ularni Koreyaning
xohlagan guruh guvohnomasiga almashtirish mumkin
- Shuningdek : Vositachi ariza topshirishi taqiqlanadi : (Gonkong, Tayvan, Goam kabi
hech qanday imtihonsiz koreys haydovchilik guvohnomasini boshqa davlat guvohnomasiga almashtirish
mumkin bo’lgan davlatlar)
- Eslab qoling : Avval Koreyadan olgan haydovchilik guvohnomasi bekor qilingan
shaxslar, bekor qilinganlar uchun mo’ljallangan 6 soatlik o’quv mashg’ulotlariga qatnashishlari
shart. (Amaliy ko’nikma tekshiruvi muddati tugab bekor qilingan holatlarda bekor qiluvchi shaxs yo’l
harakati xavfsizlik qoidalari bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini tamomlashi talab etilmaydi.)
Xalqaro guvohnoma
Xalqaro guvohnoma
Kategoriyalari |
Mazmuni |
Tayyorlash kerak bo’lgan narsalar |
- Shaxsan murojaat qilinganda: pasport (nusxasi ham qabul
qilinadi), haydovchilik guvohnomasi, oxirgi 6 oy ichida tushirilgan 1 dona
pasport hajmidagi fotosurat (3.5x4.5cm, faqat pasport uchun tushirilgan
fotosuratlar qabul qilinadi)
- Vakil orqali topshirish: arizachining ID (asl nusxasini), 1 dona
oxirgi 6 oy ichida tushirilgan fotosurati (3.5x4.5cm, faqat pasport uchun
tushirilgan fotosuratlar qabul qilinadi) vakilning identifikatsiya kartasi (asl
nusxasi), proksi vakolatini tasdiqlovchi hujjat
- Agar vakil xorijda yashasa, mamlakatga kirishni
tasdiqlash sertifikati ham taqdim qilinishi shart.
- Koreya pasportiga ega boʻlgan koreyslar uchun Ommaviy maʼlumot
almashishga rozilik berish orqali pasport (nusxasi) qoldirilishi mumkin.
- Xorijiy millatga mansub koreya haydovchilik guvohnomasi egasiga
xalqaro haydovchilik guvohnomasi berish haqida maʼlumot
- Talab etiladigan hujjatlar: pasport, haydovchilik
guvohnomasi, xorijlik registratsiya kartasi yoki yashash joyidan
maʼlumotnoma, 1 dona oxirgi 6 oy ichida tushirilgan rasm (3.5x4.5cm,
faqat pasport uchun tushirilgan rasmlar qabul qilinadi)
|
Ariza topshirish joyi |
Mamlakat hududidagi haydovchilik guvohnomasini olish imtihoni joylari va
militsiya uchastkasi |
Foydalanish muddati |
Olingan kundan boshlab 1 yil |
To’lov puli |
8.500von |
Eslab qoling |
- AQSH va boshqa ko’pchilik davlatlarda xalqaro guvohnoma bilan
mashina haydaganda, Koreya haydovchilik guvohnomasi va pasportni birga olib
yurilmasa, bu qonunga zid bo’lib, albatta bu uch hujjatni doim birga olib yurish
kerak
- Undan tashqari AQSH, Kanada kabi davlatlarda tegishli shtat
yo’l harakati qoidalariga ko’ra xalqaro haydovchilik guvohnomasini tan olishda
farq bo’lishi mumkin. Shuning uchun elchixona orqali tashrif buyurmoqchi bo’lgan
shtatda xalqaro guvohnoma bilan avtomobilni boshqarish mumkinligini tekshiring.
- Xalqaro guvohnomadagi ism talaffuzi va Koreya guvohnomasidagi
ism talaffuzi bir-biriga mos kelmasa, xalqaro guvohnoma haqiqiy deb topilmaydi.
- Koreya hududida yashash muddatida chet eldan olgan xalqaro
guvohnoma bilan mashina haydash mumkin emas. (Aloqador dalil : Yo’l-transport
to’g’risidagi qonunning 96-bob, 3 - bandi)
- Koreya hududida yaroqli deb hisoblanuvchi xalqaro guvohnoma
nusxasini ‘International Driving Permit’ orqali kuchga ega bo’luvchi
‘International Driving License’ sifatida ishlatish mumkin emas.
- Koreya Jeneva bilan kelishuv shartnomasi tuzgan davlat
sifatida, Jenevadan olingan xalqaro haydovchilik guvohnomasi bilan Koreya
hududida mamlakatga kirgan kundan boshlab 1 yil davomida mashina haydash mumkin.
Yana, 2012 yil 1-yanvaridan boshlab, Vena hamkorlik davlatidan olingan
guvohnomalar orqali ham Koreya hududida 1 yil davomida mashina haydash mumkin.
- Koreyadan olingan xalqaro haydovchilik guvohnomasi bilan
Jenevada mashina haydash mumkin (Faqatgina, Vyetnamda mashina haydash
mumkin emas)
- Jeneva va Venadan olingan guvohnoma bilan Koreyada
mashina haydash mumkin
- Xitoyga kelsak, u Jeneva va Vena
konvensiyalarga kirmagan bo’lib, Xitoyning “bitta davlat va 2
tizim” boshqaruv usuliga ko’ra, Britaniyadan qaytarib olingan
Gonkong shahri (1997 yil 1-iyul) yoki Portugaliyadan qaytarib
olingan Makao(1999 yil 20 dekabr)dan olingan xalqaro
guvohnomalarning amal qilish muddati avvalgidek Koreyada tan
olinib, mashina haydash mumkin.
- Alohida shartnomalar va kelishuvlarga ko‘ra,
Vetnam va Tayvanda xalqaro haydovchilik guvohnomasi bilan
haydash ham mumkin, biroq undan qanday foydalanish va ruxsat
berilgan haydash turlari haqid ma’lumotlar olish uchun
elchixonadagi xalqaro haydovchilik guvohnomasi ma’lumotlariga
yoki "Xavfsiz haydovchilik integratsiyalashgan fuqarolik
arizasi" ga qarang.
|
IC haydovchilik guvohnomasi
IC (elektron karta haydovchilik guvohnomasi) haydovchilik guvohnomasi
nima?
-
Mobil haydovchilik guvohnomasini berish funksiyasi bilan jihozlangan haqiqiy
haydovchilik guvohnomasi.
-
Ushbu haydovchilik guvohnomasi standard haydovchilik guvohnomasidan litsenziya
fotosurati ostidagi mobil ID (identifikator belgisi) orqali aniqlash mumkin.
IC운전면허증 : 항목, 내용을 포함한 표입니다.
predmet |
Kontent |
Ariza berish joyi |
- Haydovchilik guvohnomasini sinovdan o‘tkazish milliy markazi
yoki politsiya bo‘limiga tashrif buyurib, ariza topshirish
- Safe Driving Integrated Civil Petition Center of the Road
Transport Corporation (Avtomobil transporti korporatsiyasining xavfsiz haydashga
integratsiyalashgan fuqarolik arizalari markazi) orqali murojaat qiling ( agar
yuqoridagi test markazi va politsiya uchastkalari kerakli qabul joyi sifatida
belgilangan boʻlsa)
|
Talablar |
- Haydovchilik guvohnomasi (Agar haydovchilik guvohnomasi
yoʻqolgan boʻlsa, ID karta talab qilinadi.)
- Mobil haydovchilik guvohnomasi arizachi shaxsan
murojaat qilgan taqdirda qabul qilinadi.
- Biroq, joyida rasmiylashtirish uchun ariza
topshirayotganda, litsenziya fotosurati mobil haydovchilik guvohnomasiga
mos kelmaydi, shuning uchun qayta rasmiylashtirish maqsadida ariza talab
qilinishi mumkin. Bunda oxirgi 6 oy ichida olingan pasport o‘lchamidagi
1 ta fotosurat (3,5X4,5 sm) taqdim etilishi kerak (qobiliyat imtihonida
yoki yangilanganda 2 varaq)
|
Toʻlovlar |
Qobiliyat imtihoniga ariza topshirishda 21 000 KRV / yangilash, qayta
chiqarish yoki yangi chiqarish uchun ariza topshirishda 15 000 KRV |
Boshqa |
- Mobil haydovchilik guvohnomasiga koʻra, ikki mobilniy telefondan
ortigʻini bir paytni oʻzida ishlatish mumkin emas.
- Smartfonni o'zgartirishga kelsak, mobil ID ilovasini o'chirish,
haqiqiy haydovchilik guvohnomasini o'zgartirish va mobil haydovchilik
guvohnomasidan foydalanish uchun mobil haydovchilik guvohnomasining amal qilish
muddati (3 yil), IC haydovchilik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish yoki
joyida berish uchun ariza talab qilinadi.
|
Mobil haydovchilik guvohnomasi
Mobil haydovchilik guvohnomasini joyida berish nima?
-
Haqiqiy haydovchilik guvohnomasini oʻzgartirishlarsiz mobil haydovchilik
guvohnomasini olish usuli.
-
Haydovchilik guvohnomasi uchun test topshirish markaziga tashrif buyurib hujjat
topshiring va mobil haydovchilik guvohnomasini oling.
모바일면허증 : 항목, 내용을 포함한 표입니다.
Predmet |
Kontent |
Ariza topshirish joyi |
- Seoul Seobu & Daejeon haydovchilik guvohnomasi test markazi
|
Talablar |
- Haydovchilik guvohnomasi ( agar haydovchilik guvohnomasi
yoʻqolgan bo'lsa shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladi
- Agar ariza beruvchi shaxsan murojaat etsa mobil
haydovdilik guvohnomasi qabul qilinadi
- Ammo joyida chiqarish uchun ariza berayotganda
guvohnoma rasmi mobil haydovchilik guvohnomasi rasmiga mos tushmasa
qayta chiqarish talab qilinishi mumkin Bu holda soʻngi 6 oy ichida
olingan 1 pasport oʻlchamidagi fotosurat(3.5-4.5 sm) topshirilishi
kerak( qobilyat testi va yangilash hollarini hisobga olgan holda 2 list)
|
Toʻlovlar |
1,000 KRV
- Ammo alohida joyida chiqarish uchun ariza berganda guvohnoma
rasmi mobil haydovchilik guvohnomasi rasmiga mos kelmasa qayta chiqarish uchun
ariza talab qilinishi mumkin
Bu holda toʻlovlar talab qilingan qoʻshimcha
xizmatlar tufayli joriy etilishi mumkin.
|
Boshqa |
- Mobil haydovchilik guvohnomasi sifatida 2 mobil telefondan
ortiĝi bir vaqtda qòllanilmaydi
- Smartfon oʻzgarishi, mobil ID ilovasi oʻchirilishi, haqiqiy
haydovchilik guvohnomasi oʻzgarishi, mobil haydovchilik guvohnomasidan
foydalanish uchun mobil haydovchilik guvohnomasi muddati tugashi( 3 yil)ga
keladigan bòlsak, IC haydovchilik guvohnomasi bilan qayta chiqarish yoki joyida
chiqarish uchun ariza talab etiladi.
|
Koreya Respublikasi haydovchilik guvohnomasi nusxasi
Xalqaro haydovchilik guvohnomasi nusxasi
To’liq ma’lumotni “Yo’l harakati xizmati” (www.koroad.or.kr) yoxud telefon (☎1577-1120) raqamlariga murojaat qilib
bilishingiz mumkin.
05Poyezd
Poyezdlar aeroport xizmatidan keyingi o’rinda turuvchi eng tezkor transport vositasi hisoblanadi. Ko’pchilik
asosiy katta shaharlarda poyezd stansiyalari mavjud bo’lib, ular avtobus va metrolarga bog’langanligi
sababli oson va qulay foydalanish mumkin. Ekspres poyezd (KTX.SRT) Semail-ho(yangi ko’cha bo’limi),
Mugonghua-ho bo’limlari mavjud.
(1)Poyezd chiptalarini xarid qilish tartibi
KTX chiptalari bekat kassalari, chipta sotish elektron qurilmalari va internet (www.letskorail.com) orqali bemalol oldindan
buyurtma qilgan holda sotib olish mumkin. Buyurtma qilish kun davomida uzluksiz 24 soat (internet orqali)
mumkin. Shuningdek,chiqmoqchi bo’lgan poyezdingizning jo’nashidan bir oy oldindan boshlab bron qilishning
imkoniyati mavjud. Buyurtmachi va yo’lovchi shaxs boshqa boshqa bo’lsa, bunday holatda buyurtmachi chipta
pulini to’lashi lozim. Poyezdga chiqayotganda yo'l chiptasiga ega bo'lish lozim.
(2)Ekspress poyezd(KTX∙SRT) dan foydalanish tartibi
Ekspress poyezd(KTX∙SRT) butun mamlakatni 2soatda aylanib bog’laydigan ekologik va juda katta tezlikka ega
transport vositasi hisoblanadi.
Vagonlar oddiy va lyuks kabi turlarga bo’linib, bundan tashqari poyezdda
hojatxona, ona va bolalar uchun xona va oziq-ovqat xaridi uchun elektron qurilmalar mavjud. Bundan tashqari
Wi Fi hamda elektr rozetkalaridan foydalanish kabi ajoyib xizmat turlari mavjud.
Yodda tuting!
- KTX yo'nalishlari (Kyongbu, Xonam, Kyongjon,Cholla, Kangnung) haqida "letskorail"(www.letskorail.com) saytidagi "Bekatlar
haqida ma'lumot" sahifasidan yoki "korailtalk" mobil dasturini yuklab olib ma'lumotlarni aniqlash
mumkin.
- SRT yo'nalishlari (Kyongbu, Xonam) haqida "SR(etk.srail.co.kr)" saytida "Foydalanish bo'yicha"-"Bekatlar haqida ma'lumot"
- "Yo'nalishlar haqida" sahifasidan ma'lumotlarni olish mumkin.
06Havo transporti
Uzoq yo’lga otlanganda havo yo’llari xizmatidan foydalanish anchagina vaqtimizni tejaydi. Biroq bu usul
boshqa transport vositalariga qaraganda ancha qimmatga tushadi. Mamlakat hududida asosan Seul-Pusan,
Seul-Cheju, Seul-Tegu, Seul-Ulsan, Seul-Gvangju, Seul-Shichon, Seul-Yosu va boshqa mahalliy reyslar amalga
oshiriladi. Havo yo’li chiptalarini aeroportdan, shuningdek telefon yoki internet orqali aviakompaniya yoki
turistik firmalar bilan bog’lanib oldindan buyurtma berish orqali sotib olishingiz mumkin.
(1)Xalqaro aeroportlar
(2)Mahalliy aeroportlar
(3)Asosiy aviakompaniyalar nomi va telefon raqamlari
Asosiy aviakompaniyalar nomi va telefon raqamlari
Davlat nomi |
Kompaniya nomi |
Telefon raqami |
Davlat nomi |
Kompaniya nomi |
Telefon raqami |
Tayvan |
Chonghwa Air |
02-317-8888 |
Yaponiya |
Japan Air |
02-757-1711 |
Koreya |
Korean Air |
1588-2001 |
Yaponiya |
ANA aviakompaniyasi |
02-2096-5500 |
Koreya |
Asiana Airlines |
1588-8000 |
Xitoy |
Juneyao Air |
051-463-0093 |
Koreya |
Air Busan |
1666-3060 |
Xitoy (Gongkong) |
Dragon Air |
1644-8003 |
Koreya |
Eastar Jet |
1544-0080 |
Xitoy |
Xitoy xalqaro aviakompaniyasi |
02-774-6886 |
Koreya |
Jeju Air |
1599-1500 |
Xitoy |
China Southern Airlines |
1899-5539 |
Koreya |
Jin Air |
1600-6200 |
Xitoy |
China Estern |
1661-2600 |
Koreya |
T’way Air |
1688-8686 |
Xitoy |
Shanxay Air |
1661-2600 |
Laos |
Lao Air |
02-6357-0808 |
Kambodja |
Sky wings Kor |
02-752-2633 |
Rossiya |
Yakutiya Air |
02-335-6944 |
Tailand |
Orient thai Air |
02-3707-0114 |
Mo’g’iliston |
Mongol Air |
02-756-9761 |
Tailand |
Thai Air |
02-6105-2037 |
Vyetnam |
Vyetnam Air |
02-757-8920 |
Filippin |
Air Asia Filippin |
1544-1717 |
Yaponiya |
Air Peach |
02-2023-6764 |
Vyetnam |
VietJet Air |
02-319-4560 |