Koreyslar yig’ilishib birgalikda ovqatlanishni, taomni baham ko’rishni yaxshi ko’rishadi. Odatda uyga mehmon taklif qilishsa, kundalik yeyiladigan ovqatlardan ko’ra yanada yaxshiroq ovqatlar bilan siylashadi. Koreys ovqatlari asosan pap (qaynatilgan guruch), sho’rva, panchan(turli salatlar)dan iboratdir. Sho’rvaga o’xshash taomlar ttang, chige bo’lib, panchanning esa ko’katlar, bug’da pishirilgan (chchim), soya solib pishirilgan (chorim), olovda pishirilgan(kui), qovurilgan (pokkim), yog’da tashlab olingan (tvigim) va chon kabi ovqatlarni iste’mol qilishadi. Panchanning asosiy tarkibi kimchi turlari hisoblanadi. Shuningdek, ovqatning o’rniga ba’zan lag’mon turlari (kuksu, nengmyon), sujebi, ttok kabilarni tanovul qilishadi. Er ham, xotin ham ishlaydigan oilalar ko’payib oila shakli o’zgargani sayin, 1 kishilik taom, yengil taomlar, yetkazib beriluvchi taomlar ham ko’payib bormoqda.
Koreyslar bilan birgalikda ovqatlansangiz, ular bilan yanada yaqinroq bo'lishingiz oson bo'ladi. Sababi ularning taomlariga odatlanish Koreyada yashashga ko'nikib borishingizda eng tezkor usullardan biridir. Koreys taomlarini sevib tanovul qilsangiz koreys madaniyatiga ham o'sha darajada yaqinlashib, Koreyadagi hayot tarzingiz ham yanada zavqliroq o'tadi.
Koreyada suvni xavotirlanmasdan ichishingiz mumkin. Koreys tozalangan suvni shundayligicha yoki choy qilib qaynatib, sovutgan holda ham ichishadi. Quvurdan keladigan suvni shundayligicha ichsa ham unchalik zarari yo'q, biroq uni qaynatib yoki tozalash qurilmasidan o'tkazib ichgan ma'qulroq. Koreyaga birinchi marta kelgan kishilarda odatda suv almashganligi sababli ba'zan qorin og'rishi hollari ham kuzatiladi. Ko'pchilik bir necha kunda tuzalib ketadi, lekin agarda og'riq kuchaysa albatta kasalxonaga borish lozim. Tamaddixonalarda har qancha miqdorda bepul suv ichish mumkin bo'lib, chanqaganda do'konlardan ham osongina sotib olish mumkin.
Guruchni qaynatib pishirilib Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlardagi papga qaraganda yanada yopishqoq. Avvaliga undan tanovul qilganda yaxshi hazm bo'lmasligi yoki oshqozon og'rishi ham mumkin. Taxminan bir haftacha harakat qilsangiz, ushbu taom bilan do'stlashib keta olasiz.
Qaynatilgan guruchga turli sabzavot va ko'katlar, mol go'shti, ziravor va boshqalarni solib, kunjut yog'i va qalampir qaylasi bilan aralashtirib tanovul qilinadigan koreys milliy taomi hisoblanadi. “Chonju pibimpap”i shu viloyatning faxrli taomi sifatida mashhur. Uni jahonga mashhur yulduzlar sevib tanovul qiladilar ham deyishadi.
Koreyaliklar odatda sabzavotlar, baliq, go’sht solingan ko’p turdagi sho’rvalarni qaynatilgan guruch bilan birga yeyishadi. Ular masalliq va tayyorlanish usuliga ko’ra 000ttang, 000chige, 000 chongol deya nomlanadi.
Kimchi koreyslarning har ovqatlanishda dasturxondan tushmaydigan eng muhim yegulik bo’lib, mazali ta’m va ozuqalar, saqlanish uslublariga ega. Turp, karam, bodring va boshqa sabzavotlarni tuzlab, unga qalampir, sarimsoqpiyoz, piyoz, imbir, tuzlangan dengiz mahsilotlari va ta’m beruvchi ziravorlar bilan marinadlanib bostirilib qo’yiladi. Undan so’ng belgilangan ma’lum haroratda saqlab, achitmasdan ma’lum vaqt ichida tanovul qilinadi. Qishda karam yetishtirilmasligi sababli, noyabr oxiri dekabr boshlarida uzoq vaqtga yetadigan turli xil kimchilar ko’p miqdorda tayyorlanishi “kimjang” deb ataladi. Kimjang vaqti kerakli miqdorda kimchi tayyorlash uchun yaqinlar bilan birgalikda tayyorlashadi.
Koreya bahor, yoz, kuz, qish kabi 4 faslga ega mamlakatdir. Har bir faslda o’zining pishadigan mazali mevalari mavjud. Hozirgi kunda issiqxonalar faoliyati yo’lga qo’yilib, fasllarga qaramay, xohlagan faslda xohlagan mevani yeyish mumkin. Biroq, o’z faslida pishgan meva eng mazali bo’ladi. O’z yurtingizda yegan mevani yeyishni xohlasangiz, katta univermaglar yoki supermarketlardan topishingiz mumkin.